Kuvanova Shahnoza Omonovna nemis tili fanidan mukammal qo‘llanma



Yüklə 1,22 Mb.
səhifə211/533
tarix27.11.2022
ölçüsü1,22 Mb.
#70846
1   ...   207   208   209   210   211   212   213   214   ...   533
Quvonova Word

28.4 Payt ravishi
(Das Adverb der Zeit)

Payt ravishi ish harakatning paytini bildirib,wann? (qachon?), wie lange? (qancha vaqt ?), seit wann ? (qachondan beri ?), bis wann? (qachongacha?) kabi so‘roqlarga javob bo‘ladi.,masalan:


Seit gestern (seit wann?) ist unser Lehrer krank.
Kechadan beri (qachondan beri?) o‘qituvchimiz kasal.
Payt ravishiga dann(keyin),damals (o‘sha vaqtda?),einmal (bir kuni,bir vaqtda),heute (bugun),gestern(kecha),vorgestern(kechadan oldingi kun),morgen (ertaga), morgens(ertalab),schon(allaqachon),oft (tez-tez),immer(har doim),selten(goh-goh),anfangs(boshida),nachts(tun),erst(faqat), abends (kechqurun),jetzt(hozir),bald(tezda),früh(erta,barvaqt),spät(kech),lange(uzoq vaqt), tagelang (kun bo‘yi),seit(..-dan beri),bis(..-gacha), unlängst, stets,einst, neulich, täglich,jährlich, va boshqalar kiradi.
Payt ravishi payt holi vazifasida keladi. Masalan:
Komm bald wieder.Bald getan – ist wohl getan.Das habe ich schon immer gesagt. Er ist immer nicht zu Hause.
28.5 Maqsad ravishi
( Das Adverb des Zieles )

Maqsad ravishi ish-harakatning bajarilish maqsadini bildirib, wozu? zu welchem Zweck?(nima maqsadda? Qanday niyatda?) so‘roqlariga javob bo‘ladi,masalan:


Er denkt, sie nimmt ihn seinetwegen(wozu?).
U uni uni deb oldi, o‘yladi u.
Maqsad ravishiga meinetwegen(mening uchun), deinetwegen (sening uchun),seinetwegen (uning uchun, uni deb),ihretwegen (sizni deb,siz tufayli(ayol),dazu, meinetwillen, deinetwillen,seinethalben,
kabilar kiradi.Maqsad ravishi gapda maqsad holi bo‘lib keladi :
Die Mutter hielt für Kinder dazu an, untereinander abwechselnd
russisch, deutsch und französisch zu sprechen.

28.6 Holat ravishi
( Das Adverb der Art und Weise)

Holat ravishi ish-harakatning qanday holatda va usulda bajarilishini bildirib,wie(qanday?) va auf welche Weise?(qay tarzda?) so‘roqlariga javob bo‘ladi, masalan:


Er antwortet immer gut (wie?).
U hamma vaqt yaxshi (qanday?) javob beradi.
Holat ravishi gapda ravish holi vazifasida keladi. Nemis tilida holat ravishi ko‘pincha ot va sifatdoshlar bilan aloqadordir. –weise va –lings suffikslari yordami bilan tusilgan yasama ravishlar otlar bilan aloqadordir.Holat ravishlariga gern (ko‘ngilli),schnell(tez), langsam(sekin), viel(ko‘p), sehr(juda), zusammen(birga),paarweise (juft bo‘lib),tropfenweise(tomchilab),
gewöhnlich (odatda),schön(chiroyli),schlecht(yomon), richtig(to‘g‘ri), falsch(xato),rasch(tez),leise(sekin),ausgezeichnet(a’lo),fleiβig(tirishqoq),still(osoyishta),ruhig(xotirjam),rittlings, probeweise,teilweise, stoßweise,blindlings, rücklings va boshqalar kiradi.
Das Mädchen ging langsam weiter.
Der Junge ging rasch aus dem Zimmer.
Die Studenten unterhielten sich leise.
Nemis tilida sifatdosh I va II ko‘pincha holat ravishi vazifasini bajarib keladi: lachend, singend, geschweigen, gelesen.

Yüklə 1,22 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   207   208   209   210   211   212   213   214   ...   533




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin