L. N. Xalikova, U. R. Mavlonova



Yüklə 1,33 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə49/135
tarix22.09.2023
ölçüsü1,33 Mb.
#147186
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   135
Kitob 8491 uzsmart.uz

Avstriya maktabi.
XIX asrning 70-yillarida G‘arb siyosiy iqtisodining nufuzli 
maktablaridan biri Avstriya maktabi (avstraliyalik omillar nomidan) vujudga keldi. 
Avstriya maktabini sub’ektiv-psixologik maktab ham deb ataydilar, uning 
mafkurachilari qo‘llagan usul munosabati bilan unga mana shunday nom berilgan. 
70-yillarda Avstriya maktabining asoschisi Karl Menger (1840-1921) bu g‘oyani 
rivojlantirib, uni sub’ektiv-psixologik maktabning asosiy nazariyasiga aylantirdi. 
Yevgeniy Byom-Baverk (1851-1914), Fridrix fon Vizer (1852-1926) va boshqalar 
ham shu nazariyani ishlab chiqdilar. Avstriya maktabining konsepsiyalari 
Mengerning «Siyosiy iqtisod asoslari» (1871), Vizerning «Xo‘jalik boyligining kelib 
chiqishi va asosiy qonunlari to‘g‘risida» (1884), Byom-Baverkning «Kapital va 
foyda» (1884-1889), «Xo‘jalik ne’matlari nazariyasining asoslari» (1886), «K.Marks 
nazariyasi va uning tanqidi»(1896) va boshqa asarlarida bayon etilgan, Avstriya 
maktabining ta’limoti Angliya, Germaniya, AqSh, Rossiyada va boshqa 
mamlakatlardaham yoyildi. Bu ta’limot g‘arb siyosiy iqtisodining shundan keyingi 
rivojiga katta ta’sir o‘tkazdi. Ularning konsepsiyasiga ko‘ra siyosiy iqtisod xo‘jalik 
sub’ekti tajribasining butun xilma-xilligi bilan uni idork etishni o‘rganishi lozim edi. 
Byom-Baverkning fikricha, siyosiy iqtisod sub’ekt hislarida iqtisodiy 
hodisalarni izohlaydigan ildizlarni izlashi kerak. Alohida xo‘jalik tadqiqot ob’ekti 
qilib olindi va shu xo‘jalik jamiyatning eng oddiy tipik elementi deb talqin qilinardi. 
Jamiyatdan mutlaqo ajralgan shaxs-Robinzon xo‘jaligi mana shunday xo‘jalikning 
oliy maqsadi deb ataladi. Avstriya maktabi kapitalistik xo‘jalikni mana shunday 
xo‘jalik deb ataydi. Umuman iqtisodiy qonunlarini o‘rganish uchun alohida olingan 
bir xo‘jalik misolida shu qonunlarni ko‘rib chiqish yetarli deb hisoblanadi, ya’ni 
jamiyat aloxida olingan robinzonlar xujaligi yigindisidir, degen xulosa chikariladi.
Tadqiqotning bu usuli ROBINZONAD usuli deb nom oldi. Shu usul yordamida 
siyosiy iqtisoddan ijtimoiy, ishlab chiqarish munosabatlari chiqarib tashlanadi
iqtisodiy kategoriyalarning ijtimoiy-sinfiy mazmuni kuchaytiriladi, ijtimoiy ishlab 
chiqarishning roli soxtalashtiriladi. 
Biz yukorida merkantilizm ( boylik asosi muomala soxasida), fiziokratizm (yer), 
iktisodiy 
ta’limotlarini kurdik. Avtriya maktabining nazariyotchilari esa 


 
54 
yukoridagilardan farqli kapitalizmni faqat bozor munosabatlari bilangina bog‘langan 
yakka xo‘jaliklarning mexanik yig‘idisi deb tasvirlab, mehnatning kiymatni 
belgilashdagi rolini inkor etdilar. qadriyat nazariyasi Avstriya maktabining 
konsepsiyalarida markaziy o‘rinni oldi, bu nazariya «eng yukori foydalilik» nomini 
oldi. 
Siyosiy iqtisodda qabul qilingan «tovar» va «qiymat» kategoriyalari ijtimoiy
mazmundan mahrum bo‘lgan «ne’mat» va «qadriyat» kategoriyalari (foydalilik) naf 
tushunchalari bilan almashtirildi. Bunda tovarning kadr kimmati shu mahsulotning 
foydaliliga va noyobligi bilan o‘lchanadi. 
K.Menger, Ye.Byom-Baverk va boshqalar qiymat-ijtimoiy zarur mehnatning 
ifodasi, mehnat esa uning birdan-bir manba ekanligi to‘g‘risidagi qoidani noto‘g‘ri 
deb e’lon qildilar. 
Ular qiymat kategoriyasini sub’ektiv mazmun (kimmat) bilan to‘ldirdilar. Uning 
ustun omili sifatida iste’mol qiymat yoki moddiy ne’matlarning foydaliligi (nafi)
qabul etildi. Bem-Baverkning fikricha, Avstriya maktabi iste’mol qiymatiga murojaat 
etish orqali qadriyatni «Lozim bo‘lgan daraxtdan, ildizning o‘zidan» taxlil eta 
boshladi. 
Shunday qilib Avstriya maktabining iqtisodchilari avalgi davrdagi ilmiy 
nazariyaning qiymat-tovarlarning ob’ektiv xususiyati bo‘lib, mana shu xususiyat bu 
tovarlarning ichki mazmunini belgilaydi, degan tub qoidani rad etish orqali qiymat 
hosil bo‘lishi jarayonini qayta ko‘rib chiqiladi. Yangi yo‘nalish hozirgi zamon 
iqtisodiy ta’limotlari asosidir. 
Ular buni baho beruvchilik mulohazalariga va individlarning psixogiyasiga 
bog‘liq bo‘lgan sub’ektiv kategoriyaga aylantirib qo‘ydilar. Bu esa navbatdagi yangi 
nazariya bo‘lib, bu nazariya qiymatni u hosil bo‘ladigan sharoit va manbadan ishlab 
chiqarish va mehnat sohasidan butunlay ajratib qo‘yadi. Byom-Baverkning hamma 
mulohazalari jarayonni oydinlashtiradigan, ushbu kategoriyada ifodalanadigan ishlab 
chiqarish munosabatlarini kengaytiradigan fikrlar asosiga qurilgan. «Eng yuqori 
foydalilik», «noyoblik» nazariyalari Avstriya maktabi va boshqa yangi konsepsiyalar 
uchun asos bo‘ldi, Byom-Baverkning ta’biricha, qadriyat to‘g‘risidagi ta’limot 
daromadni taqsimlash, shu jumladan, yer rentasi, ish haqi, kapitaldan olinadigan 
foyda to‘g‘risidagi butun o‘z doktrinasining markaziy bandidir. 

Yüklə 1,33 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   135




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin