Geomotrik usullarni kiritish
Egir chiziq bo‘ylab lokomotivning harakatlanishini osonlashtiruvchi tadbirlarning samarasini baholash uchun geometrik kiritish usulidan foydalaniladi. Relsning egri yo‘lda kengayishi bo‘lmaganda g‘ildirak qirralari va rels boshining ichki chegarasi oralig‘idagi farqlar yig‘indisi har ikkala rels uchun 14 mm.ni tashkil qiladi. SHuning uchun Topshiriqni bajarish uchun odatdagidek masshtabni kichraytirib olishning iloji yo‘q. Masalan, masshtab 100 marta kichraytirilganda bu oraliq o‘lchami chizilayotgan chiziqdan ham kichik bo‘ladi. Grafik kiritish usulini qo‘llash uchun maxsus usullardan foydalaniladi.
Ulardan biri – aylana diagramma tuzishdir, uni tuzish lokomotiv asosi va egri chiziq radiusi uchun har xil, ammo bir-biri bilan bog‘langan masshtablar foydalaniladi. 8a-rasmda egri chiziq radiusi R, asosi 2X bo‘lgan uch o‘qli teplovoz telejkasi tasvirlangan. OMN tzg‘ri burchakli uchburchakni ko‘rib chiqamiz. Bunda ON=R, NM=X, OM=R-Y. Pifagor tenglamasidan foydalangan holda o‘rta hildirak juftligi o‘rkachi va tashqi rels oralig‘i Y uchun quyidagi tenglikni yozish mumkin: Y=X2(2R-Y). Agar Y ning qiymati 2Rga nisbatan juda kichik ekanligini hisobga olsak, tenglamani soddalashtirish mumkin:Y=X2/(2R). CHizish paytida telejka asosi n marataga kamaysa, egri chiziq radiusi n2 martaga kamayadi, ya’ni x=X/n u r = R/n2. SHunda diagrammada o‘rkach bilan rels oralig‘i y=x2/(2r)=X2n2/(2Rn2)=X2/(2R)=Y, ya’ni bu oraliq (barcha ko‘ndalang o‘lchamlar kabi) asil kattalikda tasvirlanadi.
8-rasm. Ekipajning egri chiziqqa kiritilishining doiraviy diagrammasi:
a) o‘ch o‘qli telejkaning kiritilishi; b) soddalashtirilgan diagramma
Chizmani soddalashtirish uchun unda relsning A va V boshlarining ichki qirrasi aks ettiriladi. Bunda ular oralig‘idagi farq yo‘lning to‘g‘ri qismidagi ∆ va yo‘lning egri qismidagi b kengayishidan tashkil tKMgan oraliqdan iborat bo‘lgan bandaj qirralari bilan rels ustining summar oralig‘igi teng deb qabul qilinadi (8b - rasm). SHu bilan birga lokomotiv ekipaji sxematik ravishda, o‘rkachlar tashqi chegaralari qo‘shilgan tekisliklarning gorizontal izini tashkil qiluvchi bitta liniya SS shaklida tasvirlanadi. SS liniyasidagi nuqtalar g‘ildiraklar juftligidagi o‘qlarni anglatadi. Ushbu nuqtalardan A yoki V egrilikkacha bo‘lgan SS liniyaga tkazilgan perpendikulyar bo‘ylab o‘lchangan masofa o‘rkachlar va rels ustlarining ichki qirralari o‘rtasidagi masofani tashkil qiladi. Agar nuqta A yoki V egri chiziqda joylashgan bo‘lsa, bu g‘ildiraklar juftligining tegishli g‘ildirak o‘rkachi bilan tashqi yoki ichki relsga siqilib qolganligini anglatadi. Agar g‘ildiraklar juftligini ifodalovchi nuqta egri chiziqdan tashqarida bo‘lsa, unda ushbu g‘ildirak juftligi telejka ramasiga nisbatan yonlama siljishi, yoki bandaj o‘rkachlari toraytirilishi lozim. Aks holda egri chiziq bo‘ylab harakatlanishning imkoni bo‘lmaydi.
Doirasimon diagramma ekipajning egri chiziqda joylashishi to‘g‘risida aniq tasavvur beradi, biroq ekipajning asosi katta bo‘lganda ko‘ndalang siljish yoki telejkaning asosiy ramadan chetlashishi ba’zi xatolar bilan tasvirlanadi.
Aniqroq qiymatlar parabolik parabolik diagramma usulini kiritishda olinadi. Agar ko‘ndalang va uzunasiga ketuvchi yo‘nalishlar uchun bir-biriga bog‘liq bo‘lmagan har xil masshtablar tanlab olinsa rels tirsagining aylanma aylanma egri chizig‘i ellips shaklini oladi. U esa o‘z navbatida lokomotiv o‘rnatiladigan joy (ellipsning uchida) katta aniqlik bilan parabolaga aylanishi mumkin. O‘rnatishning ushbu usuli parabolik deb ataladi.
O‘rnatish tartibi.
mX=1m masshtabda lokomotiv asosi chizib olinadi, bunda n=25÷50 deb olinadi.
rels yo‘lining ordinatasi aniqlanadi. Tashqi relsning ordinatasi quyidagi formula yordamida aniqlanadi:
y= x2 ,
Bunda, x – lokomotiv asosining odatdagi abssissalari (chizmadagi);
R – egri chiziqning berilgan radiusi;
my – vertikal bo‘yicha masshtab. Odatda 1:1 yoki 2:2 ga teng deb qabul qilinadi.
Parabolani yanada aniq tuzish uchun x ning kattaroq qiymatini olish lozim. Hisoblangan qiymatlar bo‘yicha tashqi relslarni aks ettiruvchi u parabola tuziladi. (9-rasm.).
9-rasm. teplovozni parabolik usul bilan egri chiziqqa o‘rnatish.
Agar tashqi rels parabolasi o‘z o‘qi bo‘ylab parallel ravishda o‘ziga u kattalikka surilganda, ichki rels rasviri olinadi.
y'= (σ + Δ) m,
bunda, ∆ - yo‘lning to‘g‘ri qismida bandaj o‘rkachi va rels oralig‘idagi yig‘indi oraliq;
σ – egri chiziqda rels tirsagining kengayishi.
Kuzovning bo‘ylama o‘qi OX o‘qqa parallel bo‘lganda ekipaj sxemasi m masshtabda joylashadi.
mx bo‘lganda har qanday vertikal yo‘nalishdagi o‘q my tabiiy kattalikga ega bo‘ladi.
Parabolik usulda barcha oraliq va chetlanishlar faqat vertikal yo‘nalishda o‘lchanadi. Burchaklar buzilgan holda ko‘rinadi va quyidagi tenglama yordamida aniqlanadi:
αн= αчерт
Doirasimon diagramma usuli yordamida geometrik o‘rnatishda ekipajning quyidagi vaziyatlari o‘rganiladi (10-rasm):
- tashqi relsga otib yuborilgandagi vaziyat;
- qiyshaygan vaziyat;
- ichki relslarga otib yuborilganda.
Barcha o‘rganilgan vaziyatlarda quyidagilar aniqlanadi:
g‘ildiraklar juftligining talab etiladigan boshlang‘ich tezligi f;
bandaj o‘rkachi va rels oralig‘idagi farqning kattaligi h;
g‘ildiraklar juftligining harakatlanish burchagi α;
kuzov va telejka o‘qlari orasidagi burchak β.
Boshlang‘ich tezlik va oraliq kattaligi telejka yoki lokomotiv asosiga vertikal yo‘nalishda o‘lchanishi lozim (f va h).
Burchak kattaliklari chizmada o‘lchash olib borish va buzilishlar koeffitsientiga bo‘lish yordamida aniqlanadi (α va β).
Dostları ilə paylaş: |