Birinchi gurux uchun tarqatma material . Iqtisodiy g‘oyalarni shakllanishi
insoniyatni paydo bo‘lishi bilan boshlanadi. Ammo hozirgi paytda qo‘lyozmalarda
aks ettirilgan g‘oyalarnigina taxlil qilish imkoniga egamiz. Shu sababli iqtisodiy
ta’limotlar tarixini quldorlik jamiyati paydo bo‘lishi davridan boshlashga majburmiz.
Ma’lumki dastlabki quldorlik jamiyati Sharqda sinfiy ajralish boshlangan.
Misrda eramizdan avvalgi IV minginchi yilda yuzaga keldi.
Buning asosiy sababi, bu yerda texnologik taraqqiyot yuz berdi. Jumladan,
metall qurol ishlashga boshladilar, qishloq xo‘jaligida sun’iy sug‘orish
dehqonchiligiga o‘tildi, shu asosda nisbatan turgan qo‘shimcha mahsulot olish
imkoni tug‘ildi. Natijada jamiyat mehnat taqsimotini,xunarmandchilik sohalarini
ajralib chiqishiga, sinfiy tabaqalanishga sabab bo‘ldi.
Bu davrda qo‘shimcha mahsulot olishning asosiy usuli jamoaga birlashgan
dehqonlarni ekspulatatsiya qilish yo‘li bilan renta-soliq olish edi. Sharqda davlat
iqtisodiyotga aralashuviga qarab ayrim «Erkin» aholini ahvoli qullarnikidan farq
etmagan.
Quldorlik ishlab chiqarish usuli ayrim regionlarda jumladan G‘arbiy
Yevropada xalqaro savdoni rivojlanish bilan bog‘liq ravishda tovar pul munosabatlari
ham ancha rivojlangan. Shu asosda qulchilikka asoslangan xususiy mulkchilik rivoj
topdi, o‘z mahsulotini sotishga mo‘ljallab ishlab chiqargan qulchilik xo‘jaliklari
ekspluatatsiyani kuchaytirishni talab qildi. Oqibatda klassik yoki antik qulchilik
yuzaga keldi. (Gresiya,Italiya)
Ikkinchi gurux uchun tarqatma material. Xindistondagi iqtisodiy g‘oyalarni
aks ettiruvchi qadimgi yodgorlik «Artxa Shastra» dir. Lug‘aviy ma’nosi bo‘yicha
foyda, amaliy xayot to‘g‘risidagi fan bo‘lib eramizdan avvalgi III-II asrlarda
to‘ldirilgan. Bu asarda qulchilikni mustahkamlash asosiy vazifa qilib qo‘yilgan va
qullar past tabaqa deb hisoblangan. Bu asarda buyumni qiymati muommasi
ko‘tariladi. Qiymat miqdori ish kunlari bilan bog‘langan, rag‘batlantirish esa mehnat
natijasiga qarab belgilangan.
Bu asarda davlatni boshqarish bo‘yicha takliflar berilgan bo‘lib, bir qancha
iqtisodiy g‘oyalar ham ilgari surilgan. Masalan, bozor bahosi bilan qiymat o‘rtasidagi
farq tovarga ehtiyoj ortganda uni bahosi oshib ketishi mumkinligi ko‘rsatiladi. Savdo
bilan shug‘ullanuvchilarga alohida urg‘u berilgan. Foyda masalasi ko‘tarilgan.
Foydani miqdori tovar bahosi bilan bog‘liqligi ko‘rsatib berilgan.
Moliya sohasida daromad solig‘iga katta e’tibor qaratiladi. Davlat shu ishlarni
rivojlantirish uchun moddiy va ma’naviy yordam berish kerak deyilgan. Jumladan,
mahsulotga baho belgilashda davlatni boyitishdan, hisob-kitobni tartibga solishda,
o‘g‘irliklarga qarshi kurashishda davlatning roli alohida ekanligi belgilangan.