43
4. Quyidagi ma’lumotni o’rganing va fikringizni bayon eting.
T-sxemadan
foydalanib,
mavzu
bo’yicha
xulosalarni
shakllantiring.
Institutsional tahlil loyihalarni samarali amalga oshirish va eksplutatsiya
qilishga, shuningdek mavjud tashkilotlarni mustahkamlash, malakali mutaxassislar
bilan to’ldirishga ko’mak berishi lozim.
Investitsiya loyihalarini institutsional tahlildan
maqsad loyiha amalga
oshirilayotgan makondagi tashqiliy, huquqiy, siyosiy va ma’muriy vaziyat (muhit)
ga baho berish hamda loyihaga jalb etilgan tashkilotlarning imkoniyatlarini
mustahkamlash chora-tadbirlari borasida tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
Tavsiyalar quyidagi masalalarni qamrab oladi:
a) menejment uslublari va usullari, shu jumladan monitoring va baholash;
b)
tashkiliy struktura, undagi o’zgarishlar;
v) rejalashtirish, shu jumladan investitsiyalarni joylashtirishni rejalashtirish;
g) xodimlar tarkibini to’ldirish va o’qitish (o’rgatish);
d) moliyaviy faoliyat, shu jumladan moliyaviy faoliyatni boshqarish, smetalar
tuzish, buxgalteriya
hisobi va taftish;
e) loyihalarni moddiy texnik ta’minoti;
j) ekspluatatsiya va texnik xizmat ko’rsatish tizimlari;
z) tashkilotlararo muvofiqlashtirish;
i) alohida sektorlarga nisbatan siyosat masalalari.
5. Test savollari
1. Investitsiya loyihalarini institutsional tahlil qilishdan asosiy maqsad nima?
a.
Loyiha amalga oshirilayotgan makondagi tashkiliy, huquqiy,
siyosiy va
ma’muriy vaziyat (muhit)ga baho berish, loyihaga
jalb etilgan korxonalar
imkoniyatlarini mustahkamlash chora-tadbirlari borasida tavsiyalar ishlab chiqish
b.
Investitsiya loyihalari bozorida tahlil qilinayotgan loyihaning o’rnini baholash
c.
Loyiha amalga oshirishda unda qatnashadigan barcha institutlar faoliyatini
kompleks o’rganish
d.
Loyihani amalga oshirishda ishtirok etayotgan barcha
institutlar faolyatini
mustahkamlash chora-tadbirlari borasida tavsiyalar ishlab chiqish
Dostları ilə paylaş: