Tashqi omillar — bu axborot texnologiyasining texnik-uskunaviy vositalar orqali axborotlar bilan turli vazifalarni amalga oshirishni bildiradi.
Axborot texnologiyasining mazmunini quyidagi oddiy bir misol bilan tushuntirishga harakat qilamiz. Siz biror ma'lumot haqida boshqa bir viloyat (respublika, qit'a)da yashovchi o’rtog’ingiz bilan fikr almashmoqchisiz, deylik. Buni turli yo’llar orqali amalga oshirishingiz mumkin. Siz o’rtog’ingizga o’z fikringizni (o’z navbatida, o’rtog’ingiz ham sizga javoban) quyidagi usullar orqali yetkazishingiz mumkin: 1) aloqa bo’limi orqali (yozma ravishda); 2) telefon tarmoqlari orqali (og’zaki); 3) zamonaviy telekommunikatsiya vositalari orqali.
Hayotiy tajriba shuni ko’rsatadiki, bu usullardan foydalanish natijalari turlicha bo’ladi va natijalarga qarab, qaysi usuldan foydalanishni o’zingiz belgilab olasiz.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida, albatta, biror yumushni bajarishdan oldin uni amalga oshirish uchun ketadigan mablag’larni chamalab ko’rishingiz lozim, aks holda uni amalga oshira olmasligingiz mumkin. Albatta, yuqorida ko’rsatilgan usullardan foydalanish uzatilayotgan axborot mazmuni va mohiyatiga bog’liq.
Pirovardida, o’zingiz uchun iqtisodiy jihatdan eng arzon (hech bo’lmaganda arzonrog’i) va sifati yuqori bo’lgan usulni belgilab olasiz.
Axborotni uzatish usullariga kelsak, 1- va 2-bandda ko’rsatilgan usullar bilan yoshligingizdayoq tanishib olgansiz va undan foyda-lanishni yaxshi bilasiz. Zamonaviy telekommunikatsiya vositalaridan foydalanfsh esa ular bilan muloqot qilish ko’nikma va mafakalariga bog’liq. Shuning uchun dastlab zamonaviy telekommunikatsiya vositalarining o’zi nimaligini bilib olishingiz kerak.
Zamonaviy telekommunikatsiya vositalari imkoniyatlari juda keng tizim bo’lib, unga multimedia vositalari, kompyuter tarmoqlari, internet, intranet kabi tushunchalardan tashqari qator yangi tushunchalar ham kiradi. Bularga axborot tizimlari, axborot tizimlarini boshqarish, axborotlarni uzatish tizimlari, ma'lumotlar ombori, ma’lumotlar omborini boshqarish tizimi, bilimlar ombori kabilar kiradi.
Dostları ilə paylaş: |