Kurs ishi tdtu 108-19 (KB) guruh talabasi


-rasm. 2017-2019-yillarning yanvar-dekabrida respublika hududlari kesimida davlat mulkini sotishdan tushgan tushumlar tarkibi20



Yüklə 320,81 Kb.
səhifə9/12
tarix07.01.2024
ölçüsü320,81 Kb.
#206144
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
    Bu səhifədəki naviqasiya:
  • Xulosa

2.3-rasm. 2017-2019-yillarning yanvar-dekabrida respublika hududlari kesimida davlat mulkini sotishdan tushgan tushumlar tarkibi20


2019-yilda hududlar kesimida davlat mulkini sotishdan tushumlarning asosiy qismi Toshkent shahriga (barcha tushumlarning 54,7%), Namangan (6,7%), Toshkent (2,3%), Farg’ona (4,0%), Qashqadaryo (0,7%), Buxoro (5,3%),


Qoraqalpog’iston Respublikasi (0,7%), Andijon (1,2%), Samarqand (1,8%),
Surxondaryo (1,4%), Xorazm (0,8%), Jizzax (1,1%), Sirdaryo (0,3%), Navoiy (2,2%) viloyatlariga to’g’ri keladi.


20 O’zbekiston Respublikasi Statistika Qo’mitasi ma’lumotlari asosida tuzilgan.
2017-yil 18-aprelda “ Xususiylashtirilgan korxonalar bilan ishlash samaradorligini oshirish chora tadbirlari to’g’risi”da Prezident farmoni imzolandi. Qaroroda qayd etilishicha mamlakatimiz mustaqil rivojlanish davrida mulkni xususiylashtirish va davlat tasarrufidan chiqarish bo’yicha tizimli ishlar doirasida 30 mingdan ortiq davlat ob’yekti, shu jumladan 6,5 mimgta yirik va o’rta korxona xususiy mulk qilib sotilgan. Natijada hozir nodavlat sektoriga yalpi ichki mahsulotning 81foiz dan ko’prog’i, sanoat ishlab ishlab chiqarishning 94 foizi va barcha band aholining 82 foizidan ziyodi to’g’ri kelmoqda.
Lekin xususiylashtirilgan barcha korxonalar kutilgan natijani bermayabdi.
O’tkazilgan xatlov natijalariga ko’ra, avval xususiylashtirilgan korxonalar negizida 2 mingdan ortiq past rentabilli va zarar ko’rayotgan kam quvvatli xo’jalik ob’yekti, samarasiz foydalanilyotgan yer uchastkalari va ishlab chiqarish korxonalari aniqlangan,
Davlat organlari xususiylashtirilgan korxonalarning asl holatini o’rganish, ularning ishlab chiqarish faoliyati va moliyaviy iqtisodiy ahvolini monitoring qilish, mavjud muammolarni tahlil qilish va sabablarini aniqlash, ularni kredit va moddiy resurslar bilan ta’minlashda, muhandislik-ishlab chiqarish infratuzilmasini tiklashda, ichki va tashqi savdo bozorlarini topishda amaliy ko’mak berish bilan sust ishlayotganligi tanqid ostiga olindi.
O’zbekiston Prezidentining 18-apreldagi farmoni bilan Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo’mitasi etib qayta tashkil etildi.
Qaror “xususiylashtirilgan davlat mulki negizida xususiy mulkchilik va tadbirkorlikni rivojlantirish sohasida davlat siyosatini sifat jihatdan o’zgartirishni ta’minlash, tadbirkorlik sub’yektlarini xususiylashtirilgandan keyin amaliy qo’llab quvvatlash, shuningdek, davlat mulkidan foydalanish samaradorligini oshirish maqsadida” qabul qilindi.
Xususiylashtirilgan korxonalarning ishlab chiqarish faoliyatini tiklash va samaradorligini oshirishni har tomonlama keng qo’llab-quvvatlash, shu asosda aholi daromadlarini barqaror o’sishini ta’minlaydigan yangi ish o’rinlarini yaratish, ushbu maqsadlarda vakolatli davlat organlari, moliya hamda boshqa bozor tuzilmalarining Savdo-sanoat palatasi hamda mahlliy hokimiyati va boshqaruv organlari bilan mustahkam hamkorlikdagi faoliyatini muvofiqlashtirish O’zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko’maklashish va raqobatni rivjlantirish davlat qo’mitasining g’oyat muhim vazifasi deb belgilandi. Farmonga muvofiq, 2018-yilning 1-yanvariga qadar mutassil yangilanib turuvchi quyidagi choralar amalga oshiriladi:

  • Soliq, statistika va kadastr organlarining ma’lumot bazasi bilan o’zaro elektron aloqani ta’minlaydigan tarmoqlar, hududlar va turli xususiylashtirish shakllari kesimida davlat malkining xususiylashtirilgan ob’yektlari bo’yicha ma’lumotlar bazasi;

  • Bo’sh yotgan va samarasiz foydalanilyotgan xususiylashtirilgan ob’yektlar, ishlab chiqarish maydonlari va qurilish tugallanmagan b’yektlardan xususiy

tadbirkorlikni rivojlantirish uchun foydalanish maqsadida ularning hududiy reyeestrlari

  • Xususiy biznesni tashkil etish uchun tadbirkorlarga taklif etilayotgan bo’sh yotgan davlat mulki ob’yektlarining hududiy reyestrlari yaratiladi.21 Bularning barchasi 2018-yilga kelib o’z tasdig’ini topdi. Ya’ni 2018-yilda

bo’sh turgan davlat mulki ob’yektlarini sotishda elektron tizim yaratildi. Mamlakatimizning barcha hududlarida ilgari xususiylashtirilgan va bo’shturgan korxona va ob’yrktlar xatlovdan o’tkazildi. Natijada 2 ming 800 tadan ziyod investitsiya loyihasi ishlab chiqildi. Avval xususiylashtirilgan korxona va ob’yektlardan 1 mimg 70 tadan ziyodi ishga tushirilib, 619,5 milliard so’m investitsiya mablag’lari jalb etildi. Buning natijasida tikuv, trikotaj, qurilish materiallari, oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlash sohasida 7 mimgdan ortiq ish o’rni yaratiladi.
Davlat qo’mitasiga 2017-2018-yillarda Xususiylashtirilgan korxonalarga ko’maklashish bo’yich “yo’l xaritalari”ni ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq etish vazifasi yuklatilgandi. Shuningdek, xususiylashtirilgan korxonalarga ko’maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo’mitasi huzurida Davlat mulkini xususiylashtirishdan tushgan mablag’lar jamg’armasi negizida Xususiylashtirilgan korxonalarga ko’maklashihs jamg’armasi tashkil etildi.
2018-yilda xususiylashtirilgan, lekin faoliyat yuritmayotgan korxonalarda yangi ishlab chiqarish quvvatlarini yo’lga qo’yish maqsadida mulkdorlar va tijorat banklari ishtirokida 1,3 mingdan ortiq investitsiya loyihasini amalga oshirishg bo’yicha “yo’l xaritalari” ishlab chiqildi va tasdiqlandi. 2018-yilda shu maqsadda 2 trillion so’mlk investitsiyalarni o’zlashtirish va 15 mingga yaqin ish o’rnini tashkil etuish ko’zlangandi va yil yakunida ko’zlangan natijalarga erishildi.
Korxona yoki ob’yektning ishlamasdan bo’sh turishiga ko’p omillar sabab bo’lishi mumkin. Mulkdorning amaliy loyihasi bo’lmasligi, loyiha bo’lsa mablag’ bo’lmasligi, ikkalasi ham bo’lsa, kommunikatsiya tarmog’I mavjud bo’lmasligi yoki qaysidir davlat organidan ruxsat beruvchi hujjatlarni olishdagi muammolar shular jumlasidandir. Shu kabi muammolarni aniqlash va bartaraf etish, xususiylashtirilgan korxonalarning moliyaviy va ishlab chiqarish ko’rsatkichlarini tahlil qilish maqsdaida soliq, statistika, yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri organlari hamda “Yagona darcha” markazlari bilan integratsiyalashgan, muntazam yangilanib boruvchi baza yaratildi.
O’z biznesini yuritish uchun tadbirkorlarda bilim va ko’nikmani shakllantirish maqsadida qo’mita huzurida Tadbirkorlik faoliyati asoslarini o’qitish markazi tashkil etildi, uning Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida huduiy bo’limlari tashkil etildi. Shu kungacha 407 ta kursa tashkil etilib ularda 7 mingdan ortiq tadbirkorlik sub’yekti hodimlari o’qitilib kelinmoqda. Kurslarda o’qish bepul va ishtirok etish uchun hech qanday chelovlar yo’q ekanligi tadbirkorlikni rivojlantirishga e’tiborning yuksak darajadagi isboti desak adashmagan bo’lamiz.


21 “ Xususiylashtirilgan korxonalar bilan ishlash samaradorligini oshirish chora tadbirlari to’g’risi”da Prezident farmoni 18.04.2017.
Shu davrda mamlakatimizda 45 ta kichik sanoat zonalari tashkil etilib, ular negizida 883 ta loyiha amalga oshirildi. Mazkur loyihalarga 116,4 milliard so’m va 31,3 million AQSH dollori miqdorida investitsiyalar jalb etildi
Tadbirkorlikni rivojlantitrish bo’yich yurtimizda birin-ketin qonunlar va farmonlar ishlab chiqilib amaliyotga taatbiq etilmoqda. Yuqoridagilarga qo’shimcha,O’zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2019-yil 20- noyabr kuni mamlakatda biznes muhitini yanada yaxshilash va tadbirkorlikni qo’llab quvvatlashga qaratilgan navbatdagi qarorni imzoladi. Hujjat bilan “Biznes yuritish” yillik hisobotida O’zbekiston Respublikasining o’rnini yaxshilashga doir “Yo’l xaritasi” tasdiqlandi. Hujjatda “Biznes yuritish – 2020” hisobotida O’zbekiston 69-o’rinni egallab, islohotlar miqyosi va samaradorligi bo’yicha dunyoning eng yaxshi 20 ta islohotchi davlati qatoridan joy olgani, biroq biznes muhitini yaxshilash hamda tadbirkorlar erkinligini ta’minlashda to’siqlar mavjudligi, xususan qonunchilik hujjatlarining noto’g’ri ijro etilyotgani qayd etib o’tildi.
“Tadbirkorlar va investorlar bilan uchrashuvlar joylardagi ijrochilar sohada amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyatidan to’liq xabardor emasligi, qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarning amaliyotga joriy etilishi sezilarli daraja ortda qolayotganligini, ayrim litsenziya va ruxsatnomalarni rasmiylashtirishda ortiqcha byurokratik to’siqlar mavjudligini ko’rsatmoqda “ 22 deyiladi qarorda.
Hujjat bilan barcha darajadagi davlat hokimiyati va boshqaruvi
organlari rahbarlari, Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahri hokimliklari O’zbekiston Konstitutsiyasinig 53-moddasi hamda “Xususiy mulkni himoya qilish va mulkdorlar huquqlarining kafolatlari to’g’risida”gi Qonun talablariga so’zsiz rioya qilishlari shartligi haqida qat’iy ogohlantirildi.
Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish natijalarini, shu jumladan obyektlarning qiymatini baholash natijalarini qayta ko’rib chiqish va bekor qilish masalalari yuzasidan davlat organlari, shu jumladan nazorat, huquqni muhofaza qiluvchi organlar va sudlar tomonidan tashabbus bilan chiqish, xususiy mulkning daxlsizligini buzish sifatida baholanishi hamda bunday ishlar ko’rib chiqish uchun qabul qilnmasligi belgilandi.
Bosh prokraturaga xususiy mulkni himoya qilish va mulkdorlar huquqlarining kafolatlari to’g’risidagi qonunchilikka qat’iy rioya etilishi ustidan nazoratni kuchaytirish, davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish natijalarini qayta ko’rib chiqish va bekor qilish tashabbusi bilan chiqqanlik uchun vakolatli davlat organlari mansabdor shaxslarining muqarrar javobgarligini jinoiy javobgarlikka tortishga qadar oshirishni ta’minlash topshirildi.
Xususiyalshtirishni takomillashtirish maqsadida yana bir hujjat imzolandi.
Ya’ni Prezidentning 2020-yil 12-maydagi farmoni bilan 2020-2025- yillarda O’zbekiston bank tizimini isloh qilish strategiyasi tasdiqlandi. Hujjatga asosan,
22 “Biznes muhitini yanada yaxshilash va tadbirkorlikni qo’llab quvvatlash to’g’risida”gi Prezident Qarori 20.11.2019.
xalqaro moliya institutlari ko’magida “Ipoteka bank”, O’zsanoatqurilishbank”, “Asaka”, “Aloqabank”, “Qishloq qurilish bank” va “Turonbank”dagi davlat ulushlari bosqichma-bosqich xususiylashtiriladi.
Davlat aksiyalarini sotuvga chiqarilishidan oldin bu banklarda transformatsiya jarayoni o’tkaziladi.
Qayd etish kerak, ushbu 6 ta bank sirasiga “O’zsanoatqurilishbank” va “Asaka” banklari- kapitali va aktivlar miqdori, kredit va depozit porfellari hajmi bo’yicha O’zbekistondagi ikkinchi va uchinchi raqamli banklar sanaladi.
Mamlakatdagi eng yirik bank – “ Tashqi iqtisodiy faoliyati Milliy banki”, shuningdek, “Agrobank” va “Mikrokreditbank” ustav kapitallarida davlat ulushi saqlab qolinadi.
Bundan ko’zlangan asosiy maqsad – bank tizimini isloh qilish davrida aholiming moliyaviy xizmatlarga bo’lgan talabini qondirish, investitsiya loyihalarini qo’llab-quvvatlash mexanizmini (“loyihalar favrikasi”) keng joriy qilish, bank xizmatlarining hududiy qamrovini ta’minlash hisoblanadi.
2030-yilgacha O’zbekistonni ijtimoiy iqtisodiy rivojlantirish konsepsiyasida makroiqtisodiy barqarorlikni va iqtisodiy o’sish barqarorligini ta’minlash, iqtisodiy tarmoqlarning raqobatbardoshligini, investitsoin va eksport salohiyatini oshirish, tadbirkorlikni rivojlantirish va himoya qilish uchun uchun shart-aharoitlarni yaratish, mehnat bozorida keskinlik darajasini pasaytirish, aholi daromadlari o’sishi va kam ta’minlanganlikni qisqartirish nazarda tutiladi. Bu qarorda keltirilishicha, davlat korxonalarini moliyaviy holatining zaifligi, to’lov munosabatlarining buzilishi, o’z aylanma mablag’lari sueunkali taqchilligi oqibatida sohalar ishidagi uzilishlar xususiylashtirish jarayonlari sekinlashishi va tadbirkorlik faoliyati erkinligi cheklanishi oqibatlari hisoblanadi.
Konsepsiyaning davlat boshqaruvi tizimi samaradorligini oshirish, xususiy sektorni rivojlantirish va tadbirkorlikni qo’llab-quvvatlashga bag’ishlangan yo’nalishida quyidagilar amalga oshirilishi rejalashtirilgan:

  • Davlatning iqtisodiy siyosatini maqbullashtirish va davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish orqali davlat xizmati tizimini isloh qilish, iqtisodiyotda davlatning rolini qisqartirish ushbu ustuvorlikni amlga oshirish davrida O’zbekiston iqtisodiyoti uchun muhim ahamiyatga ega bo’ladi.

  • Davlat tomonidan tartibga solishni qisqartirishga, infratuzilmaviy sektorlarga xususiy sektorni jalb etishga, shuningdek mahalliy davlat hokimiyati organlarining rolini kamaytirishga alohida e’tibor qaratiladi.

  • Samarasiz davlat korxonalarini tarkibiy o’zgartirish yoki qayta ixtisislashtirish nazarda tutiladi. Bu, avvalo raqobat afzalliklariga ega bo’lgan tarmoqlarda iqtisodiyotning eksport-xomashyoviy yo’naltirilganlikdan rivojlanishning innovatsion modeliga o’tishni ta’minlaydi.23

Fikrimizni umumlashtiradigan bo’lsak, xususiylashtirilgan korxonalarni qo’llab-quvvatlash natijasida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni jadal


23 “2030-yilgacha O’zbekistonni ijtimoiy iqtisodiy rivojlantirish konsepsiyasi to’g’risi”dagi Prezident Qarori 9.10.2019.
rivojlantirish, buning natijasida ishsizlikni kamaytirish, aholi turmush sharoitini yaxshilashga imkon berish, mamlakatda iqtisodiyotning tayanchi ekanligini amaliyotda tatbiq etishdan iborat. Chunki tadbirkorlik ishlab chiqarishni qayta qurish, ishlab chiqarish omillarini yangicha uyg’unlikda birlashtirish va tashkil etish, ishlab chiqaruvchi kuchlar bilan ishlab chiqarish munosabatlarini samaraliroq muvofiqlashtirish orqali ishlab chiqarishni sifat jihatidan yangi, yuqori bosqichga ko’tarishga hissa qo’shishi sir emas, albatta.

Xulosa


Sotsializmdan bozor iqtisodiyotiga o’tishda turli mulk shakllari paydo bo’lgan bo’lsa, bozor iqtisodiyotidan ko’p ukladli iqtisodiyotga o’tish jarayonida xilma-xil mulkchilikka asoslangan turli xildagi ukladlar hosil bo’ldi. Hozirgi aralash iqtisodiyot davrida mamlakatimizda 4 turdagi ya’ni davlat, jamoa, xususiy va aralash ukladlar mavjud.


Bularning barchasiga birdaniga emas, boshqichma-bosqich amalga oshirilishi iqtisodiy siklik jarayonlardan sezdirmasdan o’tish hamda ehtiyotkor bo’lishni talab etadi. Ko’p ukladlilik sharoitiga erishish uchun mulkni davlat tasarrufidan chiqarish yoki xususiy sektorni erkinlashtirish bilan erishilmaydi. Buning uchun iqtisodiyotni liberallashtirish ham kerak.
Davlatimiz rahbari 2017-yilda “Yangi O’zbekiston” qurish masalasida iqtisodiyotni erkinlashtirish hamda xususiy sektorning rolini kengaytirish taklifini ham bildirib o’tgan. Shu yo’nalishda yurtimizda mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiy mulk egalarini davlat tomonidan huquq va himoyasi turli qonunlar asosida ta’minlab qo’yildi.
O’zbekistonda xususiy sektorni rivojlantirish orqali xalq orasida bir necha muammolar bartaraf etildi. Masalan, aholi o’z uyiga, yeriga ega bo’ldi, ishsiz yurganlar ish bilan ta’minlandi. Shundan so’ng davlat o’z oldiga undan ham katta maqsad qo’ydi ya’ni xususiylashtirilgan ammo ishlamayotgan yoki past likvidli korxonalarni davlat aktivlarini sotishdan tushgan mablag’lar hisobiga qo’llab- quvvatlash, ularni moliyaviy resurslar bilan ta’minlashni amalga oshirib kelishmoqda. Davlatning bu strategiyasi, xususiy sektorda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlorni jahon brendiga olib chiqish hamda raqobatlasha olish shart- sharoitlari bilan ta’minlashga qaratilgan.
Xususiylashtirish jarayonlarini yanada chuqurlashtirish, haqiqiy mulkdorlar qatlamini shakllantirish, ko’p ukladli iqtisodiyotni vujudga keltirish va unda xususiy mulkning yetakchi o’rinni egallashini ta’minlash, xususiylashtirishni amalga oshirish bosqichlarida aholi uchun kuchli ijtimoiy kafolatlarni yaratilishi, mulkni tejab-tergab foydalanadigan, talab va taklif qonuni asosida iste’mol bozorini to’ldira oladigan mulkdorlarga topshirilishi lozimligi, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish va milliy iqtisodiyotga to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish masalalari ham nazariy, ham amaliy ahamiyatga molik ekanligi ushbu mavzuda kurs ishining naqadar dolzarb ahamiyatga ega ekanligidan dalolat beradi.
Kurs ishining yozilishidagi taklif va tavsiyalar quyidagilardan iborat:

    • Xususiy va nodavlat sektor tushunchalarini bir-biridan farqlash;

    • Tadbirkorlikni rivojlantirayotgan sub’yektlarni ortiqcha byurokratik muammolardan chetlatish;

    • Xususiy sektorni kengaytirishda davlat o’z ulushuni qisman saqlab qolishi;

    • Tadbirkorlarni muammolarini davlat organlari tomonidan to’liq o’rganib chiqib, ularni hal etishda ko’maklashish;

    • Tadbirkorlikni amalga oshirayotgan sub’yekt korxonasidagi turli kommunikatsiya, suv, gaz, elektr-energiya bilan ta’minlanish muammolariga chetdan qaramasdan, shu yo’nalishlarda ham qo’llab- quvvatlash.

Kus ishidan kutilayotgan ilmiy-amaliy natija, shu kungacha sanoat, yer- uchastkalari hamda bank sohasida o’zgarishlar qilinyotgan bo’lsa, endilikda ular bilan birgalikda ta’lim- tarbiya va sog’liqni saqlash tashkilotlarida ham islohotlar o’tkazish chora tadbirlarini ishlab chiqish kerak.
Tadbirkorlikni rivojlantirish orqali davlat oldida turgan bir necha muammolarni hal qiladi. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishda xususiy mulk huquqi va mulk subye’ktlari davlat himoyasida ekanligi to’g’risidagi qonunlar oldin faqat nazariy edi. yurtboshimiz tashabbuslari bilan so’ngi yilarda ularni amaliyotda tatbiq etib, barchaning ongiga uni singdirishga harakat qilmoqdalar. Chunki oldingi yillarda tadbirkorlar va kichik biznes sub’yektlari mansabdor shaxslarning noqonuniy tazyiq o’tkazishlari va korrupsiyaning avj olishidan aziyat chekishardi. Hozirgi kunda esa hamma o’z haq-huquqlari biladi va bunday noqoqnuniy harakatlarga cheklovlar qo’yilgan.
Shulardan unumli foydalangan holda prezidentimiz tomonidan “ Har bir oila tadbirkor” loyihasi asosida ko’plab aholi ish bilan ta’minlanib, yana yangi ish o’rinlari yaratildi. Qolaversa, endi oddiy aholi qatlami ham xususiy mulkidan kelgan mablag’lar natijasida shaxsiy mulkini ko’paytirish imkoniga ham ega bo’lmoqda.
Bu qilinayotgan barcha ishlar aholini yaxshi yashashi, ijtimoiy yordamga muhtoj qatlamning kamayishi hamda iqtisodiyyotimiz rivojida har bir shaxsning o’rin egallashi uchun cheksiz imkoniyatlar yaratilmoqda desak mubolag’a bo’lmaydi.
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning uzoqni ko’zlab olib boriyotgan strategiyasi, siyosati xalqimiz farovonligi uchun o’zining salmoqli hissasini yetakchi o’rinlarda qo’shib kelmoqda.

Yüklə 320,81 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin