Test va topshiriqlar: Savollarga javobni kerakli o‘rinlarda belgilang ü yoki yozing ?. ü 1. Mo‘ysafid o‘g‘lini kumga shogirdlikka beribdi?
A) kulolga
B) duradgorga
C) temirchiga
ü 2. Shogird ustozinikidan nima sababdan tezroq ketmoqchi bo‘libdi?
A) o‘zini yetuk kulol hisoblagani uchun
B) o‘zini yetuk temirchi hisoblagani uchun
C) o‘zini yetuk duradgor hisoblagani uchun
ü 3. Nima sababdan shogirdning mollari dastlab yaxshi sotilib, keyin sustlashib qolibdi?
A) bozorda bu kabi mollar ko‘p bo‘lgani uchun
B) undan ham yaxshi ustalar kelganligi uchun
C) mollar puxta ishlanmaganligi uchun
? 4. Matnda aytib o‘tilgan shogird yasagan buyumlarning nomini yozing.
__________________________________________________________________________
? 5. Shogird nima sababdan yana kulolning yoniga qaytib kelibdi? Fikringizni asoslang.
__________________________________________________________________________
? 6. Matndan ustozning shogirdi kasbini to‘laligicha o‘zlashtirmaganligini anglatuvchi gapni aniqlang va yozing.
__________________________________________________________________________
ü 7. Matnda qo‘llangan “dastmoyasi” so‘zining ma’nosi qaysi javobda to‘g‘ri berilgan?
A) mehnati, ishi
B) kasb-hunari, qobiliyati
C) bor-yo‘g‘i, puli
ü 8. Kulolning o‘z shogirdiga hunarni puxta o‘zlashtirish kerakligi haqida aytgan gapini aniqlang.
A) – Kulolchilikni miridan sirigacha bilib oldim.
B) – Mayli, oxiri xayrli bo‘lsin!
C) – Bolam, alaxsimay, razm solib tur!
ü 9. Matn yakunida aytilishicha, shogird nimaga astoydil bel bog‘labdi?
A) hunar injiq narsaligini anglashga
B) sabr-toqat qilishga
C) kulolchilik hunarini batafsil egallab olishga
? 10. Shogird kulolnikida bajargan ishlarining ketma-ketligini matnda berilganidek yozing.
__________________________________________________________________________
? 11. Matndan shogird haqida uning qilgan ishlaridan bilib oldingiz. Uni ta’riflang.
__________________________________________________________________________
? 12. Nima deb o‘ylaysiz, shogird ustozining yoniga qaytib kelib, to‘g‘ri qildimi? Fikringizni asoslang.
__________________________________________________________________________
ü 13. Matnning mazmunini quyida berilgan qaysi so‘zlar vositasida kengroq tasvirlash mumkin?
A) do‘kon, lagan, tovoq, piyola
B) kulol, shogird, hunar, sabr
C) choynak, sir, dastmoya, mo‘ysafid
ü 14. Ushbu berilgan matndan qanday xulosa chiqarish mumkin?
A) hunarni sabr bilan astoydil o‘rganish lozim
B) har doim kattalarning gapiga quloq tutish lozim
C) pushaymon bo‘lmaslikka o‘rganish lozim
Bu kabi topshiriqlardan boshlang‘ich sinf o‘qish darslarida unumli foydalanish ushbu xalqaro tadqiqotga tayyorgarlik davrida juda muhim hisoblanadi.
PIRLS xalqaro tadqiqoti bo‘yicha yuqori natijalarga erishish uchun quyidagi tavsiyalarga ham amal qilish lozim:
1. O‘quvchilarning adabiy kitobxonlik malakasini egallashlari uchun yozma matnlarni (badiiy matnlar, kitoblar, jurnallar, hujjat va gazetalar, shuningdek, raqamli ko‘rinishdagi yozma shakllarni) ko‘proq o‘qishga o‘rgatish.
2. Matn mazmunini tushunish va amalda foydalanish maqsadida o‘qishga o‘rgatish, ma’lumotlardan foydalana olish qobiliyatini o‘stirish, o‘quvchilarni o‘qilgan matn ustida mushohada yuritish va samarali o‘qish strategiyalarini ongli ravishda tanlab qo‘llashga yo‘naltirish.
3. Matn bilan ishlashda diqqatni jamlashga, aniq ko‘rsatilgan ma’lumotlarni topish va murakkab ma’lumotlarni eslab qolishga, to‘g‘ridan to‘g‘ri xulosalar chiqarishga, matn elementlarini baholash va tanqid qilishga, g‘oyalar va axborotni talqin qilish (sintez qilish) va uyg‘unlashtirishga doir ko‘nikma va malakalarni shakllantirish.
4. Matn mazmuni, til xususiyatlari, tuzilishi, voqea-hodisalarning ketma-ketligini tahlil qila olish va baholashga o‘rgatib borish, qahramonlarning his-tuyg‘ularini, maqsadlarini va xarakter-xususiyatlarini tushunish uchun voqelar va harakatlarni sharhlay olish ko‘nikmalarini shakllantirish, matn asosidagi savollarga erkin javob bera olish, matn asosidagi test topshiriqlari ustida mustaqil ishlash malakalarini hosil qilish.
5. O‘quvchilarni guruhlar bilan ishlashdan ko‘ra ko‘proq mustaqil ishlashga yo‘naltirish.
6. PIRLS xalqaro tadqiqoti bo‘yicha ma’lumotlarni tadqiq va tahlil qilish orqali o‘qitish va o‘qishni takomillashtirish, xalqaro tajribalarni o‘rganish orqali tayyorgarlik ishlarini tashkil etish, jumladan, o‘qitishni va o‘qishni o‘rganish, bu borada ota-onalar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish orqali oilaviy resurslardan ham unumli foydalanish.
7. Xalqaro tadqiqot bo‘yicha tayyorgarlik ishlarini 1-sinfdanoq maqsadli va bosqichma-bosqich olib borish, o‘quvchilar uchun maxsus qo‘llanmalar va “Mashq daftari”ni chop etish ishlarini yo‘lga qo‘yish.
8. PIRLS tadqiqoti talablari asosida boshlang‘ich sinf o‘qish darslarini yuqori saviyada tashkil etish, barcha dastur va darsliklarni, jumladan, “O‘qish kitobi” darsliklarini ham takomillashtirish.
Shuni ta’kidlash kerakki, ushbu jarayonda o‘quvchilarning har tomonlama rivojlanishiga, kerakli ko‘nikma va malakalarni egallashlariga, albatta, nutq o‘stirishga alohida e’tibor qaratish zarur. Bu kabi ishlar boshlang‘ich sinf o‘qish darslarida matn ustida jarayonida diqqat markazida bo‘lsa, maqsadga muvofiq bo‘ladi.