Hatto zarb etilgan oltin va kumush tanga pullarda Budda xudosi bilan bir qatorda mahalliy xalqlar e'tiqod qo'yib kelgan xudolar - Anaxita, Mitra, Veretragna, Vaxsh va boshqalarning ham tasvirlari tushirilganligi bunga yorqin dalildir. Bu davrda zarb etilgan tangalar awalgidek yunon tilida emas, balki mahalliy kushon - baqtriy tilida chiqarilgani alohida e'tiborga loyiqdir. Bunday uzoqni ko'zlab oqilona yuritilgan siyosat Kushonlar davlatida turli aholi qavmlari, ijtimoiy guruhlari o'rtasida tinchlik, osoyishtalik va barqarorlikni ta'minlashga xizmat qilgan. Biroq Kanishkadan so'ng hokimiyatga kelgan Vasishka, Xuvishka, Vasudevalar davriga kelib Kushonlar davlati bir qator obyektiv va subyektiv sabablar tufayli asta-sekin inqirozga uchray boshlagan. Ayniqsa, III asr o'rtalariga kelib qo'shni davlat - Parfiya o'rnida yangidan vujudga kelib, tobora kuchaya borgan Eron sosoniylari hukmdorlarining to'xtovsiz olib borgan urush harakatlari natijasida Kushon davlati ziflashib, hududlari kichrayib bordi.