70
Absolyut elastik valyuta kursida almashuv kursi valyuta bozoridagi teng kuchli
valyuta bahosida belgilanadi, cheklangan kurs chog‘ida esa valyuta kursi Markaziy
bank tomonidan belgilanadi, bunda bank belgilangan kurs buyicha xorijiy valyutani
harqancha miqdorda olish va sotish majburiyatini o‘ziga oladi.
Valyutaning elastik kurs miqdori uch omilga bog‘liq.
1. Ichki va tashqi narxlar darajasi. Boshqa sharoitlar teng bo‘lganda ichki baholarning
o‘sishi valyuta kursining pasayishiga olib keladi (harid qilish qobiliyati pariteti
nazariyasi);
2. Savdo oqimi bilan bog‘liq omillar; masalan, eksport bozorining kamayishi yoki
yuqotilishi, defitsit, ya’ni valyuta arzonlashuvini keltirib chiqarish.
3. Kapital oqib o‘tishi. Mamlakat ichida faiz stavkalarining oshishi kapitalni jalb
etadi va bu bilan milliy valyutaning qimmatlashuvini keltirib chiqaradi.
Dostları ilə paylaş: