-wegen yarim suffiksi ham ko‘proq olmoshlarga qo‘shilib ravishlar yasaydi: meinetwegen, deswegen, weswegen. -willen yarim suffiksi ham ko‘proq olmoshlarga qo‘shilib ravishlar yasaydi: meinetwillen,deinetwillen, ihretwillen. -halben, -willen, va –wegen yarim suffikslari ot va olmoshlarga qo‘shilib, sabab yoki maqsad ravishlarini yasaydi: meinethalben, deinetwegen. Nemis tilida yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan ravish yasaydigan suffikslardan boshqa –allzu murakkab yarim prefiks: -ens, -halb, -lei, -erlei, -st suffikslari; -halber, -mal, -mals, -weg yarim suffikslari va höchst – yarim prefiksi yordamida ham ravishlar yasaladi: vielmal, wenigstens, bestens v.b.
2. Kompozitsiya usuli(sintaktik usul). So‘zlarning o‘zaro qo‘shilishi natijasida qo‘shma ravishlar yasash kompozitsiya usulida amalga oshiriladi.Nemis tilida kompozitsiya usuli bilan ravishlarning yasalishi quyidagicha:
1. ikki qadimgi ravishlar (yoki predloglar - ravishlar) ning qo‘shilishidan, masalan: dennoch, alsbald, durchaus, jedoch, alsdann, dorther, da(r)-, wo(r)-,hin-, her- ravishlarning predloglar – ravishlar (olmosh ravishlari) bilan qo‘shilishidan ham ravishlar yasaladi: darauf, damit, worauf, herüber, heraus, hinüber, hinaus. 2. qadimgi ravishlar (bislang, vorgestern, übermorgen, jahraus, jahrein) ning boshqa turkumga oid so‘zlar bilan qo‘shilishidan yoki otning sifat, olmosh va son bilan qo‘shilishidan qo‘shma ravishlar yasaladi: jederzeit, derweilen, allerorten;deinetwillen, meinetwillem. Nemis tilining qadimgi davrida ravish hisoblanib, hozirgi davrga kelib predlogga ko‘chib, turg‘un holatga kelgan predlogli ravishlar deb ataladigan ravishlar qo‘shma ravishlarning maxsus gruppasini tashkil qiladi. Ular zuteil, zuhause, seitdem, insbesondere ravishlaridan iborat.