Курс иши ва уни бажариш учун бирламчи маълумотлар


Lokomotivning egri chiziq bo‘ylab haakatlanishi



Yüklə 0,96 Mb.
səhifə18/22
tarix14.12.2023
ölçüsü0,96 Mb.
#178209
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22
Nurmamatov Diyorbek kurs ishi[1]

Lokomotivning egri chiziq bo‘ylab haakatlanishi

Lokomotivning yo‘lning egri qismida harakatlanishining o‘ziga xos xususiyatlari
Ushbu bo‘limda lokomotivning yo‘lning egri qismida harakatlanishining o‘ziga xos xususiyatlari hamda bunday harakatlanishni ta’minlash bo‘yicha olib borilgan tadbirlar, geometrik moslikni bajarish zarurati yoritilishi lozim.
Geometrik mosllikning mavjud usullari yoritilib, ushbu usullarning qiyosiy tahlili olib boriladi. Aylanma diagramma usuli yordamida geogmetrik moslikni bajarish tartibi yoritiladi. Grafik tasvirlar va zarur hisob-kitoblardan avval talaba zarur bo‘lgan ma’lumotlarni 4-jadval asosida bajaradi. Barcha hisob-kitoblarga tushuntirishlar berib boriladi.
Hisob kitoblar uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlardan foydalanilganda foydalanilgan adabiyot ko‘rsatiladi. Aylanma diagramma millimetr qog‘ozda bajariladi va tushuntirish xatining oxiriga, ilova tarzida qistirib qo‘yiladi.
Formula va shartli belgilar tarkibiga kiritilgan kattaliklarning rasshirovka qilinishi shart.
Bitta g‘ildirak juftligining yo‘lning egri qismida harakatlanishida (6.a rasm) tashqi relsdan o‘tishi kerak bo‘lgan g‘ildirakning oralig‘i (LH=F/RH), ichki relsdan o‘tishi lozim bo‘lgan g‘ildirakning oralig‘idan (Lv=F/Rv) katta. Ushbu oraliqdagi fvrq yo‘l o‘qi bo‘ylab o‘lchanadigan egri chiziq uzunligiga (L=F/R0) bog‘liq. Bundan ∆I=RH-Rv=F/Ik kelib chiqadi. Bunda IK – tirsakning (burilish joyining) kengligi. G‘ildiraklar juftligidagi g‘ildirakning qattiq bog‘lanishida yuzaga keladigan ushbu farq, g‘ildiraklar aylanadigan qiya yuzada i g‘ildirakning har xil radiusda aylanishi hisobiga to‘ladi.
G‘ildiraklar juftliginig relsdagi o‘rtacha holatidan s masofaga surilganda tashqi va ichki relslar bo‘ylab o‘tgan g‘ildiraklar orasidagi farq ∆2=2π(rH-rB)N, bunda N=FR0/2πr0 – yo‘lda g‘ildirakning aylanishi L0, RH-Rv=2ic. SHunda ∆I=∆2 tenglama asosida lk=2ic.R0/r0 ni tKMamiz, undan esa g‘ildirakning sezilmasdan o‘tishi mumkin bo‘lgan egri chiziq radiusini tKMamiz R0=r0lk/(2ic). i=I:20 bo‘lganda va maksimal surilish s=7mm bo‘lganda (yon tomon bandajlari uchun) R0=2000m.
Kichik radiusli egri chiziqlarda sirpanib ketish muqarrar bo‘ladi. Bu erda, avvalgilari kabi g‘ildiraklar juftligining harakatlanishi uning ko‘ndalang siljishidagi va burilish burchagidagi cheklovlarsiz ko‘rib chiqildi. Lokomotivning ekipaj qismida siljishlar va g‘ildirak juftliklarinnng burilishi cheklangan.


6-rasm. Yolg‘iz g‘ildirak juftligining yo‘lning egri qismida harakatlanishi.


Lokomotivning yo‘lning egri qismida harakatlanishini ta’minlash uchun yo‘lni qurish paytida ham, lokomotiv ekipaj qismini loyihalash paytida ham maxsus choralar ko‘riladi. Egri yo‘lda relslarning ichki tirsagida bandaj o‘rkachining (qirrasining) tishlashib qolishi kuzatilishi mumkin. Buning oldini olish uchun yo‘lning kichik radiusli qismida tirsaklar kengaytiriladi.


Egri yo‘llarda tirsakni kengaytirish temir yo‘llarda Texnik ekspluatatsiya qoidalariga (PTE) asosan amalga oshiriladi (R=350m. bo‘lganda 10mm.ga, R=350m. bo‘lganda 15mm.ga). Bunda egrilik R=300m bo‘lganda bandaj rels boshini 12mm.ga yKMadi.
Agar relslar yo‘l o‘qiga nisbatan perpendikulyar ravishda siqilishini va g‘ildiraklar juftligining relslar boshidagi yuzada bandajlarning yaqinlashishiga olib keluvchi egilishini hisobga olsak shu narsa ma’lum bo‘ladiki, burilish joyi haddan tashqari kengayib ketganda, qiyaligi 1:20 bo‘lgan bandaj harakatlanayotgan yuzaning qiyaligi 1:7 bo‘lgan yuza bilan kesishganda rels boshi 13 mm radiusli yonlama haraktga o‘tishi kuzatiladi. Bu xavfli, chunki buning natijasida relslar tashqi tomonga qarab siqilishi va tirsak ichidagi bandajning chiqib ketishiga olib kelishi mumkin. (7-rasmga qarang).

7-rasm. Relsga g‘ildirak juftligining o‘rnatilishi.


Lokomotiv ekipajini egri chiziqga kiritishni osonlashtiruvchi tadbirlarga quyidagilar kiradi: g‘ildiraklar juftligining ko‘ndalang urilishini hisobga olish (ekipajning ramaga ko‘ndalang bo‘lgan o‘qining siljishi); qirralari ingichkalashtirilgan (yoki qirrasiz) bandajlardan foydalanish va buriladigan telejkali lokomotivlardan foydalanish.



Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin