1
O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O'RTA MAXSUS
TA'LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT DAVLAT IQTISODIYOT UNIVERSITETI
“
KORPORATIV BOSHQARUV”
KAFEDRASI
“Biznes muhit: nazariya va amaliyoti” fanidan
KURS ISHI
MAVZU: BIZNESDA BIZNESDA MULKCHILIK SHAKLLARI
Bajardi: KB-51 guruh talabasi Nizomidinov Sherzodbek
Tekshirdi:Umarxodjayeva M
Toshkent-2023
Kurs ishi taqrizga
topshirilgan sana
“____” _______2022 y.
Kurs ishi taqrizdan
qaytarilgan sana
“____” _______2022 y.
Kurs ishi himoya qilingan
sana
“____” _______2022 y.
Baho: “_____” _______
___________
(imzo)
___________
(imzo)
Komissiya aʼzolari:
__________________
__________________
2
Reja
Kirish…………………………………………………………...……………….......3
1. Mulkchilik shakllari va ularning turlari…………………………...…..............4
2. Biznesda mulkchilik munosabatlarining mohiyati va iqtisodiy
mazmuni……………………………………………………………………..10
3. Biznesda mulkchilik tizimini rivojlanishining fundamental asoslari............21
4. O’zbekiston biznes muhiti sharoitida mulkchilik tizimini rivojlanishning
ustuvor vazifalari.............................................................................................31
Xulosa..……………….…………………………………...…………………….....37
Ilova va foydalanilgan adabiyotlar…………………....………….……................40
3
Kirish
Biznesda mulkchilik munosabatlari har qanday jamiyat iqtisodiy tizimining
asosiy munosabatlaridan birini tashkil qilib, insoniyat
taraqqiyotining mahsuli
hisoblanadi. Biznesda mulkchilik munosabatlari moddiy va mahnaviy nehmatlarni
ishlab chiqarish hamda jamiyat boyliklarini o’zlashtirish jarayonlarida vujudga
keladi. shunday ekan, Biznesda mulkchilik munosabatlari – bu mulkka egalik qilish,
foydalanish, tasarruf etish va o’zlashtirish jarayonlarida vujudga keladigan iqtisodiy
munosabatlardir.
Barqaror iqtisodiy taraqqiyotni tashkil etish va bozor muvozanatiga
erishishda, jamiyat ahzolarining ehtiyojlarini oqilona qondirish darajasini oshirish
vazifalarini hal etishda mulkiy islohotlar siyosatini takomillashtirish zaruriyati
ortmoqda. Iqtisodiyotda
davlat ishtirokini kamaytirish, xususiy mulk huquqini
himoya qilish, mulkka egalik qilish va uning hajmini oshirish orqali yuqori
samaradorlikka erishish, Biznes va kichik biznes hamda xususiy tadbirkorlikni
yanada
rivojlantirish, uni rag’batlantirish mo’ljallanmoqda.
Bu borada esa prezidentimiz SH.Mirziyoyevning 28.01.2022 dagi “2022-2026
yillarga moljallangan yangi O’zbekistonning taraqqiyoyt strategiyasi togrisida”
1
ozining muhum ahamiyatiga ega. Shuningdek mamlakatimiz rahbari tomonidan 2021
yilda ilgari surilgan yana bir islohotlarga tola “Yangi O’zbekiston strategiyasi”
2
nomli kitobida ham oz tasdigini topgan va bunda yangi O’zbekistonning kegingi
iqtisodiy-moliyaviy hamda ijtimoiy qadami belgilab berilgan.
Milliy iqtisodiyotimiz uchun 2017-2019 yillar kuchli burulish yillari bo’ldi desak
mubog’ala bo’lmaydi. Chunonchi ushbu sohada yangi qaror, loyihalar va islohatlar
amalga oshirildi. Biznes muhiti yahshilandi,biznesda muklchilik shakllariga oid
koplab qonun va qarorlar ishlab chiqildi shuningdek davlat mulklari ham jadal
sur’atlar bilan xususiylashtirildi. Natijada foydalanilmay yotgan davlat obyektlariga
yangi
investitsiyalar jalb qilinib, yangi bizneslar shakllandi shunigdek
1
https://lex.uz/uz/docs/-5841063
2
https://xs.uz/uz/post/shavkat-mirziyoevning-yangi-ozbekiston-strategiyasi-nomli-yangi-kitobi-chop-etildi
4
iqtisodiyotimizning muhim sohalari farmasevtika, charm-poyabzal sanoati, kimyo
sanoati kabi sohalarida yangidan yangi biznes goyalar va korxonalar yanada keng
rivojlanmoqda. Ushbu chora tadbirlar natijasini
biz YAIM tarkibida sanoat
mahsulotlari keskin ijobiy ta’rafga o’zgarishida ko’rishimiz mumkin.
Ushbu islohatlar natijasini biz statistik ko’rsatkichlar orqali ham ko’rishimiz
mumkin: hattoki 2018 yilning o’zida 213 ta davlat obyektlari davlat tasarrufidan
chiqarilib turli mulk shakllariga aylantirildi. Biznesda mulkchilik shakllarini
o’zgartirish xususiylashtirish dasturida ko‘zda tutilgan, foydalanilmayotgan va
qurilishi tugallanmagan 353
ta davlat mulki obekti buzilib, buning natijasida 120
gektar hajmidagi yer maydoni bo‘shadi. Bu yerlarning qariyb 80 gektari ishlab
chiqarish korxonalari tashkil etish va xizmat ko‘rsatish obektlari qurish uchun
tadbirkorlar tasarrufiga berildi. Davlat mulki shaklidagi yana 319 ta ana shunday
obekt inventarizatsiya qilinib, xususiy mulk shakliga o‘tkazish
uchun auksion
savdolariga qo‘yildi va ularning 102 tasi yangi mulkdorlarga sotildi. Bundan tashqari,
378 ta aksiyadorlik jamiyatining davlat ulushi baholandi va chet ellik strategik
investorlarga sotish uchun ochiq savdoga qo‘yildi
Hozirgi kunda glabal bozor iqtisodiyoti shartoitida xususiy sektorning yani turli
mukchilik shakllaridagi bizneslarning o’rni naqadar muhim ekanligi ko’pchilikka
ayon.Bugungi kunda davlatimiz iqtisodiyot sohasida turli Biznesda mulkchilik
shakllari shuningdek xususiy mulk huquqi va kafolatlarini ishonchli himoya qilishni
ta’minlash, Biznes, xususiy tadbirkorlik va ayniqsa kichik biznes rivoji yo’lidagi
barcha to’siq cheklovlarni bartaraf etish, unga to’liq erkinlik berish shuningdek davlat
mulkini xususiylashtirishni yanada kengaytirish va uning tartib-taomillarini
soddalashtirish iqtisodiyotimizni bardavom qilishga xizmat qilishi shubhasizdir.