2.2-rasm. 2019-yilning yanvar-dekabrida vazirlik va idoralar kesimida xususiylashtirilgan davlat obyektlarining tarkibi17
Xususiylashtirilgan davlat mulki ob’yektlari tarkibida eng ko’p ulush mahalliy hokimiyatlarga 574 ta obyekt (respublika bo’yicha jami xususiylashtirilgan obyektlarning 68,2 %), uy-joy kommunal xizmat ko’rsatish vazirligi 80 ta (9,5%), sog’liqni saqlash vazirligi 59 ta (7,0%), davlat aktivlarini
boshqarish agentligi 35 ta (4,2%), xalq ta’limi vazirligi 19 ta (2,3%), Moliya vazirligi 16 ta(1,9%) to’g’ri keladi.
Davlat noturarjoy fondidan samarali foydalanish maqsadida 2019-yil yakuniga qadar ijaraga berish bo’yicha 32,4 mingdan ortiq ijara shartnomalari tuzildi. Natihada, 5,3 mingdan ortiq yangi ish o’rinlari yaratiladi. Davlat mulkini ijaraga berishdan tushgan tushumlari jami 178,6 mlrd. so’mni tashkil etdi.
Hududlar kesimida davlat mulkni ijaraga berishdan tushgan tushumlarning asosiy qismi Toshkent shahriga (barcha tushumlarning 55,4%), Surxondaryo (9,7%), Toshkent ( 5,8%), Andijon (3,9%) va Xorazm (3,5%) viloyatlari hissasiga to’g’ri keladi.
Ma’lumot o’rnida shuni aytib o’tish joizki, iqtisodiyotdagi sektor va uklad tushunchalari bir-biridan farqlanadi. Sektor bu soha yoki tarmoq iqtisodiyot bo’g’inini, faoliyat turini bildiradi. Uklad esa ijtimoiy-iqtisodiy kategoriya bo’lib, iqtisodiy munosabatlar jamlanmasi hisoblanadi. Aniqroq qilib aytganda, ukladlar sektorlarni, sektorlar esa milliy iqtisodiyotni hosil qiladi.
Bo’limdan umumiy xulosa shuki, bunday natijalarga erishyotganimizning asosiy sababi yurtimizda iqtisodiy erkinlik mavjudligidir. Umuman olganda, erkinlik ko’p qirrali tushuncha va uni tavsiflash ham turlicha bo’ladi. Bizning e’tiborimizni tortadigan joyi erkinlik bu mamlakatda xususiy sektorning naqadar rivojlanganini ko’rsatuvchi belgi ekanligi. Iqtisodiy erkinlik bor joyda monopoliyaning cheklanishi, ishlab chiqarish samaradorligi oshishi hamda raqobatning keng yoyilishi kabi holatlar kuzatiladi. Raqobat bor joyda esa har doim sifatli va hamyonbop narxdagi mahsulotlar xarid qilish imkoniyati yuqori darajada bo’ladi.