Kutubxonasi



Yüklə 1,14 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə196/318
tarix10.11.2022
ölçüsü1,14 Mb.
#68390
1   ...   192   193   194   195   196   197   198   199   ...   318
yulduzli tunlar

www.ziyouz.com kutubxonasi 
196
Darvozani qo‘riqlab turgan otliq mo‘g‘ul beklari qilich yalang‘ochlab, Boburga hamla 
qilishdi. Ulardan biri yaqin kelib qilich urganda Bobur o‘zini qalqoni bilan to‘sdi. So‘ng 
fitnachining bo‘yniga shunday qilich urdiki, egardan yerga uchirib, yumalatib yubordi. 
Yana ikkinchi, uchinchi... beshinchisini otidan qulatdi... 
Qilich yalang‘ochlab kelayotgan har bir dushman unga yuzma-yuz kelgan o‘lim timsoli 
bo‘lib ko‘rinardi. Yovni qilich bilan urib yiqitganda o‘ziga chang solayotgan o‘limni 
bartaraf qilganday yengil tortardi. 
Boburning o‘zi tig‘ bilan yovlarini urib, yiqitib kelayotganini eshitgan Muhammad Husayn 
dug‘lat hovliga chiqishga ham jur’at etolmadi. Xotinlarning ko‘rpa-to‘shak yig‘ib 
qo‘yiladigan xonasiga kirib, bo‘g‘jamaning ichiga yashirindi. 
Mehr Nigor xonim — Boburning xolasi edi. Bultur Qutlug‘ Nigor xonim olamdan 
o‘tgandan beri Bobur bu xolasini ona o‘rnida hurmat qilib yurardi. Boburning odamlari 
ichkarilarni axtarib, Muhammad Husaynni topib chiqqanlaricha Bobur shu xolasi oldida 
farzanddek ta’zim qilib ko‘rishdi. 
Toshkentda xon bo‘lgan marhum Mahmudxonning onasi Shohbegim ham shu qasrda 
ekan. Boburga o‘gay bo‘lsa ham, har qalay momo hisoblangan Shohbegim to‘satdan 
paydo bo‘lib qolgan Bobur oldida sarosima bo‘lib, duduqlanib biron so‘z ayta olmadi. 
Bobur uning ham hurmatini joyiga qo‘yib, ta’zimu tavoze bilan so‘rashdi. 
Ichkaridan ikki yigit qo‘ltig‘idan mahkam ushlab olib chiqqan Muhammad Husayn esa: 
— Menda ne ayb?! — deb peshgirlik qildi. 
— Sizda ayb bo‘lmasa nechun mendan qochib to‘shakxonaga bekindingiz? — so‘radi 
Bobur. 
— Qilich yalong‘ochlab kirganlardan qo‘rqdim, rost! 
— Ammo mening o‘rnimga Mirzoxonni podshoh ko‘targanda xudodan qo‘rqmadingizmi? 
Bir podshohga qarshi fitna uyushtirib, boshqa podshohni taxtga chiqarish — davlat 
to‘ntarishi ekanini bilmasmisiz? Bunday xiyonatlar uchun eng og‘ir jazolar berilishi, 
tanasi pora-pora qilinib, ming qiynoqlar ichida qatl etilishi sizga ma’lum emasmidi?! 
— Meni... mo‘g‘ul beklari yo‘ldan urdilar!.. Kechiring, amirzodam, kechiring — deb 
Muhammad Husayn ho‘ngrab yig‘lay boshladi va Boburning oyog‘i ostiga o‘zini tashladi. 
Soqoliga oq tushgan bu odamning O‘ratepadagi uyida Bobur ko‘p marta mehmon 
bo‘lgan, uning o‘g‘illari bilan birga o‘sgan edi. Ayniqsa, Muhammad Husaynning kichik 
o‘g‘li Haydar Mirzo Boburga juda mehribon, zehni o‘tkir, yetti-sakkiz yoshdayoq kitob 
o‘qib, she’r aytadigan zakovatli bola edi*. 
Mehr Nigor xonim ham, Shohbegim ham Muhammad Husaynning shu bolalarini o‘rtaga 
solib, Boburdan shafoat so‘radilar. Bobur Muhammad Husaynga nafrat bilan ko‘z tashlab 
dedi: 
— Mana shu onalaru begunoh bolalar hurmati... Men sizning qoningizdan kechdim... 
Ammo endi siz bilan oramiz uzildi... Ko‘chingizni olib, mening qalamrovimdan chiqib 
keting! Tamom! 
Bobur bu yerdan otlanib chiqqanda fitnachi qo‘shinlar Kobul qo‘rg‘onining atroflarini tark 
etib, tog‘larga qarab chekinmoqda edi. Qamal paytida qo‘rg‘onni ajdahoday o‘rab yotgan 
minglab mo‘g‘ul askarlari endi o‘z sardorlaridan ajralib, boshi kesilgan ilondek talvasa 
ichida go‘yo dumalab ketmoqda edi. 
Mirzoxonning ketidan yuborilgan quvg‘inchilar uni Qarg‘a Buloq degan joydan tutib olib, 
arkda devonxonada o‘ltirgan Boburning oldiga olib kirdilar. Yengil kiyingan Mirzoxon 
sovuqda diydirab ko‘karib ketgan. Boburga egilib ta’zim qilayotganda yerga gursillab 
yiqilib tushdi. Yigitlar uni o‘rnidan turg‘izdilar. Yig‘lab iltijo qildi: 
Meni afu eting, hazratim! Siz mening yagona podshohimsiz! 
— Ammo o‘zingizni ham podshoh deb e’lon qilibdilar-ku! 


Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov 

Yüklə 1,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   192   193   194   195   196   197   198   199   ...   318




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin