Kushon podsholigida boshqaruv tizimi mundarij a kirish


KUSHON PODSHOLIGI DAVRIDA DINIY BAG’RIKENGLIK



Yüklə 285 Kb.
səhifə4/8
tarix21.06.2023
ölçüsü285 Kb.
#133446
1   2   3   4   5   6   7   8
Kurs ishi Kushon podsholigining tashkil topishi, ijtimoiy-iqtisodiy (1)

1.3.KUSHON PODSHOLIGI DAVRIDA DINIY BAG’RIKENGLIK

Markaziy Osiyo mintaqasi, xususan, O’zbekiston azaldan o’z urf-odati, madaniyati, tili va turmush tarziga ega bo’lgan, turli e’tiqod vakillari va bir-biriga ma’naviy jihatdan yaqin bo’lmagan xalqlar yashagan zamindir.


Millati va diniy qarashlaridan qat’iy nazar insonni ardoqlash va o’zgalarni qadrlash, o’zga din vakillarini hurmat qilish O’zbek xalqining yuksak sifatlaridir. (1, 8) Aynan ushbu omillar xalqimizning ruhiyatida diniy bag’rikenglik xususiyatini shakllanishiga asos bo’ldi. Bag’rikenglik g’oyalarini hayotga tadbiq etish uzoq moziyga borib taqaladi. Ajdodlarimiz amal qilgan diniy bag’rikenglik g’oyalari tarixning har bir davrida ijtimoiy, siyosiy va ma’naviy hayotni ajralmas qismiga aylangan bo’lsada, tarixning ma’lum davrlarida o’zining eng yuqori pog’onasiga ko’tarilgan. Kushon podsholigi hukm surgan tarixiy davr fikrimizga yorqin misoldir.
Kushon podsholigi asoschilari bo'lgan yuyechi (Xitoy manbalarida) qabilasi Sirdaryo ortidan Baktriyaga yerlariga kelib, sak qabilalarini yengan hamda YunonBaktriya yerlarini egalladilar. Natijada bir asr mobaynida Yunon-Baktriya yerlarida yashagan qabilalar 5 qabilaga bo’linib, istiqomat qilishgan. Milodiy I-asrda esa kuson qabilasidan bo’lgan Kudzula Kadfiz “Kushon” podsholigiga asos soldi. Kushon podsholigi davrida bir hududda turli dinlar amalda bo’lgan. Saltanatda dinlar o’rtasida o’zaro tenglik siyosati olib borib, shahar aholisi podsholikning bag’rikenglik an’analariga muofiq, zardushtiylik, buddaviylik, manixeylik va boshqa dinlarga sig’inganlar.(2, 152) Shuningdek, Kushon hukmdorlari hind e’tiqodlaridan buddaviylik, vishnuizm, jaynizm kabi oqimlarni yoyilishiga homiylik qilganlar. Xorazm va Sug’dda esa mahalliy ta’limotlardan Siyovush e’tiqodi ham keng yoyilgan. (3, 122) Podsholikda siyosiy hokimyat ruhoniylar qo’lida bo’lib, dunyoviy davlat rahbari bosh qohin ham hisoblangan . Barcha diniy sohadagi islohotlar asoschisi ham davlat rahbari hisoblangan. Podsholikdagi bir qancha islohotlar asoschisi sifatida Kanishka e’tirof etilib, u hukmron bo’lgan davrda Kushon davlati ravnaq topdi. Davlat tarkibiga Hindistonni qo’shib olinishi, Hisor tog’ tizmalari bo’ylab mustahkam chegara devorlarini barpo etilishi, baktriya tili bilan birgalikda hind tili ham muloqot tili sifatida iste’molda bo’lishi kabi islohotlar hukmdor Kanishka nomi bilan bog’liq. 8Davlatda buddizm ta’limotini keng yoyilishi davlat tarkibiga Shimoliy Hindistonni qo’shib olinishi bilan tasniflanadi. Hukmdor Kanishka buddizm tarixida birinchi marta diniy yig’inlar chaqirishni joriy etib, dastlabki diniy yig’inda buddaviylikning mahayana oqimini rasmiy oqim sifatida e’tirof etdi. (5, https//:qobus.info) Aynan shu tarixiy jarayondan so’ng ushbu ta’limot podsholikda juda tez sur’atlarda yoyila boshladi. Shuningdek, Kanishka barcha dinlarga erkinlik bergan holda, buddaviylik ibodatxonalarini qurishga ular uchun katta miqdorda mablag ajratishga homiylik qilgan. Kanishka nafaqat adolatli hukmdor, shuning barobarida adabiyot va san’at homiysi ham hisoblangan. Manbalarda Kanishka Kashmirda Kanishkapur shahriya asos solganligi, Pareva, Vasumitra kabi buddaviy olimlar hamda Ashvagxosha, Vagarjuva, Matricheta kabi faylasuf va shoirlar hukmdor saroyida yashaganligi qayd etiladi. Boshqa bir tarixiy manbalarda milloddan avvalgi I asrdayoq Baktriya aholisi buddaviylik g’oyalari bilan tanish bo’lganligi va Kushon davlati tashkil topgan bir davrda bu hududda Hindistondan kelgan budda missionerlaridan iborat yirik buddaviylik koloniyalari mavjud bo’lganligi borasida fikrlar mavjud. Ular esa ommaviy xalq orasida buddaviylik ta’limotini keng targ’ib qilgan. (6, 152) Arxeologik topilmalar natijasida shu aniqlandiki, kushon hukmdorlari Kanishka va Xuvishka davrida zarb etilgan tangalarda Avesto ilohlari, Hind va Xorazm xalqi e’tiqod qiluvchi xudolar tasvirlangan bo’lsa, Vima Kadfiz va Vasudeva davridagi tangalarda hind ilohi Shiva tasviri tushirilganligi o’z tasqig’ini topdi. (7, 122) Arxeologik izlanishlar podsholik davrida zarb etilgan ba’zi tangalarning orqa tomonida zartushtiylik ilohi Mitra, otashparastlik ilohi Otash (olov ma’budi) ham tasvirlanganligini ko’rsatadi. Kushon podsholigi tarixiga oid yana bir manbalarda bu podsholik hukm surgan davr tangalarining oldi tarafida o’z dinlarining ilohlari, ikkinchi bir tarafida boshqa e’tiqodlarning ilohlari tushirilib, zarb etilganligi qayd etiladi. (8, 227) Ushbu topilmalar podsholikda diniy bag’rikenglik g’oyalari davlat siyosati darajasiga ko’tarilganligini, davlatdagi e’tiqodiy hayot kayfiyatini ifodalab beradi. Chunki, zarb etilgan tangalar davlatning milliy ramzi hisoblanib, unda davlatning orzu-istaklarri, maqsadlari tasvirlanadi. Xatto, davlat tangalarida yunon ilohlaridan Zevs va Gelios kabi ilohlar tasviri tushirilgan tangalar ham topilgan. Xorazm va Sug’dda mahalliy ta’limotlardan Siyovush e’tiqodi ham keng yoyilgan. (9,122) Buddaviylik ta’limoti O’rta Osiyo xalqi ma’naviyati va san’atiga ham munosib ijobiy ta’sir ko’rsatdi. Ta’limotning eng noyob yodgorliklari O’zbekistonning janubidan topilgan. Bu hudud esa milodning I-III asrlarida eng qudratli saltanatga aylangan Kushon podsholigi tasarrufida bo’lgan. Bu ta’limotning qadimiy manzilgohlariga (xususan Surhandaryoda) Qadimiy Termiz yorqin misol bo’la oladi. Shuningdek, Qoratepa, Fayoztepadagi yer osti va yer ustidagi ibodatxonalari, Zurmala stupasi, Ayritom, Dalvarzintepa, Zartepadagi buddaviylik ibodatxonalari ham buddaviylik ta’limotini madaniy hayotga ta’sirini namoyon etadi. Buddaviylik nafaqat diniy ishonch sifatida, balki, madaniyat va san’atning yorqin ko’rinishi sifatida ham namoyon bo’ldi. Qoratepadan topilgan o’nta yer osti va yer ustiga qurilgan ibodatxona majmualari va mahobatli monastir binolari ham bu ta’limotni xalqning madaniyati, san’ati bilan uyg’unlashganini ko’rsatadi. Ushbu yangi ta’limot O’rta Osiyo xalqlari hayotidan muhim o’rin oldi. Marosimlar va madaniyatda eng nozik, murakkab san’at asarlarini vujudga keltirishga xizmat qildi. Kushon san’ati shunisi bilan harakterliki, u hind, yunon, rim, shuningdek, baktriya madaniyatlarining qorishmasi mahsulidir. Mahalliy hukmdorlar o’z saroylarini haykallar bilan bezaganlar. Bu ta’limot haykaltaroshlik sohasini rivojiga o’zining munosib xissasini qo’shdi9

Yüklə 285 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin