Institutsionalizm yo‘nalishi. Ijtimoiy-institutsional yo‘nalishning boshlanishi X1X asrning oxirlariga to‘g‘ri
keladi va XX asr 20-30 yillarida AQSH da keng tarqalgan.
Iqtisodiy ta’limotlardagi institutsionalizm yo‘nalishi AQShda 20-asrning 20-
30yillarida keng tarqaldi. Bu yo‘nalish nomi lotincha «instituto» - urf-odat,
ko‘rsatma, muassasa so‘zidan olingan va kapitalizmning imperializm bosqichiga
o‘tishi bilan bog‘liq ravishda ro‘y berdi (sanoat va moliya monopoliyalari,
korxonalarning yiriklashuvi va b.). Institutsionalistlar moddiy omillar bilan birga
ruhiy, ma’naviy, huquqiy va boshqa omillarni iqtisodiyotning harakatlantiruvchi
kuchi deb hisobladilar.
Yo‘nalish
vakillarining
fikricha
institutlar
jamiyat
rivojlanishining
harakatlantiruvchi kuchlari bo‘lib xizmat qiladi. Ob’ektiv iqtisodiy qonunlar tan
olinmaydi. Xususiy mulk, soliq, pul, kredit, foyda va savdo kabi iqtisodiy
kategoriyalar jamiyat ruhining paydo bo‘lishi shakli hisoblanadi.
Bu yo‘nalishdagilar ma’lum guruhlarning odat, an’analari, yurish-turishi, o‘ylash
usullari, huquqiy-ahloqiy va boshqa ko‘rinishlar evolyutsiyasini tadqiq qiladilar.
Institutsionalizm evolyutsiyasi uch davrga bo‘linadi.
1. Eski negativ maktab (20-30 yillar) - T.Veblen (1857-1920), J.R.Kommons
(1862-1945),
U.Mitchell
(1874-1948),
J.Gobson
(1858-1940),
U.Gamilton
g‘oyalarida namoyon bo‘ldi. Iqtisodiy jarayonlar turli tushunchalar asosida bayon
qilinadi. Masalan, Veblen iqtisodiy jarayonlarni ruhshunoslik, biologiya va
antropologiya bilan bog‘laydi. Kommons - ruhshunoslik huquqini , Mitchell -
antropologiya va matematika hisob-kitoblarini ustun qo‘yadi.
2. Kechki institutsionalizm (1 jahon urushidan keyin) J.M.Klarkning «Iqtisodiy
institutlar va insonlar farovonligi» asarlarida, G.A.Berlining «Mulksiz hokimiyat» va
«XX asr kapitalistik inqilobi» asarlarida, G.Minzning aksionerlar soni ortishi, kapital
mulkning kapital funksiyadan ajralish jarayoni haqidagi maqolalarida qayd etilgan.
3. Neoinstitutsionalizm 60-70 yillardagi ijtimoy institutsional yo‘nalish.
Amerikalik nazariyotchi L.Lou, shvesiyalik iqtisodchi G.Myurdal tomonidan ishlab
chiqarilgan. J.K.Gelbreyt va R.Xeylbroner tomonidan rivojlantirilgan. Iqtisodiy
jarayonlar rivoji industriya va texnokratiya rolining o‘sishi bilan bog‘liq qaraladi.
Ijtimoy hayotga asoslanib, iqtisodiy jarayonlar borishi tushuntiriladi.