LABARATORIYA SHAROITIDA GETEROZANJIRLI POLIMERLARNING OLISHDA KIMOYVIOY REAKTIVLARDAN SAMARALI FOOYDALANISH
O.U.O’rinova, S.A.Mamatqulova, SH.М.Qaraboyeva, X.R.Umurzaqov.
Farg’ona Davlat Unversiteti
Davlatimiz rahbari.ta`kidlaganlaridek “Mamlakatimizda va mintaqamizdagi mavjud sharoitdan kelib chiqqan holda gazni qayta ishlash, neft-kimyo, kimyosanoati, energetika, avtomobilsozlik, elektrotexnika sanoati, farmaseftika kabi zamonaviy soxalar va ishlab chiqarish tarmoqlarini va axborot texnologiyalari va telekomunikatsiya tizimlarini jadal rivojlantirishga alohida axamyat berish yaqin kelajakda raqamli va keng formatli televideniyaga o`tish haqida so`z bermoqda.
Shular qatorida birinchi navbatda to`qimachilik va oziq-ovqat sanoatida paxta tolasi va boshqa qishloq ho`jaligi maxsulotlari va xomashyo resurslarini chuqur qayta ishlash bo`yicha ishlab chiqarishni, qurulish materiallari sanoatini yanada rivojlantirish, sifatli va barqaror talabga ega bo`lgan tayyor maxsulotlar tayyorlaydigan korxona tashkil etishga alohida etibor qaratish darkor”
Kundan kunga o`sib borayotgan xalq xo`jaligida issiqqa chidamli, kimyoviy barqaror va mexanik jixatdan mustaxkam, suv shimmaydigan, elektr tokini o`tkazmaydigan va hokozo zarur xossalarga ega bo`lgan materiallar yaratishni talab qilmoqda, shu nuqtai nazarda nol ganda ushbu mavzu dolzarb xisoblanadi.
Shundan kelib chiqib labaratoriya sharoitida karbozanjirli va geterozanjirli polimerlarning muhim vakillarini molekulyar og`irligini aniqlash muhim iqtisodiy samara va ilmiy salohiyat kashf etadi.
Geterozanjirli yuqori molekulyar birikmalar, asosan, ko`p funksionalli past molekulyar moddalarning polikondensatlanishi natijasida hosil bo`ladi. Masalan, turli aminokislotalarni va ikki negizli kislotalarni diaminlar yoki kop atomli spirtlar bilan polikondensatlash natijasida geterozanjirli poliamidlar va poliefirlar olish mumkin.
Geterozanjirli polimerlar etilen oksid, etilen amin, kaprolaktam kabi geterosiklik moddalarni polimerlash natijasida ham hosil qilinadi. Geterozanjirli polimerlar karbozanjirli polimerlardan asosan turli hil kimyoviy birikmalar tasiriga barqarorligi bilan ajralib turadi. Bundan tashqari ularning xar hil xususiyatga ega bo`lishiga sabab,makromolekula tarkibida qutblangan atom va gruppalarning mavjudligidir. Chunki, ikkita qo`shni makromolekula tarkibida bu gruppalaro`zaro yoki boshqa atom va gruppalar bilan vodorod bog`lari hosil qiladi.Malumki vodorod bog`lari energiyasi Vander-Vals bog`lari energiyasidan ancha yuqoridir. Shuning uchun geterozanjirli yuqori molekulyar birikmalarda makromolekulalar bir biriga katta kuch bilan tasir etadi. Bundan tashqari makromolekula datasir etuvchi vodorod bog`larning miqdori juda ko`pligi sababli ularning umumiy energiyasi kimyoviy bog` energiyasida ancha ortiq bo`ladi. Natijada polimerdagi vodorod bog`lari makromolekulalarning o`zaro siljishini cheklab qo`yadi, polimerning yuqori haroratda yumshash va suyuqliklarda erish qobilyati yo`qoladi.
Dostları ilə paylaş: |