64
talabning oshishi esa, ishlab chiqarishning kengaytirilishini taqozo etadi va Yangi
investitsiyalarga bo‘lgan talab kelib chiqadi (Yangi investitsiyalarni ko‘payishi –
asosiy maqsad).
Yangi keynschilar iqtisodiyotni bilvosita va bevosita tartiblash chora-tadbirlarini
ishlab chiqdilar. Bilvosita ta’sir o‘tqazish usuliga soliq siyosati,
byudjet orqali
moliyalashtirish, kredit siyosati va b. kiritdilar.
Ularning naza-riyasi (modeli) iqtisodiyotning doim (mo‘’tadil) sur’atlarda o‘sishi
dinamik barqarorlik (ilgarilab borish)ning asosiy sharti sifatida maqsadga muvofiq
ekanligining umumiy xu-losalarini birlashtiradi. Ularning fikricha, shundagina ishlab
chiqarish quvvatlari va mehnat resurslaridan to‘la foydalanishga erishish mumkin.
Harrod- Domar modelining boshqa bir qoidasi bo‘yicha ayrim parametrlar,
chunonchi daromadlar-dagi jamg‘arma hissasi va kapital quyilmalarning o‘rtacha sa-
maradorligi uzoq davr mobaynida doim deb tan olinishi hisoblanadi. Mualliflar
dinomik barqarorlik va doimiy o‘sishga erishish avtomatik ravishda bo‘lmasligi,
balki davlat-ning shunga
muvofiq siyosati natijasida, ya’ni davlatning iqtisodiyotga
faol ishtiroki tufayli ro‘y berish mumkinli-gini ta’kidlaydilar.
Domar va Harrod modellaridagi farq-boshlang‘ich pozitsiya-lardagi ayrim
ko‘rsatkichlardir. Masalan, Harrod medelida in-vestitsiya va jamg‘armalar tengligi
g‘oyasi, Domarda esa pul daro-madlari (talab) va ishlab chiqarish quvvatlari (taklif)
teng deb qabul qilinadi. Ikkala olim shunga ishonchlari komilki, daro-mad o‘sishini
ta’minlashda
investitsiyalar roli, ishlab chiqarish quvvatlarining oshirilishi faoldir,
bunda shu narsa ko‘zda tu-tiladiki, o‘sshi bandlikka yordam beradi, bu esa o‘z
yo‘lida, kor-xonalarning yarim quvvat bilan ishlashi va ishsizlikning oldi-ni oladi. Bu
Keynsning shu sohadagi konsepsiyasini so‘zsiz tan olishdir; chunki Keyns bo‘yicha,
iqgisodiy jarayonlar investitsiya va jamg‘armalar orasidagi
proporsiyalar xususiyati
hamda dina-mikasiga bog‘liq, aniqroq aytilsa investitsiyalarning ildam o‘sishi,
baholar darajasi o‘sishiga sabab bo‘ladi, jamg‘armalar o‘sishi esa korxonalarning
to‘la ishlamasligi va ishsizlikning sababidir.
Dostları ilə paylaş: