Kushon podsholigida boshqaruv tizimi mundarij a kirish


KUSHON PODSHOLIGINING IJTIMOIY-IQTISODIY VA MADANIY TARAQQIYOTI



Yüklə 285 Kb.
səhifə3/8
tarix21.06.2023
ölçüsü285 Kb.
#133446
1   2   3   4   5   6   7   8
Kurs ishi Kushon podsholigining tashkil topishi, ijtimoiy-iqtisodiy (1)

1.2.KUSHON PODSHOLIGINING IJTIMOIY-IQTISODIY VA MADANIY TARAQQIYOTI

Kushon podsholigi - o’zbek davlatchiligi tizimidagi qadimgi davlat bo’lib, milodiy 1-asrning 1-yarmida yuyechjilar tasarrufidagi Kushon mulkining yuksalishi natijasida vujudga kelgan. Massagetlar (Xitoy yilnomalarida yuyechji) miloddan avvalgi 140-yili Sirdaryo ortidan Baqtriyaga kelib, saklarni yenggan va Yunon-Baqtriya podsholigi o’rnida bir asr davomida 5 qabilaga bo’linib yashagan. "Kushon" atamasi yo sulola yoki qabilaga tegishli bo’lib, u ilk bor miloddan avvalgi I-asr oxiri milodiy I-asr boshida hukmronlik qilgan podshoh “Geray” zarb qildirgan tangalarda qo’llangan. Kushonlarning dastlabki mulklari hududiga Shimoliy Baqtriya (Tojikiston hamda O’zbekistonning janubi, Turkmanistonning janubi-sharqidagi yerlar) kirgan. Dastlab jabg’u, keyinchalik podsho unvoni bilan davlatni idora qilgan Kadfiz I Kushon podsholigiga asos solgan bo’lib, uning davrida kushonlar hozirgi Afg’oniston bilan Pokistonning ko’pchilik qismini bosib olgan. Kadfiz I ning vorisi Vima Kadfiz hukmronligi davrida Hindistonning aksariyat qismi Kushon podsholigiga qo’shib olingan. Kushon podsholigi ning eng ravvaq topgan davri Kanishka hukmronlik qilgan vaqtga to’g’ri keladi. O’rta Osiyoda kushon mulklarining shimoliy chegarasi Hisor tizmasi bo’ylab, u yerdagi tog’ daralarida g’oyatda mustahkam chegara devorlari qurilgan. Kushonpodsholigi davrida urushlarning tez-tez bo’lib turishi natijasida mamlakatda harbiy asirqullar miqdori oshib borgan. Xitoy va Parfiya bilan kurash olib borayotgan Kushon podsholigi Yaqin Sharqda hukmron bo’lish uchun Parfiya bilan urushayotgan Rimning ittifoqchisi edi. Biroq savdo manfaatlari bu davlatlarni o’zaro yaqinlashtirgan. "Buyuk ipak yo’li" bo’ylab xalqaro savdoning rivojlanishi uchun qulay sharoit yaratilgan. Sharqda Sharqiy Turkistonning qo’shib olingan shaharlar-vohalari orqali Xitoy bilan, janubda kushonlarga tobe 5Shimoliy Hindiston bilan, g’arbda dengiz yo’li bilan, Misr orqali yoki quruqlikdagi yo’l bilan Eron orqali O’rta dengiz havzasidagi Rim imperiyasi shaharlari bilan, shimolda Xorazm va Uralbo’yi orqali Sharqiy Yevropa bilan savdo qilingan. Janubiy O’zbekistondan kushonlar davriga oid yuzdan oshiq shahar va qishloq xarobalari aniqlangan. Bu davrda shahar va qishloq o’zaro mustahkam aloqada bo’lgan va har bir shahar atrofida ko’plab mayda qishloqlar joylashgan. Kushon podsholigi siyosiy hokimiyat ruhoniylar qo’lida bo’lgan davlat bo’lib, unda podsho dunyoviy rahbar bo’lish bilan birga bosh kohin ham edi.


Davlat satrapliklarga bo’lingan bo’lib, ularning satraplari ayrim erkinliklarga ega bo’lgan. Kushon podsholigi quldorlik davlati bo’lsada, unda qishloq jamoasi muhim o’rin tutgan. Kushon podsholari mamlakatda keng ko’lamda dinlararo murosasozlik siyosatini yurgizgan, aholi asosan, buddizmnmng mahayana mazhabiga e’tiqod qilgan, shuningdek, mamlakatda zardushtiylik, otashparastlik, hinduizm kabi ko’plab boshqa dinlar ham bo’lgan. Hunarmandchilik, ichki va tashqi savdo keng taraqqiy etgan. Pul tizimida ko’proq oltin va mis tangalar qo’llanilgan. Dehqonchilik, xususan, sug’orma dehqonchilik rivojlangan, qishloq xo’jaligi ekinlarining ko’pchilik turi ekilgan.
Kushoniylar davri iqtisodiy munosabatlari haqida so’z ketganda, eng avvalo shuni ta’kidlash joizki, mintaqa aksar qismining siyosiy bir butunligi yagona iqtisodiymakonni yuzaga keltirdi. Kadfiz II davrida amalgam oshirilgan pul islohoti esa iqtisodiy munosabatlarni yanada jadallashtirish uchun uchun katta omil bo’lib xizmat qildi. Kushon podsholigi Rim, Parfiya va Xitoy bilan har jihatdan bellasha olgan qadimgi sharqdagi eng qudratli saltanatlardan biri bo’lib, ikki asr mobaynida osiyoliklarning siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy hayotiga katta ta’sir o’tkazgan. Yuqori saviyada taraqqiy etib borish hunarmandchilikka ham xos bo’lgan. So’g’diyona, Xorazm, Farg’ona, Baqtriya, Shimoliy Hindiston shahar va qishloqlarida kulolchilik, metalsozllik, to’qimachilik, shishasozlik, duradgorlik bilan shug’ullanadigan ustalarni ko’plab topish mumkin bo’lgan. Kulolchilik sohasida erishilgan tajriba, ustalarning mahorati yuksak darajada bo’lgan. Masalan, ushbu sohaga aloqador va bizning davrimizda arxeologlar tomonidan topilgan, ya’ni 2 ming yillik tarixga ega qadah idishlar shunchalar nafiski, jaranglashda billur qadahlardan hech ham qolishmaydi.Bir saltanat tarkibida bir necha mamlakatlar, xalq va elatlarning birlashuvi turli madaniyatlarni o’zaro yaqinlashtirdi, davr madaniyatlari (mahalliy Qadimgi Baqtriya, yunon, sak va hind madaniyatlarini mujassamlashtirdi. Arxeologik topilma va ko’hna yozma manbalar asosida kushonlar madaniyatiga doir quyidagi muhim ilmiy ma’lumotlar aniqlandi: burjli mustahkam mudofaa devoriga ega bo’lgan shahar qurilishi taraqqiy etgan, bir necha o’nlab shunday shaharlar, ko’plab yirik sug’orish inshoatlari qurilgan. Shaharlar ichida arklar mavjud bo’lib, ularning atrofini turli binolar majmuasi qurshab turgan. Kushon podsholigining shimoliy-g’arbiy hududlaridagi binolar qurilishida ko’proq xom g’isht va paxsadan, janubi-sharqida esa toshdan foydalanilgan. Shaharlar, odatda, daryo bo’ylarida, strategik jihatdan qulay joylarda bunyod etilgan. Ular podsho saroyi, boy-zodagonlar va hunarmandlar mahallasi, ko’cha va maydonlar, hovuzlar, turli dinlarga mansub inshoatlar, ekinzor va bog’lardan iborat bo’lgan. Uylar ko’p xonali, hashamatli bo’lib, ba’zilari ikki qanotli qilib qurilgan. Hovli sahni, xonalar poli, zinalar va boshqalarda turli hajmdagi pishiq g’ishtlar qo’llanilgan. Ayvon yog’och ustunlari ostiga ohaktoshdan yo’nilgan chiroyli tagkursilar o’rnatilgan. Tomdan to’shadigan suvlar uchun maxsus sopol tarnovlar ishlatilgan.Bino va xonalar haykaltaroshlik, tasviriy sanʼat asarlari bilan bezatilgan. Haykal va rasmlarda, asosan, podsholar, podsho xonadoni a’zolari, boy-zodagonlar, sozanda va masharabozlar tasvirlangan (Xolchayon). Budda diniga mansub inshootlarda esa Budda va uning safdoshlari, izdoshlari, kohinlar va xizmatkorlar ifodalangan (Ayritom, Dalvarzintepa, Qoratepa, Fayoztepa). Haykallar, asosan, ohaktosh, loy va ganchdan tayyorlangan, ular orasida sirtiga tilla suvi yuritilganlari ham bor. Devoriy suratlarda esa diniy va bazm marosimlari, tabiat manzaralari, suvoriylar tasvirlangan. Kulolchilik taraqqiy etgan, topilgan sopol idishlar xilma-xilligi va o’zining nozik, jarangdorligi bilan alohida ajralib turadi. Amaliy san’at keng rivojlangan, uning eng yaxshi namunalari Sankt-Peterburgdagi Davlat Ermitajida saqlanmoqda. Zeb-ziynat buyumlari, mehnat va jang qurollari yasash, mato to’qish taraqqiy etgan. Kushonlar davrida markazlashgan davlatning qaror topishi xo'jalikning ravnaqiga sabab bo'lgan. Bu davrda ham ziroatchilikning g'allachilik, paxtachilik, bog'dorchilik va polizchilik sohalari jadal rivojlanadi. Tog' va tog' oldi hududlarida lalmikor dehqonchilik xo'jaligi ravnaq topadi. Yerni qayta ishlash, xususan, almashib ekish borasida boy tajriba to'lanadi, yangi-yangi sug'orish tizimlari bunyod qilinadi. Chorvachilik xo'jaligini rivojlantirish borasida ham ulkan ishlar amalga oshirilgan. Aynan ana shu davrda hunarmandchilik xo'jaligi yuksak darajada rivoj topib, ushbu sohaning kulolchilik, metallsozlik, qurolsozlik, to'qimachilik, shishasozlik kabi turlari ancha yuksalgan. Hatto Baqtriya shishasozlari 420 yidda Xitoy poytaxtida turfa rangdagi shishalar tayyorlab xitoyliklarni lol qoldirgan. Kushonlar davrida xo'jalikning ravnaqi savdo-sotiqning rivojiga ham turtki bo'ladi. Xususan, shu davrda Baqtriya savdogarlari Parfiya, Rim, Xitoy va Hindiston mamlakatlariga borib savdo qilganlar. Rimning Pompey shahri xarobalaridan Kushon tangalarining yoki Qoratepa kulol idishlari, Termizdan topilgan may hamda ayshu ishrat xudolari Vakxoniya, tag'in Vakx-Bolus sharafiga uyushtirilgan bayram sahnasi tasviri solingan loy idishlar, shuningdek, Hayitobodtepadan imperator Neron tangalarining topilishi yuqoridagi fikrning isbotidir. Bu davrda Surxon vohasi savdo yo'llari o'zaro tutashgan hudud bo'lib, albatta, bu holat o'lkaning iqtisodiy va madaniy taraqqiyotiga katta ijobiy ta'sir o'tkazgan. Termiz shahri hunarmandlari tomonidan tayyorlangan mahsulotlar qo'shni davlatlarga, jumladan, Parfiya, So'g'diyona, Chin-Mochin, Ozar va musulmon dunyosi mamlakatlariga chiqarilgan hamda yuqori baholangan.Kushonlar davrida madaniy hayot ham yuksaklikka bo'y cho'zgan. Podsho Kanishka zamonidan boshlab boxtar tili davlat tili deb e'lon qilinadi. Kushonlar davrida me'morchilik ancha yuksalib, turar joy binolari, ibodatxonalar va saroylar qurish ancha avj oladi. Imoratlarni bezash, naqsh solish borasida ham o'ziga xos tajriba to'planadi. Bu davrda mahalliy madaniyat bilan hind madaniyatining o'zaro aralashish jarayoni sodir bo'ladi. Ayniqsa, Kanishka zamonida Budda dinining davlat dini deb e'lon qilinishi natijasida buddaviylik e'tiqodi bilan bog'liq ravishda haykaltaroshlik san'ati ancha yuksaladi. uddaviylikning dini milodgacha birinchi ming yillikning o'rtalarida Hindistonda shakllangan. Buddaviylar 1956 yilda o'z dinlari shakllanganligining 2500 yilligini nishonladilar. Bu dinning asoschisi Shak'ya Muni ya'ni, hind shahzodasi Siddxartma Gautama-Budda deb hisoblaydilar. Buddavylik dastlab 6quldorlar mafkurasi sifatida shakllangan. Buddaviylikda yomonlikka qarshi bosh ko'tarmaslik g'oyasi katta o'rin egallaydi. Buddaviylikda «to'rt oliy haqiqat» g'oyasi muhim o'rin egallaydi. Ular qo'yidagilar: 1.Azob-uqubat haqidagi ta'limot; 2. Azob-uqubatning sabablari haqidagi ta'limot; 3. Azob-uqubatdan halos bo'lish yo'llari haqidagi ta'limot. Bu ta'limot xalos bo'lish, najotning «sakkizlik» yo'lida o'z aksini topgan. Bular taqvodorlik e'tiqodi, taqvodorlik qat'iyati, taqvodorlik so'zi, taqvodorlik ishi, taqvodorlik turmush tarzi, taqvodorlikki intilish, taqvodorlikni orzu qilish, taqvodorlik fikri-hayoli bilan yashash. Buddaviylikning bu yo'llari azob-uqubatlardan xalos bo'lib, sansaradn (sanskritchaolamgo'zaronlik) nirvanaga (sanskritcha-so'nish) aylanish o'tishdan iborat. Buddaviylikda olam uch bosqichdan iborat bo'lib, uning birinchi bosqichi, eng yuqorisi nirvanadir. Unda mutloq osoyishtalik hukm suradigan olamdir. Inson bu yerda barcha turmush tashvishlaridan xalos bo'ladi. Uning hayotiy istaklari ham, ehtiroslari ham bo'lmaydi. Hamda nirvana bu qayta tug'ilish, boshqa qiyofaga kirish, mutlaq osoyishtalikdan iborat. Ikkinchi olam- bu bodisatva, ya'ni ruhiy mavjudotlar bilan to'la jannatdir. Bu olamda ruh gunohidan xalos bo'lgan lekin oliy olamga ko'tarilmagan avliyolar yashaydi.
Uchinchi olam esa eng quyi olab bo'lib, unda odamlar va hayvonlar yashashadi. Ular najot yo'lida olamga intiladilar. Buddaviylikda beshta axloqiy talab (panchashina)ga rioya qilish ilgari surilgan. Ular: bironta ham tirik mavjudotni o'ldirmaslik, birovning mulkini olmaslik, birovning xotiniga ko'z olaytirmaslik, yolg'on gapirmaslik, spirtli ichimlik ichmaslikdan iborat. Kanishka buddizm tarixida birinchi bo’lib vaqt-vaqti bilan diniy yig’in chaqirib turishni joriy etgan. Dastlabki yig’inda buddizmning mazkur yangi mazhabi mahayana rasmiylashtirilgan. Bu esa buddizmning Osiyo mamlakatlarida keng tarqalishiga, uning jahon dinlaridan biriga aylanishiga sabab bo’lgan. Topilgan tangalarning orqa tomonida turli ma’budlar-Mitra (Quyosh ma’budi), Otash (olov ma’budi), Farr (omad va ma’murchilik ma’budi) va boshqa tasvirlanganligi buni isbotlaydi. Saltanatda savdoning rivojlanishi yozuvning keng ko’lamda tarqalishiga imkon yaratgan. Oromiy yozuvi asosida sug’d va xorazmiy yozuvlari vujudga kelib, taraqqiy etdi. Hind alifbosiga asoslangan karosh yozuvi namunasi ilk bor Termizdan, teri va taxtaga bitilgan xorazmiy yozuvi namunasi esa Tuproqqal’adan topildi. Kushon podsholigi yerlaridan o’tgan Buyuk ipak yo’li tashqi savdoning rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko’rsatganligi aniqlandi. Kushon podsholari zarb qilgan oltin, kumush va mis tangalar Efiopiya, Skandinaviya, Italiya va boshqa ko’pgina mamlakatlarda topildi. Bu esa Kushon podsholigi chet mamlakatlar bilan keng miqyosda savdo va madaniy aloqalar olib borganligidan dalolat beradi. Sharqdan olib kelingan ipakka G’arb bozorlaridagi mollar almashtirilgan. Umuman savdoda ko’p tovarlar qatori dorivorlar, Rim tilla tanga va taqinchokdari, fil suyaklari va undan tayyorlangan turli buyumlar hamda "tirik tovar"-sozanda, raqqosa va hunarmand qullar ham bo’lgan. Kushon podsholigining dastlabki poytaxti O’zbekistonning janubidagi Dalvarzintepada bo’lgan, podsho Kanishka davrida esa Peshovar shahriga ko’chirilgan. Ayni shu davrda badiiy, san’at maktablari (Gandhara, Matxura, Baqtriya) shakllandi. Kanishka adabiyot va san’at homiysi bo’lib, Kashmir viloyatida Kanishkapur shahriga asos soldi. Uning saroyida mashhur buddaviy olimlar Pareva va Vasumitra, buyuk shoir va faylasuflar Ashvagxosha, Matricheta, Vagarjuva hamda Charaka yashab ijod qilgan. Yuqorida Vima Kadfiz davrida pul islohoti o’tkazilganligi qayd etilgan edi. Bu Kushon davlati pulining joriy etilishini ta'minladi. Bu pullar oltin, kumush va misdan ishlangan edi. Oltin tangalar odatda tashqi savdo uchun zarb etilgan. Har bir oltin tanganing og’irligi 8 gramm bo`lgan. Bu borada akademik A.Asqarov quyidagilarni keltirib o’tadi: “Xitoy manbalari va arxeologik materiallar (birinchi navbatda numizmatika materiallari) tahliliga ko’ra, Kudzula Kadfiz 80 yil yashab, eramizning birinchi yarmida podsholik qilgan. Rabatak sulolaviy ro’yxatiga ko’ra, uning o’g’li Vima Takto “noma’lum shoh” Soter Megas nomi ostida podsholik qiladi. U uzoq vaqt hukmronlik qilmagan ko’rinadi. Chunki 51 yilda hokimiyatga Kudzula Kadfizning boshqa o’g’li Vima Kadfiz (51-78 yy) kelib, Hindistonning Banorasga qadar yerlarini bosib oladi”. “Soter Megas” tangalarining o’ng tomonida qo’lida kalta va yengil nayza drotik ushlagan ideal shoh siymosi aks ettirilgan. Ba’zi tadqiqotchilar bu shoh siymosi emas, balki ma’bud Mitra deb taxmin qilishadi. Tanganing reversida uzatilgan qo’lida jang bolta si – tabar-zagnul tutgan otliq shoh tasvirlangan. Kadfiz II zamonida pul islohoti o’tkazilib, yangi tanga tizimi asosiy stateri 8,03 gr keladigan turli sifatdagi tillalar zarb etishga asoslangan bo’lib, ikki xil tanga joriy etilgan: biri 16,07 gr, ikkinchisi esa 2,01 gr. Shuning bilan bir qatorda diametri 23 -25 mm, vazni 16-17 gr. keladigan mis tangalar ham muomalaga chiqarilgan. Tangalar aversidagi suratda yuzi yon tomonidan aks ettirilgan shoh mehrob oldida tik turganicha diniy ibodatni ado etmoqda. Bu tipdagi kohin-shoh tasviri boshqa barcha Kushon podsholigining shohlari Kanishka, Vasudeva, Kanishka III tangalari reversida homiy ma’budalar tasviri bor. Kadfiz II va Vasudeva tangalarida homiy ma’buda sifatida buqa Nanda yonida turgan hind ma’budasi Shiva namoyon bo’ladi. Kanishka va Xuvishka tangalarida ma’budalar ahli jam bo’lib (Panteon- Ma’bad) Avesto diniga mansub otash, Vad, Mehr, Moh, Orlagno, Farr, sanamlar Nana va Ardoxsh, yunonlar7 Geliosi, hindlarning Buddasi, misrliklarning Soranisi aks etgan.Kushon tangalarida tasvirlangan ma’budalarni o’rganish podsholikdagi turli xalqlarning turli dinlari tarixi haqida g’oyat muhim ma’lumotlarni beradi. Masalan, Kushon shahanshohi Vima Kadfiz tangasida hindlarning bosh ma’budasi SHiva muqaddas Navvos Nandi oldida tasvirlangan. Ma’lumki, Shiva raqs, bo’ron va serpushtlik ma’budasi hisoblangan. Ushbu tangada tasvirlangan rasm zaminida qanday mazmun yotadi? Hindistonni Kushon shohlaridan birinchi bo’lib Vima Kadfiz zabt etgan edi. U o’z g’alabasini hindlar orasida mustahkamlash va uni yanada yoyish uchun hindlar ma’budi Shivani o’ziga homiy qilib olgan. Shu bilan birga uning g’alabalariga Shiva rahnamolik qilganligini qayd qilmoqchi bo’lgan.Kanishka tangalarining birida Vado, ikkinchisida Mixro, uchinchisida Maxfaro yoki Orlagno kabi zardushtiylar dini bilan bog’liq mahalliy ma’budalarning tasviri uchraydi. Kanishka va Xuvishka tangalarida tasvirlangan ma’budalar o’zlarida qanday mazmunni ifodalaydilar. Masalan, Mitro-Quyosh ma’budasi hisoblangan. U tangalarda tizzagacha tushgan qalin chakmonda chapga qarab turgan holda tasvirlangan. Ma’budaning o’ng qo’li oldinga ko’tarilgan, chap qo’li bilan belini ushlab turibdi. Belida uzun qilich, boshi atrofida esa yog’du tasvirlangan. Ma’budning surati oldida uning nomi bitilgan.
Podsholikda Budda dini davlatning rasmiy dini bo’lishi bilan birga boshqa dinlarga cheklashlar qo’yilmaganidan dalolatdir.Kanishka davrida davlat tili Kushon-Baqtriya tili hisoblangan. Bunga qadar davlat tili yunon-(Kudzula davrida)cha, so`ngra yunon va hind (Vima Kadfiz davrida)cha bo`lgan. Kanishka davriga kеlib tangalar baqtriya yozuvi bilan chiqqan. 100 yilda Kanishka budda dini ulamolarining qurultoyini chaqiradi va ularning fikr-mulohazalarini o`rganib, din sohasida dam islohot o’tkazadi. Ilgari zarb etilgan tangalar faqat xind xudosi (Shiva tasviri bilan chiqarilgan bo`lsa, endi tangalardagi tasvirlarda xudolarning soni ko`payadi. Bu hol Kanishkaning Budda dinini davlat dini dеb e'lon qilgan bo`lsada, ayni paytda odamlarga har xil dinlarga e'tiqodga ruxsat berilganligini ko`rsatadi.Kushon davlati haqida tarix kitoblari keng ma’lumot beradi. Markaziy Osiyoda imperiyalarning eng qadimgisi, davriy jihatdan eng yashovchani (milodiy I-IV asrlar) Kushon davlati bo’lgan desak yanglishmaymiz. O’z davriga nisbatan mislsiz ulkan mintaqalarni egallagan Kushon davlati chegaralari- sharqda Xitoy, g’arbda Kaspiy dengizi, janubda Hindiston va shimolda Orol bo’ylarigacha etib borgan. Qadimgi dunyo madaniyatining uch yirik manbayi- hind, fors va turk xalqlari tutashgan markaziy zaminda tashkil topgan ulug’ davlat. Yuechjeylarning eramizdan avvalgi II asr o`rtalarida GrekBaqtriya davlatiga bostirib kirishi ushbu davlatni tamomila tugatilishiga olib keldi. Yuechjeylarning dastlabki mulklari shimoliy Baqtriya hududlarida bo`ldi. Markaziy Osiyoda Kushon davlatining chegaralari hozirgi O`zbekiston janubidagi Hisor tog` tizmalari cho`qqilaridan o`tgan. O`sha yerdagi baland tog` daralarida (Darband) mustahkam chegara inshootlari qad ko`tardi. O`sha davrlarda davlat sarhadlarida yangidan-yangi shaharlar qad ko`tardi, Hindiston, Xitoy va Rim imperiyasi bilan savdo munosabatlari o`rnatildi.
Pompeyda olib borilgan qazish ishlari mobaynida kushon tangalari hamda kusxon ustasi tomonidan suyakdan yasalgan figuralar topildi. Kushon davrida me'morchilik yuksak rivojlandi. Ayniqsa saroylar va ibodatxonalar qurilishiga katta e'tibor qaratildi. Kusxon hukmdorlarining Xolchayondagi saroyida va eski Termiz va Dalvarzindagi budda ibodatxonalarida yuqori badiiy did bilan ishlangan devor chizgilari va haykaltaroshlik namunalari yaxshi saqlanib qolgan. Xolchayon, Dalvarzin va Ayritomda olib borilgan qazish ishlari davomida kushon ustalarining yuksak mahoratidan dalolat beruvchi bronza idishlar, muhtasham shag`amsupalar, ko`zgular hamda zargarlik mahsulotlari topilgan. Dehqonchilik imperiya iqtisodiyotining tayanchi bo`lgan. Yer hosildorligini oshirish maqsadida turli o`g`itlardan keng foydalinilgan. Tog` oldi hududlari va cho`llar chorvachilik maqsadlarida foydalanilgan. Termizda olib borilgan qazuv ishlari davomida oramiy tili asosida yozilgan xatlar topilgan. Kusxon kursiv xati o`zining o`tkir burchakli, kvadrat va aylana shaklidagi harflari bilan ajralib turar hamda o`sha davrlarda juda keng tarqalgan edi. Kanishka davrida Kushon davlatiga buddizm kirib keladi va tez orada davlat diniga aylanadi. Ammo shu bilan birga zardushtiylik va mahalliy O`rta Osiyo, Hindiston, Eron, Yunoniston va Misr xalqlari dinlari ham o`z kuchini yo`qotmaydi. Kushon davlati eramizning III asri birinchi yarmining oxirida barham topdi.

Yüklə 285 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin