4. Kreditga layoqatlilikni baholashning qo‘shimcha ko‘rsatkichlari Yuqorida ta’kidlaganimizdek, mijozning moliyaviy holatini baholashda aniq bir xulosaga kelish uchun kreditga layoqatlilikn ing asosiy ko‘rsatkichlariga qo‘shimcha sifatida kreditga layoqatlilikning qo‘shimcha ko‘rsatkichlari tah lil qilinadi. Korxona kreditga layoqatliligining qo‘shimcha ko‘rsatkichlari asosan mijozning aylanma aktivlari holatini yanada chuqurroq tahlil qilishni ko‘zda tutadi. Ma’lumki, qisqa muddatli kreditlar xo‘jalik subyektlarining aylanma aktivlariga beriladi. Shuning uchun mijozning kreditni o‘z vaqtida bankka qaytara olish qobiliyati ham uning aylanma aktivlaridan foydalanishidagi samaradorlik darajasiga qarab belgilanadi. Xo‘jalik subyektlari aylanma aktivlardan qanchalik samarali foydalanayotgan bo‘lsa va aylanma aktivlarning aylanish tezligi qanchalik yuqori bo‘lsa, kreditdan foydalanish samarasi va uni o‘z vaqtida bankka to‘lash imkoniyati ham shunchalik yuqori bo‘lishi mumkin. Biz aylanma mablag‘larning samaradorlik ko‘rsatkichlari to‘g‘risida oldingi paragrafl arimizda kengroq to‘xtalgan edik. Shu bois biz qisqacha bo‘lsa-da kreditga layoqatlilikning qo‘shimcha ko‘rsatkichlarini keltirib o‘tmoqchimiz. Bu ko‘rsatkichlardan biri aylanma aktivlarning aylanish koeffi tsiyenti hisoblanadi.
Aylanma aktivlar aylanishiga qancha kam kun ketsa, korxonaning foyda olishi, binobarin kreditni bankka to‘lashi shuncha tez amalga oshiriladi.
Bu yerda aylanma aktivlarning o‘rtacha qoldig‘i, o‘rtacha xronologik usulda aniqlanadi. Mijozning moliyaiviy ahvolini xarakterlovchi yana bir muhim ko‘rsatkich – bu ularning o‘z aylanma mablag‘larining haqiqiy mavjudligini tasdiqlovchi ko‘rsatkich hisoblanadi.
O‘z aylanma mablag‘larining mavjudligi ko‘rsatkichi (O‘AyMM) quyidagicha aniqlanadi:
O‘AyMM = o‘z mablag‘lari manbalari – uzoq muddatli aktivlar (110–330-balans qatorlari) qoplanmagan zararlar.
Agar korxonaning asosiy aktivlari o‘z mablag‘lari manbalaridan yuqori bo‘lsa, u holda korxona balansi nolikvid ekanligini ko‘rsatadi. Nolikvid balansga ega bo‘lgan korxonalar bank kreditlaridan foydalanish huquqidan mahrumdirlar.
Korxonalarga kredit berishda uning kreditga layoqatliligini baholashda quyidagi jadvalda keltirilgan ko‘rsatkichlar hisob-kitob qilinishi lozim.