56
o‘ziga xos yangicha konsepsiyalarni ishlab chiqishda katta rol o‘ynaydi.
Amerikaning monopolistik burjuaziyasi shu konsepsiyalarni o‘ziga qurol qilib oldi.
J.B.Klark Amerika iqtisodiy uyushmasini tuzish (1885) ilhomchilardan biri bo‘ldi. U
mehnatkashlarning qisuviga zarba berish maqsadida kapitalning ekspluatatorlik
mohiyatini niqoblashni shu uyushmaning vazifasi deb bildi.
Bu yerda gap sotsialistik qarashlarga qarshi, bozor
munosabatlarga ustunligini
ko‘rsatish masalari yetakchidir.
Klark iqtisodiyotda ma’naviy omillarni hal qiluvchi omillar deb hisoblab,
Avstriya maktabining asosiy metodologik usullariga qo‘shiladi. U ishlab chiqarish
munosabatlarini inkor etdi, uning konsepsiyasi notarixiy harakterda bo‘lib o‘zining
qorishmaligi (eklektizmi) bilan ajralib turar edi. Klark taqsimotni siyosiy iqtisodning
asosiy maqsadi deb bildi. U «Boylikning taqsimlanishi» asarida ijtimoiy
daromadning taqsimlanishi mojarolarsiz amal qiladigan
va ishlab chiqarishning har
bir omiliga o‘zi yaratgan boylik yig‘indisi beradigan tabiiy qonun vositasi bilan
boshqariladi, deb isbotlashga urindi.
J.Klark avvalgi iqtisodiy ta’limotlarni metodologik va nazariy jihatdan
yangilashga intilib, uni tabiiy ravishda tenglashtirdi. Nazariy mexanikaga o‘xshatib
siyosiy iqtisodni uch bo‘limga:
1) universal iqtisodiyotga,
2) iqtisodiy statikaga va
3) iqtisodiy dinamikaga bo‘ldi.
Birinchisiga
umumiy universal qonunlar, ikkinchisiga shu qonunlarning statik
(harakatsiz) iqtisodiyot sharoitidagi, uchinchisida rivojlanish holatidagi qonunlar
amal qilishini ko‘rsatadi.
Siyosiy iqtisodni bunday bo‘limlarga bo‘lish, iqtisodiy fan vazifalariga
yangilik kiritishdir. Bu narsa siyosiy iqtisodni ijtimoiy
sinfiy muammolardan holi
qildi (keyinchalik qarab chiqiladigan ijtimoiy-institutsional yo‘nalishga e’tibor
bering).
Klark jamiyat taraqqiyotida sifat siljishlari, inqilobiy sakrashlar bo‘lishi
mumkin emas, deb hisoblaydi. U mo‘tadillik-sobitlikni jamiyatning asosiy holati deb
hisoblaydi va muvozanat nazariyasining nusxalaridan birini rivojlantiradi. Iqtisodiy
dinamikaga qilingan murojaat qilinishi muhim yangilik bo‘ldi, chunki u
iqtisodiyotning ishlab chiqarishdagi holatini juz’iy hodisa deb hisoblaydi.
J.B.Klark boshchiligidagi Amerika maktabi namoyondalari yo‘l qo‘ygan
kamchiliklardan qat’iy nazar bu iqtisodchilar erishgan ilmiy natijalar katta
ahamiyatga egadir.
Avstriya va Kembridj maktabi iqtisodchilari tovarlar bozori va ayrim korxonalar
tajribasida qo‘llanilgan ilmiy taxlilni J.B.Klark o‘zgacha, ya’ni
makroiqtisodiyotni
o‘rganishga olib kirishga harakat qildi. Ijtimoiy mehnat, ijtimoiy kapital va befarqlik
zonalari tushunchalari yuzaga keldi, shuningdek, «eng yuqori unumdorlik»
nazariyasida qo‘llanilgan ilmiy tahlil va tushunchalarni hozirgi davr iqtisodiy
nazariyalarida uchratishimish mumkin, bu esa Amerika
maktabining yuksak ilmiy
ahamiyatini belgilaydi.
19-asr oxiri 20-asr boshlarida Lozanna maktabi (L.Valras, V.Pareto, K.Viksell
va boshqalar) vujudga keldi, ular tomonidan matematikani iqtisodiyotga qo‘llash
57
yuksak darajagi ko‘tarildi. Hozirgi davrda bu usul ekonometrika sifatida alohida
rivojlangan.
Neoliberal yo‘nalish tarafdori M.Fridmenning monetar konsepsiyasida
«ishsizlikning tabiiy normasi» sharoitida pul miqdorini 3-4% oshirish iqtisodiy
o‘sishga olib kelishi tahlil etildi. Keynschilik o‘rniga (1970) kelgan bu yo‘nalish
Buyuk Britaniya (Tebcher), AqSh(Reygan), Chili va
boshqa mamlakatlar rivojiga
ijobiy ta’sir etdi. Hozirgi davrda jahonda neoklassik yo‘nalish iqtisodiy fikrlashda
yetakchi, ammo davlat roli ham tan oladi.
Keyingi davrlarda «neoklassik sintez» konsepsiyasi vujudga keldi, uning
muallifi P.Ssamuelson(1915) jahonga «Ekonomika» darsligi bilan mashhur. Bu kitob
1948y. yozildi va 15 martda qayta nashr etilgan. Bu asar uchun unga 1970y. Nobel
mukofoti laureati unvoni berilgan. Bu asarda asosiy e’tibor
ommaviy ishsizlik va
inflyatsiyani yengish masalalariga qaratilgan. Bu qarashlarda hozirgi yangi
keynschilik va neoliberal g‘oyalarning bir-biriga ta’siri (sintezi)ni ko‘rish mumkin.
Umuman, hozirgi davrda barcha iqtisodiy g‘oyalar o‘rtasida (toboro yaqinlashuv va
bir-biriga ta’siri) aralash g‘oyalar kuzatilmoqda
Dostları ilə paylaş: