2.2.Kartografik asarlarga yirik masshiabli topografik kartalardan tortib,
Yer yuzasining hammasini o ‘z ichiga oigan mayda masshtabli umumgeografik kartalar, har xil mazrnundagl mavzuli kartalar hamda Ycr shari yuzasining hammasini o ‘zida aks ettirgan dunyo atlaslaridan tortib ayrim mamlakatlar va ularning regionlarini aks ettiruvchi atlaslargacha kiradi. Yer shari bo‘yicha topografik kartalar bilan barcha materiklar va
mamlakatlar bir xiida ta’minlangan emas. Hududlaming topografik
kartalar bilan ta’minlanish darajasini aniqlashda, asosan yirik masshtabli
kartalarga qaraladi. BMT ma’lumotlariga qaraganda, hududlarning
topografik jihatdan o ‘rganilganligi 4 xil masshtabdagi topografik
kartalar bilan ta'minlanganligiga qaraladi, ya’ni 1:25 000 va undan maydalari -1:50 000, 1:100 000 va 1:200 000 masshtabdan
maydalarga qarab aniqlanadi.
Hozirgi vaqtda dunyo bo‘yicha deyarli hamma mamlakatlarda
bir xil standartda topografik kartalar yaratilmokda. Bular 1:10 000,
1:25 000, 1:50 000, 1:100 000, 1:200 000 masshtabli kartalardir
(AQSHda, Angliyada ilgarigi inglizcha o ‘lchov sistemasi bo‘yicha
1:10500, 1:31680, 1:63360 masshtablarda tuzilgan kartalar ham
ishlatilmoqda). Hozir ularda ham metr o ‘lchamida topografik kartalar
tuzilmoqda.
BMT ma’lumotlariga binoan dunyo bo‘yicha topografik karta
bilan qoplangan maydon (quruqlik qismi) Yer shari yuzasining 70%
initashkil qiladi. Hozirgi vaqtda dunyo bo‘yicha kartalar tuzishda 16 xil Yer
ellipsoididan foydanilmoqda. Shundan 5 tasi eng ko‘p qo‘llaniladi.
1940-yilda qabul qilingan Krasovskiy ellipsoidi sobiq Ittifoq va
Yevropadagi sobiq sotsialistik mamlakatlarda, Xitoyda Klark ellipsoidi
(1866-y), Shimoliy Amerikada, Fransiyada va ko‘pchilik Afrika
mamlakatlarida Xeyford ellipsoidi (1909-yilgi), Everest ellipsoidi,
G ‘arbiy Yevropa, Janubiy Amerika va Osiyoning b a ’zi mamlakatlarida
(1830-yilgi) Hindiston va Janubiy Osiyo mamlakatlarida qo‘llanilmoqda.
Shu bilan bir qatorda karta tuzishda qo'llaniladigan kartografik
proyeksiyalarda ham birlik yo‘q. Masalan, Gaussning ko‘ndalang
silindrik proyeksiyasi ju d a ko‘pchilik mamlakatlarda foydalanilsa,
AQSHda ko‘p konusli proyeksiya, Hindiston, Fransiyada Lambertning
teng konus
------------------------------------------------------------------------------------------------------------