L. N. Xalikova, U. R. Mavlonova


Iqtisodiy o‘sish bosqichlari



Yüklə 1,33 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə55/135
tarix22.09.2023
ölçüsü1,33 Mb.
#147186
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   135
Kitob 8491 uzsmart.uz

Iqtisodiy o‘sish bosqichlari 
Amerika olimi Uolter Rostou (1916) o‘zining «Iqtisodiy o‘sish bosqichlari» 
(1960) kitobida jamiyatning xo‘jalik rivojlanishi bosqichlarini ko‘rsatib berishga 
harakat qildi. 
U.Rostou iqtisodiy taraqqiyotning beshta bosqichini ko‘rsatib berdi: 
1. An’anaviy jamiyat. Nyutongacha bo‘lgan Fan va texnika hamda qishloq 
xo‘jaligining ustunligi bilan ifodalanadi. 
2. O‘tkinchi jamiyat: unda iqtisodiy o‘sish uchun shart-sharoitlar yaratilgan bo‘ladi; 
Fan yutuqlari ishlab chiqarishga tatbiq etiladi, banklar paydo bo‘ladi, ishlab 
chiqarishni investitsiyalash kuchayadi. 


 
60 
3. Yuksalish davri (sanoat inqilobi): eski an’anaviy uklad asosan tugatiladi, iqtisodiy 
o‘sish normal holat hisoblanadi, sanoatning asosiy tarmoqlari jadal rivojlantiriladi
davlat eksportni rag‘batlantiradi. 
4. Yetuklik bosqichi: aholining o‘sishiga qaraganda mahsulot ishlab chiqarishning 
doimo ortiq bo‘lishi ta’minlanadi, milliy iqtisodiyotning jahon xo‘jaligiga 
integratsiyalashuvi kuchayadi, an’anaviy jamiyat batamom tugatiladi. 
5. Ommaviy iste’mol bosqichi: uzoq muddat foydalaniladigan iste’mol buyumlari va 
xizmat ko‘rsatish asosiy ahamiyat kasb etadi. 
Uningcha, kommunizm – bu «o‘tkinchi davrning kasali», «yagona industrial 
jamiyat»ga o‘tishning mumkin bo‘lgan yo‘llaridan biridir. 
Tayanch so‘z va iboralar 
Institutsionalizm, T.Veblen, davlat, kasaba uyushmasi, yirik korporatsiyalar, urf-
odat, an’ana, «bekorchi sinf», «texnostruktura», «Yangi industrial jamiyat», siklik 
rivojlanish, prognoz, monetarizm. 
Muhokama uchun savollar: 
1.
Institutsionalizm so‘zining ma’nosini tushuntirib bering. 
2.
Institutsionalizmning paydo bo‘lish tarixiy shart-sharoitlarini tushuntiring. 
3.
Institutsionalizmning asosiy nomoyondalarini sanab bering. 
4.
Monetarizmning asosiy nomoyandasi va g‘oyalari. 

Yüklə 1,33 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   135




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin