Uchinchi guruh likvid mablag‘lariga tez sotiladigan tovarmoddiy qimmatliklarining zaxiralari bo‘yicha talablari kiradi:
ishlab-chiqarish zaxiralari va kelgusi davr xarajatlari (120-q);
tugallanmagan ishlab chiqarish (130-q);
tayyor mahsulot (140-q);
tovarlar (150-q);
boshqa zaxiralar va xarajatlar.
Qisqa muddatli majburiyatlarni aniqlashda:
a) o‘zgartirishlar kiritmasdan quyidagi ko‘rsatkichlar olinadi:
qisqa muddatli qarzlar (420-q);
qisqa muddatli kreditlar (430-q);
buyurtmachilardan tushgan avanslar (440-q).
Kreditorlar:
mol yetkazib beruvchilar oldidagi qarzlar (450-q);
budjetga qarzlar (460-q);
ish haqi bo‘yicha qarzlar (470-q);
ijtimoiy sug‘urta va ta’minot bo‘yicha qarz (480-q);
mulk va shaxsiy sug‘urtalash bo‘yicha qarz (490-q);
budjetdan tashqari to‘lovlar bo‘yicha qarz (500-q);
sho‘ba korxonalar bo‘yicha qarzlar (510-q);– uyushma korxonalar bo‘yicha qarzlar (520-q); – boshqa kreditorlar (530-q).
b) o‘zgartirishlar kiritilib quyidagi ko‘rsatkichlar olinadi (yaqin uch oy muddatga):
– uzoq muddatli qarzlar (400-q); – uzoq muddatli kreditlar (410-q).
Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda pul mablag‘lari =170+180+190 balans qatorlari.
Tez sotiladigan talablar =200+220+230+240+250+260+270 + +280+290 balans qatorlari.
Tez sotiladigan zaxiralar =120+140+150 balans qatorlari.
Qisqa muddatli majburiyatlar = 420+430+440+450+460 + 470 + + 480 + 490 + 500 + 510 + 530 + (400 + 410 o‘zgartirishlar bilan) ba lans qatorlari.
Uchinchi guruh likvid mablaglarini tahlil qilganda, tovar-moddiy boyliklarning haqiqatda ishlab chiqarish uchun za rurligi ga e’tibor berish lozim. Kreditga layoqatlilik ko‘rsatk ichlarini hisobga olganda aylanma aktivlar tarkibiga:
qiyin sotiladigan tovarlar va boshqalar qo‘shilmasligi kerak.
Agar mijozning likvid aktivlari uning qisqa muddatli majburiyatlaridan ikki barobar va undan ortiq, bo‘lsa, mijoz moliyaviy jihatdan barqaror hisoblanadi.