O’zbekistonda mulkchilik tizimini rivojlanishining fundamental asoslarini o’rganish;
O’zbekistonda mulkchilik tizimining faoliyat mexanizmini belgilovchi me’yoriy-huquqiy bazasini yoritib berish;
O’zbekistonda mulkchilik tizimini shakllanishining bosqichlari va xususiyatlarini tahlil qilish;
Mulkchilik shaklini o’zgartirish- ko’p ukladli tizimni yaratishning asosi ekanligini anglash;
Xususiylashtirilgan korxonalarni qo’llab-quvvatlash iqtisodiy taraqqiyotimizni muhim omili ekanligini ko’rsatib berish.
1 O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi 28.12.2018.
I-BOB.O’zbekistonda mulkni davlat tasarrufidan chiqarish xususiyatlarining nazariy asoslari.
. O’zbekistonda mulkchilik tizimini rivojlanishining fundamental asoslari.
Har qanday jamiyatda mulkchilik iqtisodiy tizimning negizi hisoblanadi. Mulkiy munosabatlarga asoslanmagan iqtisodiyot bo’lmaydi. Shu sababli ham mulkning mavjud yoki mavjud emasligiga qarab insonning jamiyatda ijtimoiy maqomi paydo bo’ladi.
Birinchi prezidentimiz Islom Karimovning O’zbekiston iqtisodiyotining negizini mustahkamlashda ,,Mulkchilik masalasini hal qilish bozorni vujudga keltirishga qaratilgan butun tadbirlar tiziming tamal toshi bo’lib xizmat qiladi’’ degan da’vati bugungi kunda o’z tasdig’ini topdi.
Shu o’rinda, mulk ob’yekti va mulk sub’yekti kabi tushunchalar paydo bo’ladi. Mulk ob’yekti tabiatdagi narsalar, turli xil moddiy buyumlar va aqliy qobiliyat hisoblanadi. Mulk sub’yektini esa mulk ob’yektlariga egalik qiluvchi shaxs yoki jamoa guruhlari tashkil qiladi. Mulk ob’yektini o’zlashtirishda sub’yektlar o’rtasidagi iqtisodiy tizim mulkchilik munosabatlarini keltirib chiqaradi.
Mulkchilik munosabatlarining iqtisodiy mazmunini mulkka egalik qilish, foydalanish va tasarruf etish belgilaydi va jamiyatdagi huquqiy, iqtisodiy munosabatlar mazmunini o’zida ifodalaydi. Mulkchilik shu sababli bir vaqtning o’zida ham huquqiy, ham iqtisodiy ham doimiy kategoriya hisoblanadi.
Egalik qilish – mulkdor qo’lida mulk huquqining saqlanib turishi hisoblanadi. Bunda mulkdan kelgan foyda ikki qismga bo’linadi. Daromadning bir qismini mulkdor ijara haqi ko’rinishida oladi, qolgan qismini ijarachi o’z ehtiyojlarida foydalanadi. Masalan, mulkdor uyni ijarachiga beradi va ijara haqi oladi qolganini ijarachi o’zlashtiradi. Qisqa qilib aytganda, qisman cheklangan o’zlashtirish deyishimiz ham mumkin.
Foydalanish - mulk bo‘lgan boylikni iqtisodiy faoliyatda qo‘llab, xo‘jalik jarayoniga kiritib, undan natija olishdir. Bunda mulkdan biror maqsad yo’lida , daromad topish yoki shaxsiy ehtiyojlarni qondirishda foydalanish yuzaga keladi. Foydalanishning egalik qilishdan farqi shundaki, mulkdan kelgan naf ikki qismga bo’linmaydi ya’ni foyda butunligicha mulk egasi tomonidan o’zlashtiriladi.
Tasarruf etish – bu mulk taqdirini mustaqil o’zi istagan tarzda hal etishi demakdir. Ya’nikim, mulkni sotib yuborish, davlat tasarrufiga o’tkazish, sovg’a qilish yoki meros qoldirishi o’z ixtiyorida bo’ladi.
Mulkchilik tizimi — jamiyatda o‘rnatilgan mulkchilik shakllariga mos instrumental (Fuqarolik huquqlari ob’yekti ma‘nosida), institutsional va funksional tuzilmalarni va ular bilan bog‘liq ijtimoiy-iqtisodiy-informatsion-huquqiy munosabatlar mexanizmini birlashtiruvchi yaxlit tizimli majmua. Uning faoliyati mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha davlat siyosati kontekstida Mulkiy huquq sub’yektlari tomonidan harakatga keltiriladi. Bunda davlatning
siyosati mulkchilik tizimining samaradorligiga qulay mulkchilik munosabatlari muhitini yaratish asosida erishilishiga qaratiladi.
Shunday qilib, mamlakatda barqaror iqtisodiy o‘sish va xalq farovonligi faqat samarali mulkchilik tizimi shart-sharoitlarida erishiladi.
Mulk - bu ham manfaat, ham mas‘uliyatdir. Mulkchilik - bu mas‘uliyat bilan manfaatning uzviy birligi hisoblanadi. Mulkchilik real bo‘lishi uchun mulkdorning iqtisodiy manfaati amalga oshishi shart. Miqdorning iqtisodiy manfaati - uning boylik egasi sifatidagi hayotiy ehtiyoji bo‘lib, xatti-harakat, fe‘l-atvorni, iqtisodiy faoliyat motivatsiyasi (sababini) yuzaga chiqaradi. Mulkiy tizim munosabatlar mulkdorlar va mulkdor bo‘lmagan shaxslarning o‘zaro manfaatli aloqalari mazmun-mohiyati va shakllarini ifodalaydi, ijtimoiy ishlab chiqarishning turini va shaklini, mulkchilik tizimidagi faoliyat xarakterini, mamlakatning ijtimoiy- iqtisodiy rivojlanish modelini hamda bu shaxslarning ishlab chiqarish vositalari bilan bog‘lanish, ishlab chiqarish omillari va mahsul(natija)laridan foydalanish shart-sharoitlarini belgilaydi.
Ta‘kidlash zarurki,barcha mamlakatlardagi mulkchilik tizimi va undagi mulkiy munosabatlar modeli undagi jamiyat tanlagan taraqqiyot modeliga mos ravishda shakllanadi.2Shunday ekan, Fuqarolik huquqlari ob’yektining ta‘minot turlari mulkiy munosabatlar bilan uyg‘unlikda ko‘riladi.
Mulkiy munosabatlar har doim yuridik qonunlarda qayd etiladi. Busiz mulkchilik amal qilmaydi. Qonunchilik orqali mulkiy aloqa – bog’lanishlar boshqarib boriladi. O’zbekiston Konstitutsiyasida ,,O’zbekiston iqtisodiyotining negizini xilma-xil shakllardagi mulk tashkil etadi “, - deb yozilgan. Hozirgi davrgacha turli mulk shakllari paydo bo’ldi. Bular jumlasiga davlat mulki, shaxsiy mulk, xususiy mulk, jamoa mulki va aralash mulkni kiritishimiz mukin. Shu sababli ham hozirgi iqtisodiyotimizni ko’p ukladli iqtisodiyot deb ataymiz. Mulk shakllariga ta’rif bersak maqsadga muvofiq bo’ladi deb o’ylaymiz.
Davlat mulki – egalik qilish, foydalanish, tasarruf etish davlat ixtiyorida bo’lgan mulk ob’yektlaridan iborat. Davlat mulki asosan ikki yo’l bilan hosil bo’ladi:
Xususiy mulkni milliylashtirib, davlat qo’liga olish;
Davlat mablag’lari hisobidan korxonalar qurish, davlatga qarashli korxona va tashkilotlarda investitsiyalarni amalga oshirish.
Davlat mulki haqiqatda ham xalqqa qarashli bo’lgan, bo’linmaydigan yoki umumiy resurslardan foydalanish uchun mosdir. Bunga misol qilib, takror ishlab chiqarib bo’lmaydigan tabiiy resurslarni, yirik inshootlar va transport vositalari, yo’llar kabi iqtisodiy tuzilmaning kattagina qismini ko’rsatish mumkin.
Shaxsiy mulk – bu fuqarolar mulki bo’lib, ularning shaxsiy yoki oilaviy ehtiyojini qondirishga xizmat qiladi. Bu mulk shakli asosan shaxsning yoki uning oila a’zolarining mehnati asosida ko’payadi va rivoj topadi.
Fuqaroning shaxsiy mulki asosan, ularning ijtimoiy ishlab chiqarishda ishtirokidan, o’z xo’jaligini yuritishdan tushgan mehnat daromadlari hisobiga
2 Эрнандо Де Сото. Загадка капитала. Почему Капитализм торжествует на Западе и терпит поражение во всем остальном мире./Пер. с англ.- М.: ЗАО Олимп-Бизнес., 2001.- с 272.
vujudga keladi va ko’payadi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida shaxsiy mulk aksiyadan keladigan dividend, bank foizlari, xususiy sohibkorlik daromadi kabi yangi manbaalarga asoslanadi.
Shaxsiy mulk ob’yektlari – bu turar joylar, bog’-hovli va uylar, transport vositalari, pul jamg’armalari, uy-ro’zg’or va shaxsiy iste’mol buyumlari, yakka tartibda va boshqa xo’jalik faoliyati uchun kerakli ishlab chiqarish vositalari, ularda hosil qilingan mahsulot va boshqalar bo’lishi mumkin.
Xususiy mulk - ayrim sohibkorlarga qarashli yollanma mehnatga asoslangan va o’z egasiga foyda keltiruvchi mulkdir. Shu bilan birga xususiy mulk bo’lgan mol-mulkning miqdori va qiymati cheklanmagan.
Xususiy mulk ham, boshqa har qanday mulk shakllari kabi,o’zining ijobiy va salbiy tomonlariga ega. U, so’zsiz, tashabbuskorlik va tadbirkorlikni, mehnatga ma’suliyatlilik munosabatlarini rag’batlantiradi. Shu bilan birga, tovar ishlab chiqarish sharoitida u hufyona daromad orttirishga intilish hissini tug’diradi.
Mulkchilikni bu shaklini tan olish xalq xo’jaligiga uni qo’llash foydali bo’lgan bo’g’inlarni anqilash, uni tartibga solishning moliyaviy va huquqiy mexanizmlarini shakllantirshni taqozo etadi. Lekin xususiy mulkchilikni bunday tan olish uni mutlaqlantirish bilan umuman bog’liq emas. Bu mulk sotib ollingan ishlab chiqarish vositalari asosida mustaqil xo’jalik yuritish yoki davlat korxonalari, kooperativ firmalar, magazin,oshxona va shu kabilarni sotib olish orqali vujudga keltirish mumkin.
Jamoa mulki – muayyan maqsad yo’lida jamoaga birlashgan kishilar tomonidan moddiy va ma’naviy boyliklarni hamjihatlik bilan o’zlashtirishni bildiradi. Jamoa mulki davlat mulkini korxona jamoasi sotib olishi, badal to’lab korxona qurishi, aksiya chiqarib, ularni sotish kabi yo’llar orqali paydo bo’ldi. Jamoa mulkining muhim xususiyati shundaki, ishlab chiqarish vositalari va mehnat mahsuliga ayrim shaxslar emas, balki ma’lum guruh, kishilar egalik qiladi. Jamoa mulkiga kooperativlarning, ijara va jamoa korxonalarining, aksionerlar jamiyatlari, xo’jalik jamiyatlari va shirkatlarning, jamoat tashkilotlari va diniy tashkilotlarning mulki kiradi.
Aralash mulk – turli shalkdagi mulklarning birikib ketishi natijasida paydo bo’ladigan boylik. Bu mulk alohida olingan ob’yektning turli mulkdorlar ishtirokida o’zlashtirishini bildiradi.
Davlatning demokratik negizlari barqarorligining iqtisodiy asosini – mulk shakllarining xilma – xilligi, birinchi navbatda xususiy mulk tashkil etadi.
Davlatning demokratik negizlari barqarorligining siyosiy asosini – real ishlab chiqarish vositalarining o’rta mulkdorlaridan iborat kuchli qatlamlarning mavjud bo’lishi tashkil qiladi. Aholi orasida haqiqiy mulkdorlar o’rta qatlamning ko’pchilikni tashkil etishi mamlakatda ijtimoiy – iqtisodiy islohotlarni orqaga qaytarish imkoniyatlarini bartaraf etishning kafolati hisoblanadi.
Mulkchilik munosabatlari yoki mulkiy tengsizlik haqida ham allomalarni fikrini keltirishni joiz deb bildik. Masalan, Abu Ali ibn Sino “ Odamlarning mulkiy tengsizligi, vazifasining bir xil emasligi, o’zaro farqlari, inson ijtimoiy
faoliyatining sababidir”3 deb yozgan. Aniqroq qilib aytganda, inson o’zini moddiy ahvolini yaxshi qilishi uchun unga iqtisodiy erkinlik berish kerak. Barqaror iqtisodiy o’sishni ta’minlash uchun odamlarda haqiqiy mulkdorlik hissini paydo qilish kerak. Ya’ni, mulkka inson o’zini mulki sifatida qarasa, davlatni mulki deb qaraganga nisbatan unga ehtiyotkor munosabatda bo’ladi va ishlab chiqarish samaradorligi uchun kurashadi. Agar mulki o’ziniki ekanligini anglamasa, jamiyatda barqarorlikni saqlab qolish va uni himoya qilishga intilmaydi. Shundan kelib chiqqan holda odamlar ongidagi o’zgarishlar natijasida mulkka, mehnatga bo’lgan munosabat o’zgardi. Davlat tomonidan tadbirkor va fermerlarga yerlar xususiylashtirilib berildi hamda xususiy mulk iqtisodiyot poydevori mahsuli ekanligi e’tirof etildi.
Yana Voiz Koshifiyning ta’kidlashicha, “ishlab chiqaruvchilar hokimiyatga so’zsiz itoat etishlari emas, balki keyingilari mehnatkash dehqon, kosib- hunarmand, bog’bonning tinch mehnati uchun shart-sharoit yaratib berishlari kerak, boshqacharoq aytganda, ularga xizmat qilishlari lozim.”4 Bu fikrlarni inobatga olgan holda mulkchilikka davlat aralashuvi kamaytirildi, ularga erkin ishlashga imkoniyatlar yaratildi. Bu jahon tajribalarida va milliy iqtisodiyotimizda ham o’z isbotini topdi.
Mulkchilik shakllari asosan quyidagi yo‘llar bilan vujudga keladi: ilohiy va omad faktorlari, ijtimoiy, siyosiy va huquqiy jarayonlar, inson mehnati, yuridik shaxslar (jumladan, biznes sub’yektlari) faoliyati, davlat tasarrufidan chiqarish, xususiylashtirish va milliylashtirish (natsionalizatsiya). Bunda davlat, mahalliy hokimiyatlar, yuridik va jismoniy shaxslar, alohida jamoalar mulkdor sub’yektlar sifatida qaraladi.
Vazirlar Mahkamasi majlisida (2007-yil 12-fevral) 1-Prezident Islom Karimov “Yangilanish va barqaror taraqqiyot yo’lida yanada izchil harakat qilish, xalqimiz uchun farovon turmush sharoiti yaratish-asosiy vazifamizdir” nomli ma’ruzasida xususiylashtirish masalasiga doir o’z fikrini quyidagicha bayon etgan edi: “Biz xususiylashtirish ishlariga nisbatan munosabatimiz va yondashuvlarimizni ham tubdan o’zgartirishimiz, iqtisodiyotning kimyo, elektrotexnika, qishloq xo’jaligi mashinasozligi, qurilish materiallari sanoati va boshqa yetakchi tarmoqlariga qarashli korxonalarning aksiyalarini kimoshdi savdosiga qo’yish bo’yicha qat’iy choralar ko’rishimiz zarur”
Xulosa shuki,davlat mulkini xususiylashtirilishi va kichik biznes rivojining rag’batlantirilishi natijasida O’zbekistonda yangi ijtimoiy qatlam – mulkdorlar sinfi paydo bo’ldi hamda xususiylashtirish tufayli qimmatli qog’ozlar va mulk bozori kabi yangi bozorlar paydo bo’lib, ko’p tarmoqli iqtisodiyotning shakllanishi va bozor munosabatlarini yanada rivojlanishiga asos bo’ldi.
3 Ўзбекистонда ижтимоий-фалсафий фикрлар тариxи. – Т ., 1995. - Б. 68.
4МаҳмудовР.Дегонимни улуска мағруб эт. – Т., 1992. – Б. 29.