Eski Termizdan 120 chaqirim shimoli-sharqda (hozirgi Sho’rchi tumanida) joylashgan. Dalvarzintepadan topilgan salkam 36 kg oltin xazina, ko’hna shaxmat donalari, hunarmand va kulollar uyi , allaqanday ibodatxonalar, dalvarzinliklar qabristoni - novus, 2 ta ajoyib budda inshooti bu shaharning bir vaqtlar Kushon saltanatining dastlabki poytaxt shahri bo’lganidan dalolatdir. Dalvarzinda budda ibodatxonasi birinchi marta 1967-yilda topilgan. Yodgorlikdan topilgan tangalar Kushon podshosi Kadfiz I(milodning 1-asri) davrida zarb qilingan. II asr Kushon podshosi Vasudeva kulohda o’zi tasvirlangan tanga zarb qildirgan. Dalvarzindagi ikkinchi ibodatxona shahar tashqarisidagi budda ibodatxonasiga nisbatan kattaroq. Bu erda 1983-yilda qazilmalar boshlangan. Topilgan yirik Budda va Badxisatva haykallarini Hindistonning shimoli-g’arbidagi Gandxara budda haykaltaroshligi maktabi buddaviy dini tarqalgan barcha hududlarda qabul qilingan an’analar asosida tayyorlangan.

Miloddan avvalgi II asrning ikkinchi yarmida Xitoy manbalarida ta’kidlanishicha Sharqiy Turkiston hududlarida yashovchi yuechji qabilalari (aslida massagetlar) o’z qo’shnisi xunlar tazyiqiga uchrab ularning siquviga bardosh berolmay g’arb tomonga siljiydilar.