55
Metodologiya va iqtisodiy nazariya sohasida Marshall
iqtisodiy jarayonlarga
sub’ektiv qarashlarga asoslangan funksional tadqiqot usullarini qo‘llaydi.
Narx nazariyasi Marshallning nazariy mulohazalari markazida turadi. U qiymat
va narx kategoriyalarini aynan bir narsa deb ko‘rsatib, aslida, qiymatni chetlashtirib
qo‘ydi va narxni bozor iqtisodiyotining eng muhim elementi, deb hisoblaydi. Olim
avvalgi tadqiqotlarda qiymatning iste’mol va almashuv ( ikkita) shakllari alohida-
alohida
qaralgan edi, Marshalda esa bu farq yo‘q. Ob’ektiv qiymat kategoriyasidan
foydalanadi. Bu narsa uning nazariyasida muvozanat narxi rolini bajaradi.
Marshallning nazariyasi sintetik nazariya nomini oldi, chunki muallif bu nazariyada
o‘zidan avvalgi mavjud narx nazariyalari «eng yuqori foydalilik (naf)», «ishlab
chiqarish chiqimlari», «talab va taklif» nazariyalarni birlashtirib, ularning hammasini
to‘g‘ri deb ko‘rsatdi. Narx nazariyasi bilan bir qatorda
Marshall foyda va ish haqi
nazariyalarini ilgari surdi.
A.Marshalning va uning maktabdoshlari o‘z uslublari (metodologiya)da
umuman, Avstriya maktabini qo‘llab-quvvatlaydilar, lekin unga ayrim jiddiy
o‘zgarishlarni ham kiritishni lozim topdilar. Jumladan, faqat funksional tadqiqot
usulinigina tan olish bilan birga, bozor munosabatlarining uch asosiy zaruriyatlarini:
narx, talab, taklifni o‘zaro bog‘liqlikda ko‘rib chiqadilar.
Ularning
fikricha, avvalo ishlab chiqarish iste’mol harakatini aniqlaydi,
keyinchalik u eng yuqori foydalilik va talab doirasi ko‘rinishiga kiradi. Kembridj
maktabi tadqiqotlariga ikki tomonlama qarash lozim. Agar biz unga bozor
iqtisodiyotida baholashni ichki mexanizmini tushuntirish
uchun urinish sifatida
qarasak, haqiqatni biroz siyqalashtirilayotganini ko‘rishimiz mumkin. Lekin bu
izlanishlarga boshqacha nuqtai-nazardan qarashimiz ham mumkindir, bunda biz
e’tiborni tovar-bozorlardagi aniq muammolarni hal
etishga qaratilganligiga va
natijada amaliy ahamiyatga ega bo‘lgan ilmiy xulosalar vujudga kelganligining
guvohi bo‘lamiz.
Marshall tadqiqotlarida talab va taklif o‘rtasidagi munosabat (birinchilik)
qaraladi, qaychida yuqori va pastki keskichlar qanday rolni o‘ynasa (barovar), bu
yerda ham ahvol shunday, ular bir-biri bilan chambarchas bog‘liq. Hozirgi zamon
iqtisodiy ta’limotlarining asosini tashkil etadi.
Dostları ilə paylaş: