L. N. Xalikova, U. R. Mavlonova


Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartiblashning chora-tadbirlari



Yüklə 1,33 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə58/135
tarix22.09.2023
ölçüsü1,33 Mb.
#147186
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   135
Kitob 8491 uzsmart.uz

Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartiblashning chora-tadbirlari 
J.M.Keyns ta’limotidagi asosiy yutuqlardan biri shundan iboratki, unda 
iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solib turishning zarurligi ko‘rsatib berildi. 
Keynsni hozirgi davrda hammaga yaxshi tanish ibora bo‘lgan «aralash 
iqtisodiyot»ning otasi deyish mumkin, bu iqtisodiyotda hukumat hal qiluvchi o‘rinni 
egallaydi. 
J.M.Keyns fikriga ko‘ra, iqtisodiy jarayonlarning davlat tomonidan 
tartiblanishining samaradorligi davlat investitsiyalari yordamida vositalarni 
qidirishga, aholining to‘la ish bilan bandligiga erishishga, foiz normasini pasaytirish 
va belgilashga bog‘liq. Boshqacha aytganda, J.M.Keyns konsepsiyasi bo‘yicha, ssuda 
foizi qancha past bo‘lsa, investitsiyalarga bo‘lgan qiziqish shuncha yuqori bo‘ladi, bu 
o‘z navbatida ish bilan bandlikni oshiradi, ishsizlikni tugatishga olib keladi. 
20 asrning ikkinchi yarmida J.M.Keyns nazariyasi asosida Yangi 
keynschilik shakllandi. 
50-yillarda keynschilik g‘oyalari rivojlantirilib, yangi 
g‘oyalar ilgar surildi. Ularning asosiy mohiyati iqtisodiy o‘sish sur’atlari doimligini 
ta’minlovchi mexanizmlarni aniqpash va isbotlashdan iboratdir. Oqibatda 
«multiplika-tor-akselerator» tizimini hisoblashga asoslangan va o‘ziga xos 
keynschilikning o‘sish nazariyalari, jamg‘arish qamda iste’mol o‘rtasidagi o‘zoro 
bog‘lanish harakteristikalaridan foydala-nib iqtisodiy dinamikani modellashtirish 
yuzaga keldi. Uning ancha ko‘zga ko‘ringan vakillari amerikalik E.Xansen (1887-
1975), P.Samuelson (1915), Yevsey Domar (1914), S.Harris (1897-1974), R.Solou 
(1924), ingliz Robert Harrod (1900-1978)lar hisoblanadi. 
Yangi keynschilikning asosiy tadqiqot ob’ekti makroiqtisodiy miqdorlarning 
(yalpi talab, yalpi taklif, jamg‘arma) o‘zaro ta’siri hisoblanadi. Ular iqtisodiy o‘sish 
nazariyasini ishlab chiqdilar. Iqtisodiy o‘sishning asosiy omillari investitsiya 
hisoblanadi. Yangi keynschilar multiplikator tamoyilini akseleratsiya tamoyili bilan 
to‘ldirdilar. Akselerator prinsipiga ko‘ra daromadlarning o‘sishi konkret sharoitda 
investitsiyaning ko‘payishiga olib kelishi ham mumkin. Buning ma’nosi shundan 
iboratki, daromadlarning ko‘payishi yalpi talabning oshishiga olib keladi, yalpi 


 
64 
talabning oshishi esa, ishlab chiqarishning kengaytirilishini taqozo etadi va Yangi 
investitsiyalarga bo‘lgan talab kelib chiqadi (Yangi investitsiyalarni ko‘payishi – 
asosiy maqsad).
Yangi keynschilar iqtisodiyotni bilvosita va bevosita tartiblash chora-tadbirlarini 
ishlab chiqdilar. Bilvosita ta’sir o‘tqazish usuliga soliq siyosati, byudjet orqali 
moliyalashtirish, kredit siyosati va b. kiritdilar. 
Ularning naza-riyasi (modeli) iqtisodiyotning doim (mo‘’tadil) sur’atlarda o‘sishi 
dinamik barqarorlik (ilgarilab borish)ning asosiy sharti sifatida maqsadga muvofiq 
ekanligining umumiy xu-losalarini birlashtiradi. Ularning fikricha, shundagina ishlab 
chiqarish quvvatlari va mehnat resurslaridan to‘la foydalanishga erishish mumkin. 
Harrod- Domar modelining boshqa bir qoidasi bo‘yicha ayrim parametrlar, 
chunonchi daromadlar-dagi jamg‘arma hissasi va kapital quyilmalarning o‘rtacha sa-
maradorligi uzoq davr mobaynida doim deb tan olinishi hisoblanadi. Mualliflar 
dinomik barqarorlik va doimiy o‘sishga erishish avtomatik ravishda bo‘lmasligi, 
balki davlat-ning shunga muvofiq siyosati natijasida, ya’ni davlatning iqtisodiyotga 
faol ishtiroki tufayli ro‘y berish mumkinli-gini ta’kidlaydilar. 
Domar va Harrod modellaridagi farq-boshlang‘ich pozitsiya-lardagi ayrim 
ko‘rsatkichlardir. Masalan, Harrod medelida in-vestitsiya va jamg‘armalar tengligi 
g‘oyasi, Domarda esa pul daro-madlari (talab) va ishlab chiqarish quvvatlari (taklif) 
teng deb qabul qilinadi. Ikkala olim shunga ishonchlari komilki, daro-mad o‘sishini 
ta’minlashda investitsiyalar roli, ishlab chiqarish quvvatlarining oshirilishi faoldir, 
bunda shu narsa ko‘zda tu-tiladiki, o‘sshi bandlikka yordam beradi, bu esa o‘z 
yo‘lida, kor-xonalarning yarim quvvat bilan ishlashi va ishsizlikning oldi-ni oladi. Bu 
Keynsning shu sohadagi konsepsiyasini so‘zsiz tan olishdir; chunki Keyns bo‘yicha, 
iqgisodiy jarayonlar investitsiya va jamg‘armalar orasidagi proporsiyalar xususiyati 
hamda dina-mikasiga bog‘liq, aniqroq aytilsa investitsiyalarning ildam o‘sishi, 
baholar darajasi o‘sishiga sabab bo‘ladi, jamg‘armalar o‘sishi esa korxonalarning 
to‘la ishlamasligi va ishsizlikning sababidir. 

Yüklə 1,33 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   135




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin