der Spalt tirqish, yoriq die Spalte tirqish, yoriq
der Sproß qochish; novda ,shox die Sprosse zina, zinapoya.
der Stapfen oyoq izi die Stapfe oyoq izi
der Tapfe oyoq izi die Tapfe oyoq izi
der Trupp olomon, to‘da, yig‘in die Truppe truppa (teatr yoki
tsirk artistlari to‘dasi); harbiy qism
3.8 Otlarda son kategoriyasi
( Die Zahlkategorie der Substantive )
Son kategoriyasi nemis tilida otlar uchun harakterli grammatik kategoriyalardan biri hisoblanadi. Otlar birgalik va ko‘plik formasida qo‘llanadi:Student (der Student) – birlik, studentlar (die Studenten) – ko‘plik.
Nemis tilida har qanday otlar ham birlik va ko‘plik formalarda qo‘llanish xususiyatiga ega bo‘lavermaydi. Ayrim otlar faqat birlikda qo‘llansa sigularia tantum, ba’zilar faqat ko‘plikda qo‘llansa pluralia tantum terminlari bilan yuritiladi.
Faqat sanalishi mumkin bo‘lgan tushunchani ifoda etadigan otlargina ikki songa, ya’ni birlik (der Singular, die Einzahl) va ko‘plik (der Plural, die Mehrzahl) songa ega. Qiyoslang: der Garten – die Gärten, das Buch – die Bücher, die Frau – die Frauen. Lekin Liebe, Freude otlari mavhum tushunchani ifoda etganligi sababli ko‘plik formasiga ega emas.
Birlikda asosan quyidagi otlar ishlatiladi:
1) sanalmay butunning qismi ma’nosini anglatadigan turdosh otlar: Gold, Eisen, Sand, Wolle, Brot, Fleisch, Butter kabi;
2) jamlovchilik ma’nosini ifoda etadigan otlar: Bürgertum, Menschheit, Publikum, Obst, Vieh (ammo: Heer Heere)
3) ob – havoga oid ma’noni anglatadigan otlar: Sonnenschein, Regen, Schnee, Wärme,Kälte;
4) gavda (odamning) a’zolarining nomlari ham ko‘pincha birlikda ifoda etiladi: Leber, Milz, Mund, Kinn, Stirn;
5) abstrakt ma’noni ifoda etadigan otlar: Leibe, Treue, Durst, Kälte, Wärme, Ammo: die Schönheit, die Schönheiten.
Otlarning quyidagi turlari faqat ko‘plikda (Pluralia tantum) qo‘llanadi:
1) odam nomlarini ifodalab, jamlovchilik ma’nosini ifoda etadigan otlar: die Eltern, die Geschwister, die Gebrüder;
2) biror narsaning yig‘imi to‘plami ma’nosini anglatadigan otlar:die Ferien;
3) ba’zi bir geografik nomlar: die Alpen, die Karpaten;
4) cherkovda bo‘ladigan bayramlar va urf odatlarni bildiradigan ba’zi otlar: die Ostern, die Weihnachten, die Fasten;
5) ba’zi bir kasallik ma’nosini anglatadigan otlar: die Masern, die Pocken;
Nemis tili gramatikasiga oid adabiyotda otlarning birlik va ko‘plik berilishi va talqin etilishi bir xil emas; E.I.Shendels otlarning birlikda qo‘llanishini uch turga, ko‘plikda esa to‘rt turga bo‘lib ko‘rsatadi; K. Duden otlarning birlikda qo‘llanishini yetti turga, ko‘plikda qo‘llanishini to‘rt turga bo‘lgan, V. Yung otlarning birlikda qo‘llanishini to‘qqiz turga ko‘plikda qo‘llanishini o‘n turga bo‘lib ko‘rsatgan.¹
Biz otlarning birlikda va ko‘plikda qo‘llanadigan muhim turlarini ko‘rsatdik. Demak, otlar birlik (der Singular) va ko‘plik (der Plural) formalariga ega. Ko‘pchilik otlar birlik va ko‘plik formalariga ega bo‘lsada, biroq ulardan ba’zilari faqat birlikda, ayrimlari esa faqat ko‘plikda qo‘llanadi.Mavhum otlar,donalab sanab bo‘lmaydigan otlar asosan birlikda qo‘llanadi.
Dostları ilə paylaş: |