Umumtuzilmaviy loyihaviy yechimlarga quyidagilar kiritilgan:
*Hujjatlar mazmunini va shaklini standartlashtirish va unifikatsiyalashtirish;
*Axborotlarni klassifikatsiyalashtirish va kodlashtirish;
*Bo‘g`inlar va tizimning bosqichlari o‘rtasida axborotni uzatish;
*Avtomatlashtirilgan tizim, hamda u bilan bog`liq bo‘lgan axborotlashgan tizimlar o‘rtasida axborotlar almashish;
Dasturiy-texnik majmua va tizimli dasturiy ta’minotni unifikatsiyalash.
Davlat soliq xizmati organlarida joriy etilgan ma’lumotlarni uzatish korpotariv tarmog‘i sxemasi.
Texnik jihatdan amalga oshirish talabi quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
*Turli texnik platforma va muvofiq operatsion tizimga o‘tkazish imkoniyati;
*Foydalanilayotgan ma’lumotlar bazasi turiga bog`liq bo‘lmaslik;
Tizimga telekommunikatsion kirish, tizim bo‘yicha ma’lumotlarni taqsimlash,arxiv va qidiruv
tizimini yuritish, ma’muriy va boshqaruvlarni o‘z ichiga olgan texnik yechimning kompleksliligi; tizimning himoyalanganligi, ma’lumotlarni va tizimni himoya qilish bo‘yicha tashkiliy va texnik
tomonlarining ishlab chiqilganligi.
Ma’lumotlarga ishlov berishning yagona kompyuter tizimi umumiy masalalardan tashqari
quyidagi tashkiliy masalalarni ham o‘z ichiga oladi:
ishlab turgan tizimni qamrab olish, yangi tizimni tadbiq etish muddatida ish tartibini integratsiyayoki emulyatsiya qilish; ma’lumotlarni qayta ishlash tizimining asosiy blokini ishlab chiqish DSQning hamma bosqichlari uchun umumiy bo‘lgan unifikatsiya va umumiylik tamoyillarini amalga oshirishda.