Kuvanova Shahnoza Omonovna nemis tili fanidan mukammal qo‘llanma



Yüklə 1,22 Mb.
səhifə213/533
tarix27.11.2022
ölçüsü1,22 Mb.
#70846
1   ...   209   210   211   212   213   214   215   216   ...   533
Quvonova Word

Shu sababdan (nima sababdan?) u kelishi shart.
Sabab ravishiga darum, deshalb, deswegen,dazu (shuning uchun,shu sababli),daher kabilar kiradi.
28.9 So‘roq ravishlari
(Frageadverbien)

So‘roq ravishlariga wo,warum,wann,wie,wodurch,wozu kabi so‘zlar kiradi.Ular o‘rin-joy,payt,sabab kabi ma’nolarga nisbatan bo‘lgan munosabatni ifoda etadi.Ergash gapda ular so‘roq so‘zlar yoki yetakchi so‘zlar sifatida qo‘llanadi,masalan:


Ich weiß,warum er das getan hat.
Nima uchun u buni qilganini men bilaman.
Ich sehe, wie er den Kopf dreht.
U boshini qanday burganini men ko‘rdim.

28.10 Ravishlarning darajalari
( Die Steigerungsstufe der Adverbien)

Ayrim ravishlar, sifatlar kabi,darajaga ega bo‘lib bu asosan holat ravishlariga xosdir. Ravish darajalari ham sifat darajalaridek ish harakat belgisining ortiq yoki kamligini bildiradi va sifat darajalaridek qiyosiy darajada –er suffiksini qo‘shish , orttirma darajada –(e) sten suffiksini qo‘shish bilan yasaladi.Orttirma darajada ravish oldidan am yuklamasi ishlatiladi.


Oddiy daraja Qiyosiy daraja Orttirma daraja
schnell (tez) schneller (tezroq) am schnellsten (juda tez)
kalt (sovuq) kälter (sovuqroq) am kältesten (juda sovuq)
schön (chiroyli) schöner (chiroyliroq) am schönsten (juda chiroyli)

Orttirma darajada bir belgi ikkinchi bir belgi bilan qiyos qilinganda , odatda am yuklamasi, qiyos qilinmaganda esa aufs yuklamasi qo‘llanadi. Biroq aufs qo‘llanganda –esten o‘rniga –(e) ste keladi:


am schnellsten aufs schnellste
am kältesten aufs kälteste
am schönsten aufs schönste
Ayrim ravishlar orttirma darajada yuklamasiz ham qo‘llanadi: meist, höchst, möglichst, wenigstens, mindestens, strengstens, spätestens.
Quyidagi ravishlarning daraja shakllari suppletiv yo‘l bilan yasaladi:


Yüklə 1,22 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   209   210   211   212   213   214   215   216   ...   533




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin