Pdpr=Pr/m = kVt m=6 Pdpr=1931.3/6=321.9kVt Bunda, m - yuk tortuvchi elektrodvigatellar soni.
Namunadagi teplvovoz va yuk tortuvchi elektrodvigatellarning quvvatiga qarab 2-jadval asosida o‘z quvvati bilan loyihadagi teplovoz elektrodvigatelining yuk tortishiga yaqin bo‘lgan yuk tortuvchi elektrodvigatel markasi tanlab olinadi.
Ko‘zda tutilgan Pdpr=321.9kVtga eng yaqin bo‘lgan yuk tortuvchi ED-118Dmarkali Pdayl=307 kVt quvvatli yuk tortuvchi elektrodvigatel hisoblanadi.
Ushbu elektrodvigatel uchun 2-jadval bo‘yicha regressiv koeffitsient topiladi va uning yordamida teplovoz – namunaning elektromexanik xarakteristikasi tuziladi.
2.2. Namunadagi teplovoz elektrodvigatelining yuk tortish bo‘yicha elektromexanik xarakteristikasini tuzish va hisob-kitob qilish. Tanlab olingan teplovoz-namuna yuk tortish elektrodvigateli uchun loyihalanayotgan teplovoz dvigateli yuk tortish quvvatiga eng yaqin bo‘lgan, 2-jadvalda keltirilgan regressiv koeffitsientdan foydalangan holda elektromexanik xarakteristika hisoblab chiqiladi.