Kuvanova Shahnoza Omonovna nemis tili fanidan mukammal qo‘llanma



Yüklə 1,22 Mb.
səhifə208/533
tarix27.11.2022
ölçüsü1,22 Mb.
#70846
1   ...   204   205   206   207   208   209   210   211   ...   533
Quvonova Word

28.1 Ravishlarning yasalishi
(Bildung der Adverbien )
Ravishlar nemis tilida ikki usul bilan yasaladi: 1.Affiksatsiya usuli (morfologik usul) (Die Methode der Affigierung). 2. Kompozitsiya usuli (sintaktik usul) (Die Methode der Komposition).
1.Affiksatsiya usuli (morfologik usul). Nemis tilida ravishlar quyidagi suffikslar va yarim suffikslar yordamida yasaladi:
-s suffiksi ko‘pincha ravishlarda uchraydi, chunki ularning ko‘pi turg‘un holatga kelib qolgan Genetiv kelishigidan iborat, masalan: tags, abeds, rechts, morgens. Bu affiks predlogli gruppa va so‘z birikmalariga qo‘shilib, barqaror so‘z birikmalari hosil qiladi: unterwegs, abseits, diesseits, jensseits, allerdings, schlechterdings.
-lings suffiksli ravishlarning soni hozirgi nemis tilida ko‘p emas: blindlings, rücklings, jährlings.
- wärts suffiksi taraf, tomon ma’nosini anglatadigan ravishlarning yasalishida qo‘llanadi: aufwärts,rückwärts, seitwärts, südwärts.
-lich suffiksi ot, sifat va fe’llarga qo‘shilib ravishlar yasaydi: menschlich, bildlich, gesellschaftlich(otga); schwerlich, bläulich, blutähnlich (sifatga); ausschließlich, bräuchlich (fe’lga).
- sam suffiksi ham ot, sifat va fe’llarga qo‘shilib ravishlar yasaydi:gehorsam, (otga),gleichsam (sifatga),unaufhaltsam, behutsam (fe’lga).
-weise yarim suffiksi yordami bilan yasalgan ravishlar holat ma’nosini anglatadi.
- maßen yarim suffiksi –weise yarim suffiksiga sinonim bo‘lib stilistik qo‘llanishi jihatdan undan farq qiladi.
-maßen yarim suffiksi bilan yasaluvchi ravishlar ko‘proq jonli til va ilmiy prozalarga xos: gewissermaßen, folgendermaßen.
-dings yarim suffiksi holat ravishini yasaydi:schlechterdings, neuerdings, allerdings.
-seits yarim suffiksi tarafning kelib chiqish nuqtasi ma’nosini anglatadi:meinerseits, deinerseits,fremderseits.

Yüklə 1,22 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   204   205   206   207   208   209   210   211   ...   533




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin