Kurs ishining maqsad va vazifasi: 4



Yüklə 162,59 Kb.
səhifə10/11
tarix22.09.2023
ölçüsü162,59 Kb.
#147249
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
matn terishni orgatish

Kinestetik (grekcha “kines” – “harakat”) – his qilish orqali qabul qilinadigan
axborot (hid, ta’m)
Usullar:

  1. Aqliy hujum

  2. Breynstorming

  3. Breynrayting

  4. Tarmoqlar (klaster)

  5. Bahs – munozara (dicussion method)

  6. Muzyorar

  7. Imen (ariz) – Imen (triz)

  8. Yumaloqlangan qor

  9. 6x6x6

  10. Kungaboqar

  11. Olmos

  12. Akvarium

  13. Taqdimot

  14. Keys – stadi

  15. Suhbat

  16. Suqrot suhbati

Nutq madaniyati
1. Nutqning grammatik jihatdan to’g’riligi
2. So’z boyligi
3. Nutqning ifodaliligi va his - tuyg’u bilan sug’orilganligi
4. Nutq texnikasi:
- nutqning jarangdorligi, masofasi;
- talaffuzning va ovozning mayinligi;
- ovoz kuchining to’g’ri tanlanishi;
- nutq tezligining to’g’ri tanlanganligi;
- nutqning talaffuz tarzi, so’zlarning aniq, ravshan aytilishi;
- nutq gigienasiga rioya qilinishi va shu kabilar.

Xulosa


Men ushbu kurs ishini bajarish davomida ish faoliyatimga kerak bo’ladigan ma’lumotlarni yaxshilab o’zlashtirib oldim. Bu ma’lumotlardan keyinchalik foydalanaman. So‘z yuritilayotgan mustaqil matn yaratish hodisasi ham inson tafakkuri mahsuli, uning o‘zgalar ongigata’sir etish vositalaridan biridir. Agar o‘quvchining so‘z boyligi nochor, lug‘at xazinasi qashshoq bo‘lsa, nasriy matn tuzish, mustaqil matn yaratish haqida gap ham bo‘lishi mumkin emas. Bizning asosiy maqsadimiz o‘quvchini nutqiy madaniyatga, muxtasar matn yaratishga o‘rgatish ekan, qarshimizdagi eng dolzarb vazifa –til satixlarini o‘zaro bog‘lab o‘rganish, ona tili mashg‘ulotlarida fanlararo aloqani mustahkamlash, uyadosh so‘zlar ustida ishlash orqali o‘quvchi so‘z boyligini oshirish, maqol, matal, hikmatli so‘z, ibora va tasviriy vositalar yordamida nutqiy zaxiralarni boyitishdan iborat. O‘quvchiga matn va uning gramatik xususiyatlari, tarkibiy qismlari (kirish, asosiy qism va xulosa), gap, xatboshi va MSB (murakkab sintaktik butunlik)lirni o‘zaro bog‘lovchi, uslubiy ravonlikni ta’minlovchi tanish belgilari, gramatik bog‘lamalar (olmoshlar, kirish so‘z va gaplar, modal so‘zlar) haqida to‘liq ma’lumot berish, ularni o‘quv amaliyotiga jadal tadbiq etish ko‘nikmalarini shakllantirishdan iborat. Zero, “... lug‘at zaxirasi bisyor odamning tili biyron, nutqi ravon bo‘ladi..”. Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida ona tili ta’limining asosiy maqsadi o‘quvchilarning kommunikativ savodxonlik darajasini oshirish, ularni mustaqil va ijobiy fikrlashga yo‘naltirish, fikr mahsulini to‘g‘ri, ravon, o‘rinli ifodalashga o‘rgatish ekan, uni amalga oshirishning ishonchli omillaridan biri –matn yaratishning samarali texnologiyasini ishlab chiqish, uni o‘quv amaliyotiga izchil joriy etish, o‘quvchini muammoli o‘quv topshiriqlari orqali izlanish va kashf qilishga yo‘naltirish, o‘quvchi lug‘at boyligini kengaytirish jarayonida nutqiy faoliyatini shakllantirish, (so‘zning lug‘aviy ma’nolarini sharhlash) fikr ifodalash (og‘zaki nutq va matn yaratish)da so‘zni tanib va tanlab ishlatishni talab qiluvchi o‘quv topshiriqlari, nutqiy madaniyatni yuksaltiruvchi ko‘nikma va malakalar tizimi bilan qurollantirishdir. Bu muammolar orasida o‘quvchilarda mustaqil matn yaratish ko‘nikmalarini shakllantirishning intensiv–universal texnologiyasini yaratish, ana shu maqsadga xizmat qiladigan, matn yaratishning jadallashtirilgan, bosqichli tizimini ishlab chiqish va uni maktab amaliyotiga joriy etish masalasi alohida o‘rin tutadi. O‘quvchi so‘z boyligini oshirishning, uning nutqiy zaxirasini boyitishning eng samarali usuli sathlararo hamda fanlararo aloqadorlikni yo‘lga qo‘yish (undosh so‘zlar ustida ishlash, berilgan so‘zning leksik –semantik qurshovi: qaysi so‘zlar bilan ishlatilishi, xususiy belgilari miqdorini aniqlash, qaysi so‘z turkumlari bilan ifodalanishi, ularning nomlari soni, sifati, holati, harakatini belgilash v.h.) dan iborat.

Yüklə 162,59 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin