Xususiylashtirilgan korxonalarni qo’llab-quvvatlash iqtisodiy taraqqiyotimizni muhim omili
Xususiylashtirilgan korxonalarda turli xildagi tadbirkorlik yo’nalishlari faoliyat yuritmoqda. Xususiylashtirilgan korxonalarni qo’llab-quvvatlash tadbirkorlikka ko’maklashish demakdir. Aslini olganda, tadbirkorlik jamiyatdagi ijtimoiy va iqtisodiy muammolari bartaraf etishda hamda jamiyatni har tomonlama rivojlantirishda muhim ro’l o’ynaydi. Chunki ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish, yangi ish o’rinlarini yaratib, aholi bandligini ta’minlash hamda ishliksiz darajasini pasaytirishda umumiy hisobning yarmi kichik biznes va xususiy tadbirkorlikka to’g’ri kelmoqda. Xususiylashtirilgan korxonalarni qo’llab-quvvatlash orqali aholi turmush tarzini yaxshilash, hayot darajasi va farovonligini oshirishga erishiladi.
Tadbirkor yanada rivojlanish natijasida mulkdorga aylanadi. Bu esa jamiyatdagi yangicha fikrlaydigan, harakat qiladigan yangi avlod – tadbirkorlar, mulkdorlar tabaqasining shakllanishiga olib keladi. Bunday shaxslar davlatning ijtimoiy tayanchi va iqtisodiy taraqqiyot manbai hisoblanadi.
Xususiy tadbirkorlik sub’yektlari, fermer xo’jaliklari davlat buyurmasini bajarishda ham ishtirok etadilar. Ma’lumki o’zbekiston davlat buyurtmasi bo’yicha paxta va g’alla yetishtirishda fermer xo’jaliklari yetakchilik qiladilar.18 Bundan tashqari, kichik va o’rta korxonalar yirik korxonalarning ayrim buyurtmasini ham bajarib, ularni to’ldiradilar.19
Tadbirkorlik faqagina mulkdorga daromad keltiribgina qolmay balki, davlatning salmoqli daromad manbai hisoblanadi. Davlatga tushadigan tushumning asosiy qismi xususiy sektorga tegishlidir.
Mamlakatimizda davlat mulkini sotishdan umumiy tushumlar haqida yuqorida aytib o’tgandik. Endi uni hududlar kesimida anday taqsimlangani, ya’ni yurtimiz iqtisodiyotida qaysi viloyatlar yetakchilik qilayotgani haqida axborot bermoqchimiz.
2017-yilda hududlar kesimida davlat mulkini sotishdan tushunlarning asosiy qismi Toshkent shahriga (barcha tushumlarning 49,5%), Namangan (13,5%), Toshkent (12,5%), Farg’ona (4,8%), Qashqadaryo (3,6%), Buxoro (3,5%),
Qoraqalpog’iston Respublikasi (2,9%), Andijon (2,2%), Samarqand (1,8%),
Surxondaryo (1,8%), Xorazm (1,5%), Jizzax (1,5%), Sirdaryo (0,8%), Navoiy (0,5%) viloyatlariga to’g’ri keladi.
2018-yilda hududlar kesimida davlat mulkini sotishdan tushunlarning asosiy qismi Toshkent shahriga (barcha tushumlarning 58,6%), Namangan (5,2%), Toshkent (7,2%), Farg’ona (4,6%), Qashqadaryo (2,4%), Buxoro (4,1%),
Qoraqalpog’iston Respublikasi (2,6%), Andijon (2,5%), Samarqand (4,2%),
Surxondaryo (1,7%), Xorazm (2,6%), Jizzax (2,4%), Sirdaryo (1,0%), Navoiy (0,9%) viloyatlariga to’g’ri keladi.
18 Ivanov P.I., Zufarova M.E. Umumiy psixologiya, O’zbekiston faylasuflari milliy jamiyati T.: 2015. B. 32-34.
19 Qosimova M.S., Xodiyev B.Yu., Samadov A.N., Muhitdinova U.S. Kichik biznesni boshqarish. O’quv qo’llanma. T.: O’qituvchi. 2003. - B. 80-82.
2.3-rasmdan so’ngi 3 yillikdagi hududlar kesimida xususiylashtirishdan tushumlarni o’sish tendensiyalarini ko’rishimiz mumkin.
Qoraqalpog'iston Respublikasi
Xorazm
Farg'ona
Toshkent
Sirdaryo
2019
2018
2017
Surxondaryo
Samarqand
Namangan
Navoiy
Qashqadaryo
Jizzax
Buxoro
Andijon
Toshkent sh.
0 10 20 30 40 50 60 70
Dostları ilə paylaş: |