Labaratoriya ishi №4 Ishning borishi tartibi: 1



Yüklə 31,61 Kb.
səhifə1/5
tarix02.01.2022
ölçüsü31,61 Kb.
#43034
  1   2   3   4   5
LABARATORIYA ISHI 4




LABARATORIYA ISHI №4

Ishning borishi tartibi:

1.Soliq  xizmati  organlaridagi  axborot  tizimlari  va  texnologiyalarining  tarkibi,  tuzilishi  va 
vazifalari.

2.Soliq xizmati organlaridagi axborot tizimlari va texnologiyalarining vazifalari

3.Davlat soliq xizmati organlari ma’lumotlarini uzatishning  korporativ tarmog‘i.

Soliq  xizmati  organlaridagi  axborot  tizimlari  va  texnologiyalarining  tarkibi,  tuzilishi va vazifalari
  
. Hozirgdavrda fan va texnikada ko‘p qo‘llaniladigan tushunchalardan biri - tizimdir. Tizim-yunoncha so‘z bo‘lib, tashkil etuvchilardan iborat butunlik degan ma’noni anglatadi. Tizimlarni ularning turli belgilariga qarab turkumlash mumkin. Umuman olganda, tizimlar moddiy yoki mavhum bo‘lishi mumkin (mavhum - inson ongi mahsuloti). 
Moddiy tizimlar, asosan moddiy obyektlar to‘plamidan tashkil topadi. Moddiy tizimlarda asosiy 
o‘rinni  ijtimoiy  va  iqtisodiy  tizimlar  egallaydi.  Bunday  tizimlarning  xususiyatlaridan  biri  insonlar o‘rtasidagi  va  insonlar  bilan  jamiyat  o‘rtasidagi  munosabatlarni  aks  ettirishdir.  Iqtisodiy  tizimda  soliq tizimi alohida o‘rin egallaydi.

Soliq tizimi – mamlakat doirasida (hududida) to‘lovchilardan (yuridik va jismoniy shaxslardan) 


belgilangan  tartibda  olinadigan  soliqlar,  yig`imlar  va  boshqa  to‘lovlar  hamda  ularning  tarkibiy tuzilishiningshakl va uslublari yig`indisi.  
Soliq  sohasida  mavhum  tizimlar  inson  ongining  mahsuloti  bo‘lib,  turli  nazariyalar,  bilimlr, hozirgi kunda soliqlar sohasida olib borilayotgan islohotlaridan iborat.Soliq xizmati organlari axborot tizimi ham , ham nomoddiy tizim unsurlarini ham o‘z ichiga oladi.  
Soliq xizmati organlari axborot tizimlari – soliq organlariga yuklatilgan vazifalarni to‘liq va o‘z 
vaqtida amalga oshirish maqsadida soliqqa oid axborotlar, ularni yig`ish, qayta ishlash va soliq, moliya hamda boshqaruv organlarini ma’lumotlar bilan ta’minlash uchun mo‘ljallangan texnik, texnologik  va telekommunikatsiya vositalarining o‘zaro bog`langan majmuasidan iborot. 
Soliq xizmati organlari axborot tizimi 3  bosqichdan iborat bo‘lib, ular:   
  1.Davlat soliq qo‘mitasi; 
2.Davlat soliq boshqarmasi; 
3.Davlat soliq inspeksiyasi. 
Soliq idoralari ma’lumotlarini ishlashning yagona kompyuter tizimi  soliq to‘lovchilar tarkibini 
tahlil  qilish,  soliq  tushumlari  va  boshqa  to‘lovlarni  bashoratlash,  tushgan  soliq  to‘lovlarining  o‘z vaqtidaligi  va  to‘liqligini  tahlil  qilish,  tushgan  soliq  to‘lovlari  bo‘yicha  hisobot  hujjatlarini shakllantirish,  me’yoriyma’lumotnoma  axboroti  ma’lumotlari  bazasini  yuritish,  xarajatlar  smetasini rejalashtirish  va  uning  bajarilishini  nazorat  qilish,  soliq  tizimida  boshqaruvi  amalga  oshirish  kabi masalalarni yechishga mo‘ljallangan. Ma’lumotlarni ishlashning yagona  kompyuter tizimi axborot tizimining.

Bosqichlarigaqarab vertikaliga 3  tizim osti bo‘lagiga  bo‘linadi, ular: 


1.Respublika miqyosidagi ma’lumotlarni ishlashning yagona kompyuter tizimi;  
2.Hudud miqyosidagi ma’lumotlarni ishlashning yagona kompyuter tizimi; 
  3.Tuman miqyosidagi ma’lumotlarni ishlashning yagona kompyuter tizimidan iborat

Har bir tizim osti bo‘lagida unga muvofiq amaliy dasturiy ta’minot  qo‘llaniladi. Uchta vertikal 


tizim  osti    bo‘lagining  bog`lovchi    bo‘g`ini  bo‘lib  -  DSQ  axborot  texnologiyalarining 
telekommunikatsiya  tizimi  hisoblanadi Gorizontaliga  har  bir  tizim  osti  bo‘lagi  dasturiy texnik majmualardan tashkil topgan.

 Soliq  tizimi  axborot  texnologiyasi  soliq  to‘lovchi  obyekt  va  subyektlar,  soliqlar  va to‘lovlarning yig`ilishi, soliq qonunchiligini bajarilishi va soliq sohasida sodir etilgan huquqbuzarliklar bo‘yicha  yangi  ma’lumot  olish  maqsadida  soliqqa  oid  ma’lumotlarni  yig`ish,  qayta  ishlash  va  uzatish vositalari  hamda  usullar  majmuasidan  foydalanish  jarayonidir  ya’ni, axborotlargaishlov  berish.jarayonidir. 


Soliq  tizimida  axborot  texnologiyasi  soliq  xizmati  organlari  oldiga  qo‘yilgan  masalalarni hal etish uchun ishlab chiqilgan maxsus algoritmlar asosida joriy etilib, ular to‘langan soliqlar va yillik tushumlar  haqida  ma’lumotlar  statistikasini  olib  borish  va  tegishli  organlarga  uzatis, tushumlar dinamikasini tahlil qilish, boshqaruv qarorlarini qabul qilish uchun tahliliy ma’lumotlarni berish, tahliliy ma’lumotlar asosida hisobotlar tayyorlash masalalarini yechishga mo‘ljallangan. Soliq  xizmati  organlari  axborot  tizimlari  va  texnologiyalari  axborotli  texnologiyalarni yaratishning umumiy tamoyillariga asoslangan holda yaratilgan. Jumladan, umumtuzilmaviy tamoyil: Hujjatlar mazmunini va shaklini standartlashtirish va unifikatsiyalashtirish;   Axborotlarni klassifikatsiyalashtirish va kodlashtirish;  Bo‘g`inlar va tizimning bosqichlari o‘rtasida axborotni uzatish; Avtomatlashtirilgan  tizim  hamda u bilan bog`liq  bo‘lgan  axborot  tizimlar  o‘rtasida  axborotlar almashish;

Dasturiy – texnik majmua va tizimli dasturiy ta’minotni unifikatsiyalash. 


Texnik jihatdan amalga oshirish tamoyili:turli texnik platforma  va muvofiq  operatsion tizimga  o‘tkazish imkoniyati; 
 foydalanilayotgan ma’lumotlar bazasi turiga bog`liq bo‘lmaslik; 
 tizimga  telekommunikatsion  kirish,  tizim  bo‘yicha  ma’lumotlarni  taqsimlash,  arxiv  va  qidiruv tizimini yuritish, ma’muriy va boshqaruvlarni o‘z ichiga olgan  texnik yechimning kompleksliligi; tizimning  himoyalanganligi,  ma’lumotlarni  va  tizimni  himoya  qilish bo‘yicha  tashkiliy  va  texnik tomonlarining ishlab chiqilganligidan iborat. 
Soliq  tizimini  boshqarishni  takomillashtirish  masalasi  axborot  texnologiyalari,  iqtisodiy-
matematik usullarni keng joriy etish va ulardan foydalanish, soliq ma’muriyatchiligi jarayonida Axborot-kommunikatsiya  vositalaridan  keng  foydalanish,  barcha  joylarda  avtomatlashtirilgan  boshqarish tizimlarini  (ABT)  rivojlantirish  bilan  ma’lum  darajada  hal  qilinishi  mumkin.  Bu  butuntizimni boshqarish  samaradorligini  keskin  oshirish,  rejalashtirishni  ilmiy  asosda  tashkil  etih,ichki imkoniyatlaridan to`laroq foydalanish imkonini beradi. 


Yüklə 31,61 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin