2. Mijozning kreditga layoqatliligini baholash manbalari Kredit mexanizmi xo‘jalik mexanizmining tarkibiy qismi bo‘lib, o‘z ichiga kreditlash shartlarini, usullarini va kreditni boshqarish tamoyillarini oladi. Kredit mexanizmi yordamida bank tizimining kredit siyosati amalga oshiriladi.
Kreditlash jarayonini tashkil qilish kredit buyur tmasini ko‘rib chiqishdan boshlanadi. Amaliyotda kred it buyurtmal arini ko‘rishda har bir mijozga chuqur diqqatlilik bilan munosabatda bo‘lish, har bir bank xodimining faol iyat ko‘rsatish qoidalarining ajralmas qismi bo‘lishi kerak. Odatda o‘z mi jozlariga diqqat bilan muomala qilmaydigan xodimlari bo‘lgan bankning, bizn ing fi krimizcha, kelajagi bo‘lmaydi. Bizning banklarimiz bilan mijozl ar o‘rtasidagi iqtisodiy munosabatlarning aksariyat jihatlari bizga ma’lum bo‘lganligi bois biz amaliyotimizda bank bilan mijoz o‘rtasida mavjud kredit munosabatlarga to‘xtalmasdan, jahon amaliyotida kredit jarayonining tashkil qilinish asoslariga qisqacha to‘xtalamiz. Jahon amaliyotida kreditlash jarayonini tashkil qilishda bank xodimi mijozlarga kreditlash shartlari haqida ma’lumot beradi va bankning anketa savollariga javob be rishni taklif qiladi. Chet el banklarida mijozlar bilan bo‘lgan birinchi va undan keyingi uchrashuvlar natijasi hisobotlarda umumlashtiriladi. Bu hisobotlar ma’lum miqdorda savollarning standart yig‘imini o‘z ichiga oladi. Bunday hisobotga mijozning bankka har tashrifi dan so‘ng o‘zgartirish kiritiladi va yangi ma’lumot bilan to‘ldiriladi. Bu hisobotlar kredit inspektoriga kelgusi mijoz to‘g‘risida uchrashuvlari oldidan kerakli ma’lumotlarni beradi. Kelgusi mijoz kredit inspektori bilan bo‘ladigan uchrashuvga olinadigan ssuda, uning ishlatilish maqsadi, summasi, qaytarilish muddati va taqdim qilingan ta’minotini o‘z ichiga olgan kred it buyurtmasi bilan keladi.
Ko‘pgina davlatlarda nufuzli banklar kredit buyurtmasi bilan birga bir necha hujjatlarni ko‘rib chiqadi, bular:
qarz oluvchi kompaniya (korxona) ta’sis hujjatlarining notarial tasdiqlangan nusxasi;
moliyaviy hisobot, korxona balansi va oxirgi uch yil uchun foyda va zarar hisobotini o‘z ichiga oladi. Balans yil oxirigacha tuzil ib, unda aktivlar, majburiyatlar va kapital tuz ilmasi ko‘rsatiladi. Foyda va zarar schoti bir yillik vaqtni o‘z ichiga oladi va kompaniya daromadi va xarajatlari, sof daromadi, uning rezervga taqsim lanishi va chegirmalar, divi dend to‘lovlari va hokazolar to‘g‘risida batafsil ma’lumot beriladi;
kassa tushumlari va harakati to‘g‘risida hisobot. U ikki hisobot muddatida tuzilgan balanslarning solishtirilis higa asoslang an bo‘lib har xil bo‘limlar va fondlar harakatida bo‘ladigan o‘zgarishlarni ko‘rishga yordam beradi. Hisobot resurslari yetishmovchiligi, ishlatilishi, foizlar uchun mablag‘lar bo‘shash vaqti va kassa tus humlari yetishmovchiligining yuzaga kelishi va hokazon ing umumiy holatini ko‘rishga yordam beradi;
ichki moliya hisoboti. Bu hisobot kompaniya moliyaviy holati, 1 yil, kvartal yoki oy davomida resurslarga bo‘lgan ehtiyojining o‘zgarishlarini aks ettiradi;
ichki operativ hisob bo‘yicha ma’lumotlar, balans tuz ish uchun ko‘p vaqtni talab qiladi. Lekin kreditor bankka qarz oluvchi kompaniya to‘g‘risida ba’zi bir operativ hisobot ma’lumotlari ke rak bo‘lib qolishi mumkin;
moliyalashtirish prognozi. Bu hisobot kelgusi sotuvni baholash, xarajat, tovarni ishlab chiqarish bilan bog‘liq xarajatlar, de bitor qarzdorlik, zaxiralar qaytarilishi, naqd pulga ehtiyoj, kapital qo‘yilma va hokazolarni o‘z ichiga oladi;
soliq deklaratsiyasi – eng kerakli qo‘shimcha axborot. Unda qarz oluvchi soliq to‘lovchi sifatida boshqa hujjatlarga kiritilmagan axborotlar bo‘lishi mumkin;
biznes-plan. Ko‘pgina kredit buyurtmalari hali moliya hisoboti va boshqa hujjatlarga ega bo‘lmagan, ishni endi boshlayotgan korxonalarni moliyalashtirish bilan bog‘liq. Bunday paytda qarz oluvchi kompaniya bankka kreditlanadigan loyiha maqsadi va uni amalga oshirish usullari haqida ma’lumotlarni o‘z ichiga oluvchi batafsil biznes-planni taqdim etishi kerak.