59
Institutsional g‘oyalar evolyutsiyasining birinchi davridagi ijtimoiy-iqtisodiy
qarashlarini uchta asosiy oqimlarga ajratish mumkin.
Institutsionalizmning vatani AQSH, uning asoschisi Torsten Veblen (1857-1929)
hisoblanadi. Zamonaviy institutsionalizm yo‘nalishining dastlabki ko‘rinishlari
T.Veblenning «Bekorchilar sinfi nazariyasi» (1899) asarida izohlab berilgan.
Bu asarda u kapital egalarini bekorchilar sinfiga kiritadi. Kapital egalarini faqat
o‘z kapitallariga keladigan foyda qiziqtiradi, ular o‘z kapitallarini ishlab chiqarishga
ko‘ymaydilar, balki faqatgina kreditga beradilar. Ularning daromad manbai real
sektor emas, balki moliya sohasida aylanib turuvchi qimmatli qog‘ozlar hisoblanadi.
Ishchilar va ishlab chiqarishni tashkil etuvchilarni unumli sinfga kiritadi.
Shuningdek, u mavjud tuzumni isloh va modernizatsiya qilishga intiladi,
jamiyatda ilmiy-texnika inqilobini kuchaytirish, hokimiyatni texnik intelligensiya
qo‘liga berish bilan hal etishni taklif qiladi. T.Veblen Yangi jamiyat qurishni va unda
texnika-texnologiya ahamiyatini ustun qo‘yadi.
2. Jon Kennet Gelbreyt (1909 yilda tug‘ilgan) o‘zining «Yangi industrial
jamiyat» (1967) nomli asosiy asarini iqtisodiyotda «texnostruktura»ning tahlili va
roliga
bag‘ishlandi. Texnostruktura deganda, J.K.Gelbreyt fikriga ko‘ra,
texnologiyalar bo‘yicha olimlarni, konstruktorlarni, mutaxassislarni o‘z ichiga
oluvchi jamiyat qatlamlari, boshqaruv, moliya va umuman olganda, yirik
korporatsiyalarning normal ishlashini ta’minlash uchun kerak bo‘lgan barcha narsalar
tushuniladi.
Zamonaviy korporatsiyalarda real iqtisodiy hokimiyat kapital egalari va
menedjerlarga emas, balki texnologik bilim egalari – texnostrukturaga tegishli
bo‘ladi. Chunki zamonaviy jamiyatda eng noyob resurs – bu axborot, Fan-texnika
(yer va kapital emas) hisoblanadi. Shuning uchun real hokimiyat texnostruktura
qo‘lida. Insonning jamiyatdagi o‘rni, mavqei va nufuzi endi uning mulkiy boyligidan
ko‘ra malakasi va bilim darajasiga ko‘proq bog‘liq bo‘ladi.
U shuningdek mayda va o‘rta tadbirkorlarni, uy-joy quruvchilarni, tibbiy
xizmat ko‘rsatish bilan shug‘ullanuvchilarni, qishloq xo‘jaligi va san’atda ish bilan
band bo‘lganlarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashini talab qilib chiqdi. Bu esa
ishlab chiqarish va xususiy investitsiyalarning barqarorlashuviga olib keladi.
Davlatning aralashuvi inflyatsiyani to‘xtatish uchun ham zarur.
Dostları ilə paylaş: