Kushon podsholigida boshqaruv tizimi mundarij a kirish


KUSHON PODSHOLIGINING TADQIQOTCHILAR TOMONIDAN O’RGANILISHI



Yüklə 285 Kb.
səhifə6/8
tarix21.06.2023
ölçüsü285 Kb.
#133446
1   2   3   4   5   6   7   8
Kurs ishi Kushon podsholigining tashkil topishi, ijtimoiy-iqtisodiy (1)

2.2.KUSHON PODSHOLIGINING TADQIQOTCHILAR TOMONIDAN O’RGANILISHI.

Kushon podsholigiga doir yozma manba va arxeologik topilmalar kushonlar madaniyatini o’rganish, ularning O’rta Osiyo, jumladan, O’zbekiston xalqlari madaniyati taraqqiyotida tutgan o’rnini ilmiy baholashda muhim ahamiyatga ega. Kushon podsholigi siyosiy tarixi va madaniyati o’tmishining hali to’la, haqqoniy yoritilmagan jihatlari ko’p bo’lib, O’zbekiston, Hindiston, Fransiya, AQSH, Italiya, Vengriya, Tojikiston, Afg’oniston, Rossiya, Yaponiya olimlari ularni aniqlash borasida chuqur, izchil ilmiy tadqiqotlarni davom ettirmoqda. Ammo, Kushon podsholigi madaniyati tarixining ayrim jihatlari hanuzgacha noaniq bo’lib, tarixchi, sharqshunos va arxeolog olimlar ularga oydinlik kiritish uchun izchil va chuqur ilmiy tadqiqotlarni olib bormoqdalar. Chunonchi, bu borada 1913 va 1960-yillarda London, 1968 yil Dushanbe, 1970-yil Kobulda xalqaro simpoziumlar o’tkazildi, YUNESKO qoshidagi Markaziy Osiyo tarixi va madaniyatini o’rganish komissiyasi esa kushonlar tarixi va madaniyatini o’rganishni o’z oldiga asosiy vazifalardan biri qilib qo’ydi. Arxeologlar Kushon madaniyatiga oid Bagram, Balx, Began, Surxkxo’tal (Afg’oniston), Kosambi (Hindiston), Sirsukx, Taksila (Pokiston), Ayritom, Bozorqala, Dalvarzintepa, Zartepa, Ko’hna Voye, Termiz, Xayrobodtepa, Xolchayon (O’zbekiston), Kayqubodshoh, Ko’hnaqa’la, Shaxrinav, Munchoqtepa (Tojikiston)da qazish ishlari olib bordi. Kushonlar davri moddiy va ma'naviy madaniyatini o'rganishda qadimshunos va san'atshunos olimlardan V. M. Masson, B. YA. Staviskiy, L. I.Albaum, G. A. Pugachenkova, E. V. Rtveladze, B. A. Turg'unov, T. V. Belyayev hamda Sh. R. Pidayevlarning ilmiy xizmatlari beqiyos darajada kattadir. Ushbu olimlar tomonidan olib borilgan ilmiy izlanishlar natijasida kushonlar davrida voha shahar va qishloqlari hamda aholisining mashg'uloti, yashash tarzi, madaniyati, diniy e'tiqodi va qo'shni davlatlar bilan olib borilgan savdo-sotiq, madaniy hamda diplomatik aloqalari haqido qimmatli ma'lumotlar aniqlandi. Kushon davlati Markaziy Osiyoning janubi-sharqiy va Hindistonning shimoli-g'arbiy hududlarini o'z ichiga olgan antik davlat edi. Uning shimoliy chegarasi Darbandning Kushon davridagi devori bilan chegaralanadi. XX asrning 80-yillarida bu devorni akademik E.Rtveladze kashf etgan. Biroq Gabaza viloyatining joylashgan o'rni masalasi hozirga qadar uzilkesil hal qilinmagan. XIX-XX asr boshlaridagi topografik xaritalarda Oqrabotdan g'arbdagi joylar «Gabzan» deb belgilangan.


Eng so'nggi arxeologik hamda topografik tadqiqotlar natijalari, yozma manbalar va tangashunoslik ma'lumotlarini o'zaro qiyoslash natijasida Gabaza viloyatining joylashgan o'rnini yanada oydinlashtirish imkoni paydo bo'ldi. Ularga tayangan holda aytish mumkinki, Gozbon viloyati Janubiy So'g'ddan Amudaryoga qadar cho'zilgan keng hududda joylashgan tog'li viloyat bo'lib, u qator tog' tizmalaridan iborat bo'lgan janubi-g'arbiy Hisor tog' tizmini to'la qamrab olgan. Uning asosini Amudaryodan Temir Darvozaga qadar bo'lgan hududda yastanib yotgan Ko'hitang tizmasi tashkil etgan va uning shimoldagi chekka shahri arman tarixchisi Sebeos tomonidan shakli buzib yozilgan Kazbion shahri bo'lgan.Keyingi paytlarda Kushonlar davlatining shimoliy chegaralari masalasi ham ma'lum darajada ko'rib chiqildi. Ushbu masala ilk bor 1938-yili S.P.Tolstov tomonidan ko'tarilgan edi. Uning fikricha, So'g'diyona Kudzula Kadfiz hukmronligi davrida Kushonlar saltanati tarkibiga qo'shib olingan. Keyin chalik u Xorazmda topilgan tangalarga asoslanib, Xorazmni ham Kushonlar davlati tarkibiga kiritadi. Kushonlar davlatining shimoliy hududlari to'g'risidagi S.P.Tolstov xulosalari keyingi tadqiqotchilar uchun uzoq vaqt ilmiy asos bo'lib xizmat qildi, natijada qator boshqa o'lkalar ham ushbu saltanat tarkibiga kiritila boshlandi. Jumladan, 1950-yilga kelib K.V.Trever Choch viloyatini ham Kushonlar davlati tarkibiga kiritadi. Tyanshan va Pomir-Oltoyda olib borilgan arxeologik qazishmalarning yakunlariga asoslangan A.N.Bernshtam Farg'onani ham Kushonlar davlati tarkibiga kiritadi. Keyinchalik Ustrushona ham Kushonlar imperiyasi tarkibida bo'lgan degan fikr paydo bo'ladi.1962-yilgi Tuproqqal'ada olib borilgan qazish ishlarining natijalariga asoslanib, S.P.Tolstov milodning II-III asrlarida Xorazm Kushonlar tarkibida bo'lgan, degan fikrni ilgari suradi. Bunda u Xorazmdan topilgan Kushon tangalariga, haykallar va rasmlarga asoslanadi. Lekin Xorazmdan hozirga qadar 70 dan sal ziyodroq kushon tangalari topilgan, xolos. Surxondaryoning kushon davriga oid kichik bir Oqqo'rg'on qishlog'i xarobasidan 13esa 160 dan ortiq tanga topilgan. Ushbu muammo xususidagi an'anaviy fikrlarga birinchilardan bo'lib Ye.V.Zeymal qarshi chiqdi. U Tojikistondan topilgan tangalarni har tomonlama tahlil qilib, Xorazm va So'g'diyona Kushonlar saltanati tarkibiga kirmagan degan xulosaga keldi.
Xorazmda topilgan tangalarni tahlil qilgan V.M.Masson ham Xorazm va Marg'iyona Kushonlar davlati tarkibiga kirmagan degan xulosaga keladi, lekin u So'g'diyona masalasida biroz ikkilanadi. M.Ye.Masson Xorazm, Choch, Farg'ona va So'g'diyonani Kushonlar davlati tarkibiga kiritishni asossiz deb hisoblaydi.
Bunda u Kushon shohlari tangalarining Markaziy Osiyo hududlarida qanday tarqalganligiga asoslanadi. Darhaqiqat, Kushon shohlarining tangalari asosan Markaziy Osiyoning janubiy hududlarida ko'p tarqalgan. Kushon tangalari ko'proq Shimoliy Baqtriya hududlarida tarqalgan, hatto chegara viloyat bo'lgan Janubiy So'g'diyona (Qashqadaryo vohasi)dan topilgan kushon tangalari sanoqlidir. Bu muammoni oydinlashtirishda 1986-yili E.V.Rveladzening Darbandda joylashgan mudofaa devorini o'rganish yakunlariga bag'ishlangan ilmiy izlanishlari katta ahmiyatga ega bo'ldi. Bu yerda tog' tepasida qurilgan 6,5 m qalinlikdagi chegara devori aniqlangan, bu devor So'g'diyona va Baqtriyani bog'lovchi asosiy yo'l ustida qurilgan va muhim strategik ahamiyatga ega bo'lgan. Darband devori milodning I-II asrlariga oidligi aniqlandi, mazkur devor kushonlar tomonidan qurilgan bo'lib, u kushonlar davlatining shimoliy chegarasini belgilaydi. O'sha paytda bunday devorlar faqat markazlangan davlat tomonidan qurilishi mumkin edi, demak Shimoliy Baqtriya Kushonlar saltanati tarkibida strategik ahamiyatga molik chegara viloyati bo'lgan. Darband devorining kashf etilishi So'g'diyona, Dovon, Choch va Xorazmning Kushonlar saltanati tarkibiga kirganligini ko'rsatadi. Bu borada so'nggi arxeologik tadqiqotlarning natijalari ham guvohlik beradi. Kushonlar davri Baqtriyasining aytarli hamma yodgorliklaridauchraydigan kushon tangalari, buddaviylik yodgorliklari va umuman moddiymadaniyat So'g'diyona, Farg'ona, Choch va Xorazmning moddiy madaniyatidanjiddiy farq qiladi. Agar ular bir davlat tarkibida bo'lganlarida edi, ularning moddiy madaniyati ham o'zaro yaqin bo'lgan bo'lardi. Shunday qilib, yangi tadqiqotlarga tayangan holda Kushon davlatining shimoliy chegaralari Hisor Boysun tog'lari orqali o'tgan deb hisoblash mumkin. Yozma manbalardagi ma'lumotlar ham bu fikrga zid emas, chunki ularda Kushon shohlariningshimolga, So'g'diyona yoki Xorazmga yurish uyushtirganlari to'g'risida so'z yuritilmagan.Kushonlar podsholigi davrida Shimoliy Baqtriyaning qadimgi shahar madaniyati ancha ravnaq topdi. Kushonlar davrida iqtisodiy, madaniy jihatdan rivojlanganligini hunarmandchilik buyumlari, uy qurish sohasidagi me'morchilik san'ati, suyurish inshootlari, ishlab chiqargan mahsulotlari orqali ham bilib olish mumkin. Bu davrda xususan, Termiz shahrining maydoni 350 gektar bo'lib, Dunyotepa va Chingiztepa xarobalari o'rnida joylashgan. Chingiztepa va Qoratepa orlig'ida Amudaryoga qurilgan chig'iriqlar yordamida shahar markaziga ichimlik suvi chiqarilgan. Suv chiqarilgach, Qoratepa ibodatxonasida maxsus hovuzlar yordamida suv tindirilib, keyin shahar tashqi devorining shimoliy tomoni bo'ylab qurilgan ariqcha orqali shaharga taqsimlangan. Milodiy II asrda podsho Kanishka Qoratepa yodgorligi o'rnida Budda ibodatxonasini qurdiradi. Mamlakatda qishloq jamoalari ancha kengayadi. Bu davrda vohada ikkita yirik markaz mavjud bo'lib, bulardan biri: Amudaryo bo'yidagi Tarmita (Termiz) bo'lsa, ikkinchisi esa Chag'onrud (Surxondaryo) bo'yidagi Dalvarzintepa shaharlari edi. Bu shaharlar Kushonlar davlatining siyosiy, iqtisodiy, madaniy va harbiy hayotida aloxida o'ringa ega bo'ladi. Bundan tashqari Kampirtepa, Zartepa, Hayitobodtepa kabi shaharlar ham mavjud bo'lib, ushbu shaharlar mudofaa devorlari bilan o'rab olingan.Birgina Surxondaryo viloyati hududida kushonlar davriga oid 130 ta yodgorlik mavjud bo'lib, shundan 80 tasi qishloqlar ko'rinishidagi manzilgohlar hisoblanadi. Mavjud yodgorliklar bu to'g'rida juda ko'p tarixiy ma'lumotlar beradi. 1932-yidda Amudaryoda «Октябрянок» katerida ketayotgan chegarachilar Ayritomga yaqin joyda oqtosh ko'rganlar, bu nog'orachi tasviri uyib solingan tosh friz ekanligi aniqlandi. 1933-yilda bu topilmaga professor M. Ye.Masson boshchiligida arxeologik ekspedisiya yuborildi. Termiz s hahridan 18 km sharqda balandligi 2-2,5 metr, qalinligi 1,5 metrli istehkom devorlari bilan o'ralgan I-II asrlarga oid budda ibodatxonasi topildi. U ohaktoshdan ishlangan ajoyib friz bilan bezatilgan edi. Ayiqtovon barglari orasida beshta sozanda surati uyib ishlangan. Nog'orachi bilan rang-barang kiyimlardagi sozanda ayollar surati ayniqsa diqqatga sazovordir. Bu sozandalardan biri ud, yana bittasi arfa chalayapti, frizda qo'llarida gulchambaraklar hamda chiroyli idishlar ko'tarib ketayotgan qizlar tasvirlangan.Ibodatxonada buddaning haykali va boshqa ibodatxona qismlari qatorida toshdan yasalgan odam haykallari topilgan. Ular musiqa chaluvchilar, hadyalar tashuvchi erkak va ayollarning haykallari bo'lib, ibodatxonaning tashqi tomoni karnizi shu haykallar bilan bezatilgan. Haykallarning qiyofasi va kiyimlarida Hindistonga xos belgilar yorqin bo'lib, bu ajoyib san'at yodgorligi ikki mamlakat o'rtasidagi munosabatlar samarasidir. 1936-yilga kelib M.Ye.Masson boshchiligida tashkil etilgan tadqiqot kushon davri tarixi va madaniyati masalalarini izchil tadqiq etishni o'z oldiga maqsad qilib qo'ydi. Xususan, Termiz shahrining rivojlanish pallasi kushonlar davriga to'g'ri kelishi va tarixiy topografiyasi aniqlandi. Tadqiqot ishlari Ayritom, Chingiztepa va Qoratepada olib borildi hamda tadqiqotlarda M.I.Vyazmitina, G.A.Pugachenkova, B.B.Piotrovskiy singari olimlar ishtirok qildilar. Ayritom peshtoqlarining topilishi Shimoliy Baqtriyaning antik davr musiqa san'ati haqida ham so'z yuritish hamda ularni Afg'oniston, Hindiston va Sharqiy Turkiston haykaltaroshligida uchraydigan shularga aynan o'xshash musiqa asbolari bilan qiyoslash imkonini berdi. Tadqiqotlar natijasida Termiz yaqinida daryo kechuvlari mavjud bo'lib, daryoning o'zi Yuqori Panj va 14Xorazmvohalarini bog'lovchi qulay suv yo'li bo'lganligi aniqlandi. Ko'hna shahar hududlaridan kushon podsholari Kadfiz II, Kanishka, Xuvishka va Vasudevalarning ko'plab tangalari topildi. Tadqiqotning tashkil etilishi Ayritom va Eski Termiz yodgorliklarining dastavval va har tomonlama o'rganilishda muhim ahamiyat kasb etdi. O'sha yillari bu yodgorliklarning joylashgan o'rni, ularga asos solingan vaqt, ularning boshqa hududlar bilan munosabatlari hamda moddiy madaniyati masalalariga aniqliklar kiritildi.Shimoliy Baqtriyaning tarixi va madaniyatini o'rganishda Hamza nomidagi O'zbekiston san'atshunoslik ekspedisiyasi (O'zSE) tadqiqotlarining o'rni va ahamiyati masalalari ham ko'rib chiqildi. 1959-yilda G.A.Pugachenkova tashabbusi bilan tashkil qilingan ushbu ekspedisiya izlanishlarida turli davrlarda E.V.Rtveladze, B.A.Turg'unov, A.S.Sagdullayev, Z.A.Hakimov, YE.Nekrasova, V.A.Luneva, S.V.Levushkina, T.V.Belyayeva, S.A.Savchuk. D.Ilyosov singari olimlar ishtirok qildilar. Shimoliy Baqtriya hududidagi Dalvarzin, Xolchayon, Ko'hna Termiz, Kampirtepa. Zartepa, Ayritom kabi yodgorliklarda arxeologik tadqiqot ishlari olib borildi. O'zbekiston san'atshunoslik ekspedisiyasi xodimlari tomonidan baqtriya yozuvi yodgorliklarining topilishi, ayniqsa muhimdir. Bu borada 1977-yilda Ayritomdan topilgan haykal qoldiqlari va uning ostidagi olti qatorli baqtriya yozuvi fan olamida muhim voqea bo'ldi. Bu Surxkutal (Qiziltog') yozuvlaridan keyingi ikkinchi o'rinda turuvchi, aniq tarixiy mazmundagi Kushon-Baqtriya yozuvi bo'lib, unga ko'ra, inshoot majmuini o'rab turuvchi to'siq Shodiya (shaxsi noma'lum tomonidan qayta tiklangan va bu voqea Kushon podshosi Xuvishka hukmronligining to'rtinchi yilida sodir bo'lgan. Yozuv va haykalni Mirzod ismli usta ijro etgan
Yunon-Baqtriya davrida bu yerda ko'handiz paydo bo'ladi. Kushonlar davriga kelib Dalvarzin me'morchiligi Baqtriya va Yunon qurilishi tajribalarining sintezini o'zida aks ettiradi.O'zbekiston san'atshunoslik ekspedisiyasining so'nggi yillardagi faoliyati natijasida antik davrga oid boy sopol majmualari o'rganildi va ilgarigi sopol idishlar kompleksi sanalariga aniqlik kiritish imkoniyati paydo bo'ldi. 1972-yili kushonlar davri madaniyatining mashhur yodgorligi Dalvarzinda 200 metr devor qoldiqlari topilib, uning eni 4,6 m, balandligi 2,5 m keladi. Dalvarzintepa atrofida devor bilan o'ralgan ark xarobasi bo'lib, ark devorining uzunligi 130 m ga, balandligi esa 2,5 m ga tengdir. Dalvarzintepaning sharqiy qismida hatto 80 m masofada eni 4 metrlik tosh yo'l kovlab ochildi. Bulardan tashqari, bu yerda bir necha to'rt burchakli paxsa devorli uylar topildi. Dalvarzintepada topilgan 900 ga yaqin tosh o'roq, jez o'roq, yorgichoq, don uchun kovlangan o' ra hamda kuyib ko'mirga aylangan arpa, bug'doy, tariq, so'li donlari va boshqa ashyolar qadimgi dalvarzinliklar asosan dehqonchilik bilan shug'ullanganligini ko'rsatadi.Arxeologik topilmalar: suyakdan yasalgan buyumlar, jez igna va bigizlarga qarab hukm qilganda, aholining turmushida to'quvchilik va tikuvchilik keng taraqqiy etgan -ligini ko'ramiz. Dalvarzinliklarda mahalliy degrezlik va miskarlik ancha taraqqiy qilgan, chunki bu yodgorliklardan juda ko'p temir buyumlar: jez, o'roq, pona, pichoq, kamon o'qlarining paykonlari, nayza uchlari, zeb-ziynatlar, jez oynalar, bilakuzuklar, isirg'alar, cho'michlar, munchoqlar hamda turli xil jez buyumlar quyiladigan tosh qoliplar, Shuningdek, degrezlik qo'rasining beshta qoldiqlari topilganligi bularning yaqqol dal ilidir. Dalvarzintepadan topilgan manbalar ichida eng noyobi sopol ko'za bo'lib, unda 115 xil tilla quyma yombilar, zargarlik buyumlari, bilakuzuklar, isirg'a, erkak va ayollarning taqinchoq buyumlari bo'lgan. Bundan tashqari nafis ishlangan marjonlar, Yunon-Baqtriya zargarlik san'atining namunasi bo'lmish bo'yinga taqiladigan shoda ushlab turgan Geraklning bo'rtma tasviri tushirilgan buyumlar topildi. Dalvarzintepaning chekkaroq joyidan I asrda tiklangan Budda ibodatxonasi, shahristonidan Buddaning boshi, Bodxisatvaning mahorat bilan . ishlangan mahobatli haykali, fil suyagidan tayyorlangan shaxmatning ikki donasi topildi. Buddaning boshi loy va gipsdan yasalgan bo'lib, balandligi 39 sm, eni 25 sm keladi. Bodxisatvaning (o'sha davrga oid) haykali ham loy vagipsdan yasalib, rang bilan bo'yalgan. Uning balandligi 2 metr 18 sm, eni 89 sm. U bir paytlar Budda butxonasida turgan haykallar guruhidan biridir. Bu ko'hna topilmalar boshqa yodgorliklar bilan birgalikda 1988-yili Yaponiyaning Nara shahridagi «Ipak 15yo'li Naraga boradi» deb nomlangan xalqaro ko'rgazmada namoyish etilgan edi. 1995- yili esa ular Parijdagi muhtasham «Grand-Pales» («Katga saroy»)ning nodir galereyasida muvaffaqiyat bilan namoyish etildi.Vayron bo'lgan antik davr devori ustida tiklangan binoning qachon qurilganligini juda aniqlik bilan belgilash mumkin. Keyingi yillarda O'zSE kashfiyotlari natijasida Shimoliy Baqtriya Yunon-Baqtriya, Kushon, Kushon-sosoniylar davrlarida zarb etilgan ko'plab tangalar topilgan, hatto uncha katta bo'lmagan xazinalar ham aniqlangan. Ushbu topilmalar ichida Yunon-Baqtriya tangalari ko'p bo'lib, ular yaqin kunlargacha «Shimoliy Baqtriya hududlariga Yunon-Baqtriya davriga oid ayrim tangalar esa tasodifan kelib qolgan», degan fikrlarni rad etishga asos bo'ldi.Kampirtepaning o'rganilishi natijasida yozma manbalarda qayd qilingan Oks bo'yidagi Pardagvi Kampirtepa o'rnida bo'lganligi taxmin qilindi. Bu borada Kampirtepadan Markaziy Osiyoda yagona bo'lgan iskandar tangasining topilishi muhim ahamiyatga ega bo'ldi. Xullas, uzoq yillar fanga noma'lum bo'lgan antik davr, xususan kushon davri tarixi va madaniyati O'zSEning tadqiqotlari tufayli dunyoga mashhur bo'ldi hamda tarix faniga ulkan hissa bo'lib qo'shildi. O'sha davrga oid yana bir yodgorlik Xolchayon bo'lib, bu yodgorlik Surxondaryo viloyatining Denov tumanida topildi. 1959-yilning bahorida Xolchayon jamoa xo'jaligining remont-texnikata'mirlash joyi kengaytirilayotganda buldozer kichik bir tepalikning chetiniqirqqanida uchta tosh ustun bo'laklarini sudrab chiqargan, topilgan narsalarto'g'risida arxeologlarga xabar berilgan. 1960-yilda san'atshunoslik institutining professori G.A.Pugachenkova rahbarligidagi San'atshunoslik instituti ekspedisiyasi Xolchayon tepaligini tekshira boshlaydi. Bu yerdan topilgan yodgorliklar olimlarning har qanday tasavvuridan oshib tushdi, fanga yana bir tarixiy boylik - Baqtriya badiiy madaniyatining ajoyib yodgorligi qo'shildi.
Tadqiqotlar natijasida Qoratepaga milodiy I asr oxirlarida asos solinganligi, yodgorlik janubiy, g'arbiy va shimoliy tepaliklardan tashkil topganligi aniqlandi. Qoratepaning o'rganilishi 1928 yilda A.S.Strelkov tomonidan boshlangan bo'lib, turli tanaffuslar bilan hozirga qadar davom etmoqda, hozirgacha to'qqizta ibodatxona ochib o'rganildi. Qoratepada ganchdan yasalgan haykallarning parchalari topildi, ular ichida g'alati bir vaziyatda buklanib turgan to'rtta barmoq saqlangan qo'l parchasi diqqatni o'ziga tortadi. Bu qo'l parchasi kattaligiga qaraganda kishi bo'yidan ancha baland haykalniki bo'lsa kerak.
Umuman, Qoratepa yodgorligining o'rganilishi Kushon davri Baqtriya tarixi va madaniyatini yoritishda muhim bir bosqich bo'ldi. Ana shu tadqiqotlar Termizning va umuman Baqtriyaning qo'shni davlatlar va o'lkalar bilan iqtisodiy hamda madaniy aloqalari rivoj topganligini yana bir karra isbotladi. Shimoliy Baqtriyaning antik tarixi va madaniyatini o'rganishda 1972 yili tashkil qilingan ekspedisiyasi ham katta ahamiyatga ega bo'ldi. V.M.Masson rahbarlik qilganushbu ekspedisiya tadqiqotlarida Sh.Pidayev, T.Annayev. G.Koshelenko. K.Sobirov, V.Pilipko. V.Zavyalov singari arxeolog olimlar ishtirok qildilar. Baqtriya ekspedisiyasi Kushon va ilk o'rta asrlar davri Baqtriya shahar va qishloqlarining tarixini o'rganishga, Baqtriyada urbanizasiya jarayonlarining shakllanishi va rivojlanishi masalalarini tadqiq qilishga asosiy e'tiborni qaratdi. Ekspedisiya o'z faoliyatini 1990 yillarning boshlariga qadar davom ettirdi, ekspedisiya tadqiqotlari Shimoliy Baqtriyaning Zartepa, Mirzaqultepa, Oqqo'rg'on, Sho'rtepa, Hayrobodtepa, Hayitobodtepa singari shahar va qishloq xarobalarida olib borildi.Baqtriya ekspedisiyasining samarali kashfiyotlari natijasida ilk bor Kushon davri shahar me'morchiligi xususida nisbatan to'la ma'lumotlar olish imkoni paydo bo'ldi. Kushon davri qishloqlari, ularning jamiyat hayotidagi o'rni va shaharlar bilan o'zaro munosabatlari masalalari yoritib berildi. Qishloq aholisining moddiy madaniyatini shahar aholisining moddiy madaniyatidan farq qilmasligi, shahar va qishloqlar o'rtasidagi tovar ayriboshlash, aksaran tanga pullarga asosalnganligi Oqqo'rg'on, Mirzaqultepa, Sho'rtepa yodgorliklari misolida isbotlab berildi
Kushon davri arxeologik yodgorliklaridan Fayoztepa, Eski Termiz devorlarining shimoli g'arbida, Qoratepa tekisligining shimoli- g'arbidan janubi-sharqqa yo'naltirilgan holda qurilgan Budda ibodatxonasidir. Bu to'rtburchakli ziyoratgohning ichkari hovlisi ikki tomondan tirgak vazifasini o'tavchi yo'g'on sutunlar bilan ko'tarilgan bo'lib, maxsus ayvon bilan o'ralgan imoratdir. Ushbu Budda obidasining qurilgan payti - uysozlik, binokorlik, haykaltaroshlik, tasviriy san'at, umuman, shaharsozlik va me'morchilik rivojlangan Kushon -Baqtriya davlati davriga, ya'ni eramizning I-II asrlariga to'g'ri keladi. So'z yuritilayotgan jamlanma asosan uch qismdan: 1. Kohinlar yotoqxonasi (hind-boxtar me'morchiligi an'analari asosida qurilgan). 2. Markaziy ibodatxona 3. Kohinlar jamoasi uchun zarur bo'lgan narsalar bilan ta'minlaydigan xo'jalik va yordamchi imoratlardan iborat. Inshootning asosiy qismlaridan biri muqaddas, tabarruk va muborak diniy yodgorliklarni saqlaydigan joy- qo'ng'iroqsimon pastki qismi turtib chiqqandek ishlov berilgan hovonchadir. Hovoncha xom g'ishtdan terilgan, uning usti oppoq qorsimon ganch bilan suvalgan. Qizig'i, hovoncha ibodatxonaning boshqa jamlanmalari singari hovli markazida bo'lmay, balki hovlining tashqarisida - «Siymo uyi» budda haykalchasi dargohiga qarama-qarshi o'rnatilgan. «Siymo uyi»dan topilgan ohakgil toshidan mohirlik bilan ishlangan 118 kilogrammlik Budda haykali va uning ikki yonida qo'l qovushtirib, sig'inib o'tirgan ikki rohibning haykalchasi bor. Bu dargohdan havonchagacha g'isht va ohakgil toshlari parchalari yotqizilgan yo'lak o'tkazilgan.Markaziy ibodatxona atrofida katta-kichik xonalar, ya'ni ziyoratgoh, hujra va jamoa yig'ini xonalari mavjud bo'lgan. Masjid ibodatxona bilan bir eshik orqali tutashtirilgan, eshik ibodatxona hovlisining g'arbiy devorida bo'lib shimoli-g'arbiy tomondadir. Eshikning hovli tarafdagi yonida katta-katta ohakgil toshi bo'laklaridan terib qurilgan hovuzcha bo'lgan. Hovuzchaning bir tomoni ikkinchisidan torroqdir, ayni shu tomonning pastki qismida og'zi ochiq sher boshi tasvirlangan suv jumragi o'rnatilgan. Bu hovuzcha ehtimol diniy marosimlarda yuvinib poklanish uchun qurilgan, ibodatxona tokchalarida esa ganch haykalchalar bo'lib, ularning ichi loy bilan to'lg'azilgan bo'lgan. Ilmiy adabiyotlardan ma'lumki, ana shu xil hovuzchalar hind budda sajdagohlarida tahorat qilish uchun ishlatilgan.

Yüklə 285 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin