Kutubxonasi



Yüklə 1,14 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə115/318
tarix10.11.2022
ölçüsü1,14 Mb.
#68390
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   318
yulduzli tunlar

www.ziyouz.com kutubxonasi 
115
bo‘shashgan. U onasining va Abu Yusuf Arg‘unning gapiga kirib, qal’adan qo‘shinsiz 
chiqib kelgan edi. Bu yerda xonning behisob qo‘shinini ko‘rib, yuragi taka-puka bo‘lib 
ketdi. 
Shayboniyxon bilan avvaldan til biriktirib yurgan Abu Yusuf Arg‘un Sulton Ali mirzoni xon 
huzuriga avrab olib kelish uchun boya tushki ovqat paytida mirzoga yaxshi ko‘rgan 
maylaridan ancha ichirgan edi. Hozir Sulton Ali mirzo Shayboniyxonga tomon ta’zim 
bilan borayotganda oyoqlari gilamda qoqinib, gavdasi gandiraklab ketdi. Abu Yusuf 
Arg‘un suyab qolmaganda yiqilib tushardi. 
Shayboniyxon o‘rnidan turib, Mirzo bilan ko‘rishar ekan, xushbo‘y may hidi dimog‘iga 
urildi. U Mirzoning kayfi borligini darrov sezdi-yu, uni o‘g‘li Temur Sulton va kuyovi 
Jonibek Sultondan quyiroqqa o‘tqazishni yasovulga imo qilib buyurdi. 
Shayboniyxon boshiga qizil bo‘rk ustidan oq salla o‘ragan, ko‘k movutdan abo kiygan. 
Oltin tugmali abo tagidan kiygan yashil ko‘ylagi musulmon bayrog‘ining rangini eslatadi. 
Joynamoz ustida o‘ltirgani ham uni xudojo‘y bir odamga o‘xshatib ko‘rsatar edi. Buning 
hammasi Sulton Ali mirzoning vahimasini sal bosdi-yu, ammo quyidan joy ko‘rsatilgani 
uning izzat-nafsiga tegdi. Boshqa sultonlar Shayboniyxonning oldida cho‘kkalab 
o‘tirganda, Sulton Ali mirzo ataylab chordana qurib oldi. Shayboniyxonning o‘g‘li unga 
g‘ashi kelib qarab qo‘ydi. 
— Siz menga farzanddek yaqin bo‘lmoqchimisiz, Mirzo? — so‘radi Shayboniyxon 
muloyim tovush bilan. 
— Xon hazratlari ittifoq tuzish uchun chorlabdirlar... 
— Volidai muhtaramangiz kelmadilarmi? 
— Onam meni yubordilar. 
— Ammo o‘zlari ham kelmoqchi edilar. 
Ayol kishi, tortinurlar. 
— Odam yuboring, Mirzo, onangiz ham kelsinlar. 
Sulton Ali mirzo yonida cho‘kkalab o‘tirgan Abu Yusufbekka qaradi. Abu Yusuf Arg‘un 
darhol o‘rnidan turib, Shayboniyxonga ta’zim qildi: 
— Ijozat bering, xon hazratlari, men hozir borib Zuhra begimni aytib kelay. 
Bu nozik ishlarning hammasi Abu Yusuf Arg‘unning harakatlari bilan bitayotganini yaxshi 
biladigan Shayboniyxon yasovulga buyurdi: 
— Abu Yusufbekka mening eng chopqir otlarimdan birini in’om qiling! 
— Minnatdorman, hazratim! 
— Bek, qaytishda Xo‘ja Yahyoga ham xabar qiling. Sulton Ali mirzo kelgan joyga Xo‘ja 
kelmasa ora uzilur. 
Haq gapni aytdingiz, xon hazratlari! 
Abu Yusuf Arg‘un bu topshiriqni bajarish uchun ketgandan keyin Shayboniyxon o‘rnidan 
turdi-yu, sultonlariga qarab: 
— Mirzo bilan suhbatlashib o‘tiringlar, — dedi, o‘zi esa orqa eshikdan ayvonga chiqib, 
pastga tushib ketdi. 
Sulton Ali mirzo atrofidagi sultonlarning adovatli yuzlariga qarab, ular orasida yolg‘iz 
qolishga qo‘rqdi va o‘rnidan turib, yon eshikka qarab yo‘naldi. Shunda turkistonlik 
sultonlardan biri o‘rnidan sakrab turib, uning yo‘lini to‘sdi. 
— Amirzoda, buyruq bo‘di*, endi bizing yanimizdan ketmaysiz! 
Barvasta bir navkar qo‘lini xanjarining sopiga qo‘yib, eshikka ko‘ndalang bo‘lib oldi. 
Sulton Ali mirzo qopqonga tushganini endi sezdi-yu, kayfi birdan tarqab ketdi. Yuzi 
bo‘zdek bo‘lib, boyagi joyiga qaytib o‘tirdi. 
Oradan bir-ikki soat o‘tgandan keyin Zuhra begim ham to‘rtta kanizi bilan Bog‘i 
Maydonga kirib keldi. Uning boshida kelinchaklarni eslatuvchi oq harir ro‘mol, 


Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov 

Yüklə 1,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   318




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin