L. N. Xalikova, U. R. Mavlonova


To‘rtinchi gurux uchun tarqatma material



Yüklə 1,33 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə108/135
tarix22.09.2023
ölçüsü1,33 Mb.
#147186
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   135
Kitob 8491 uzsmart.uz

To‘rtinchi gurux uchun tarqatma material.
Tarixiy maktab g‘oyalarini Karl 
Knis (1821-1892) jon-jahdi bilan o‘rgandi. 1853 yilda uning «Tarixiy usul nuqtai 
nazaridan siyosiy iqtisod» kitobi bosilib chiqdi. Bu kitobda u mazkur maktabning 
qarashlarini himoya etish va muntazamlashti-rishga harakat qildi. K.Knis alohida 
iqgisodiy qonunlar yo‘q, faqat doimo va hamma joyda amal qiladigan tabiiy qonunlar 
bor deb da’vo qildi. Shunga asoslanib u xususiy mulkchilik va kapitalizmning 
abadiyligi to‘g‘risida. xulosa chiqardi. 
Knis siyosiy iqtisodni tarixiy usul poziqiyalarida turib tez qayta qurish 
mumkinligini asoslamoqchi bo‘ldi. Uning fikricha, siyosiy iqgisod faqat iqtisodiy 
hodisalarni tasvirlab berishi mumkin, u nazariy umumlashmalarni berishga qodir 
emas. Knis iqgisodiy hodisalarni bilib olish hodisalari deb statistika va tarixiy 
bayonni tan oldi. U iqgisodiy siyosatga katga ahamiyat berdi. Bu siyosatni amalga 
oshirish uchun turli xalqlarning iqgisodiy turmushiga oid kuzatuvlardan olingan aniq-
ravshan shart-sharoitlarni bilish zarurligini uqgirdi. Knis millat turmushining 
iqgisodiy sharoitlari uchun shaxs, jamiyat va davlatning mas’uliyatini qorishma 
tarzda birlashtirmoqchi bo‘ldi, pulni talqin etishda metallchilar konsepsiyasi 
pozitsiyasida qoldi. 
Beshinchi gurux uchun tarqatma material.
1848 yilda Bruno Gildebrand 
(1812-1878) «Hozirgi zamon va kelajakning siyosiy iqtisodi» kitobini e’lon qildi. Bu 
kitobda u F.Engelsning «Angliyada ishchilar sinfining ahvoli» asariga qarshi chiqqi. 
B.Gildebrand kapitalizm ishchilar sinfining ahvolini yaxshilaydi va bu tuzumga 
qarshi kurashdan ma’no yo‘q, deb hisoblaydi. B.Gildebrand iktisodiy hodisalarni 
tadqiq qilishning o‘z tarixiy usulini ilgari surdi, bu usul jamiyat tizimining iqgisodiy 
qonunlarini taxlil etishga statistika va tarixiy ma’lumotlarni yuzaki tarzda to‘plashni 
qarama-qarshi qo‘ydi. U qiymatni foydalilikdan iborat deb biddi va xususiy 
mulkchilikning himoyachisi bo‘lib maydonga chiqqi. Xususiy mulk-chilikni har 
qanday ta’na qilishni tarixiy qrnuniyatlarni halokatli ravishda buzish deb ta’rifladi. 
B.Gildebrand taklif etgan insoniyat taraqqiyotining tizimi natura, pul va kredit 
xo‘jaligini o‘z ichiga oladi. U ay-irboshlash konqepqiyasiga asoslanib ish tutadi va 
ishlab chiqarish vositalarining bu xususiyatini tan olmaydi, holbuki uning xususiyati 
iqtisodiy formaqiyaning ijtimoiy tabiati-ni va jamiyatning sinfiy tuzilishini xizmatini 
tashkil qildi. 1861 yilda B.Gildebrand Germaniyaga qaytib, hayotining oxirigacha 
Yen universitetida faoliyat ko‘rsatdi. U o‘z asarlarining maqsadi qilib millat
xo‘jalik rivojlanishi qonunlarini o‘rganishga e’tiborni qaragdi, turli xalqlar iqtisodiy 
tarixini o‘rganishda taqqoslash usulini qo‘llash zarurligini ko‘rsatdi. 

Yüklə 1,33 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   135




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin