‘l texnikumi “Axborot texnilogiyalari


XX asrning 90-yillaridan boshlab axborotlashtirish sohasi keskin rivojlanib ketdi



Yüklə 12,89 Mb.
səhifə12/72
tarix01.09.2023
ölçüsü12,89 Mb.
#141240
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   72
AT fani Mavzular to\'plami


XX asrning 90-yillaridan boshlab axborotlashtirish sohasi keskin rivojlanib ketdi.
Bizning asrimiz, ya'ni XXI asrni axborotlashtirish va kommunikatsiya asri deb bejiz atashmaydi. Axborotlashtirish nima va uning vazifalariga nimalar kiradi, uning asosiy xususiyatlari qanday, degan savollar hozirgi zamon jamiyatidagi har bir fuqaroni qiziqtirishi tabiiy. Chunki inson faoliyatini axborotsiz tasavvur qilish qiyin.

Hozirgi kunda har bir tashkilot, o’quv muassasasi, firma va ishlab chiqarishning barcha sohalarida rahbar va xodimlar faoliyatining samaradorligini oshirish maqsadida boshqaruv jarayonlarini ma'lum darajada avtomatlashtirishga oid muammolarni yechish bilan shug’ullanadi. Bunda ular maxsus firmalarning mutaxassislari bilan uchrashadi, ularning faoliyati bilan yaqindan tanishadi, ular ishlab chiqaradigan mahsulotlarni ko’radi va pirovardida, o’zida avtomatlashtirish uchun kerak bo’ladigan texnik jihozlarni xarid qiladi, Albatta, tashkilotlarga o’rnatilgan avtpmatlashtirish jihozlari yildan yilga yangilanib, texnik jihatdan takomillashtirilib boriladi.

«Axborot texnologiyasi» fani — axborotlarni jamlash, saqlash, uzatish va shu jarayonlarni amalga oshiruvchi barcha texnik vositalarni ishlatishni o’rgatuvchi fan.



Kundalik turmushda turli ko’rinishdagi axborotlar, masalan, matnli, grafikli, jadvalli, ovozli (audio), rasmli, video va boshqa axborotlar bilan ishlashga to’g’ri keladi. Har bir turdagi axborot bilan ishlash (yig’ish, saqlash va h.k.) uchun har xil texnik xarakteristikalarga ega bo’lgan axborot qurilmalari kerak bo’ladi.

Mikroelektronika ishiab chiqarish texnologiyasining rivojlanishi va o’ta kuchli protsessorli kompyuterlaming yaratilishi axborotlarni qayta ishlash imkoniyatlarini kengaytirmoqda.

Interfeys kompyuterning imkoniyatlarini kengaytiruvchi qurilma bo’lib, uning asosiy vazifasi tashqi qurilmalardan kiritiladigan ma'lutnot (signal)larni kompyuterda qayta ishlash uchun qulay holga keltirishdan iborat.

Axborot texnologiyasi modellari muayyan amallarni ongli va rejali amalga oshirishda o’zlashtiriladi. Bu jarayon quyidagilarni o’z ichiga oladi:

• kompyuter, shuningdek, printer, modem, mikrofon va ovoz eshittirish qurilmasi, skaner, raqamli videokamera, multimedia proyektori, chizish plansheti, musiqali klaviatura kabilar hamda ularning dasturiy ta'minoti;

• uskunaviy, dasturiy ta'minot;

• virtual matn konstruktorlari, multiplikatsiyalar, musiqalar, fizik modellar, geografik xaritalar, ekran protsessorlari va h.k.;

• axborotlar majmuyi - ma'lumotnomalar, ensiklopediyalar, virtual muzeylar va h.k.;

• texnik ko’nikmalar trenajorlari (tugmachalar majmuyidan tugmachalarga qaramasdan ma'lumot kiritish, dasturiy vositalarni dastlabki o’zlashtirish va h.k.)




1-rasm. Multimedia vositalari.




2- rasm. Zamonaviy axborot texnologiyalari vositasi bo’lgan nootbooktar ko’rinishi.




3- rasm. Tovushlarni qayta ishlaydigan kartalar ko’rinishi.




4- rasm. Tovush chiqarish qurilmalari ko’rinishi.




5- rasm. Skanerlar ko’rinishi.




6- rasm. Grafyasagich ko’rinishi. 7- rasm. Monitorlar ko’rinishi.




8- rasm. Printerlar ko’rinishi.



Yüklə 12,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   72




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin