Biologiya kursi mazmunidagi muammoli masalalarni o‘qitishda “Keys”dan foydalanish yuqori samara beradi.
“Keys” – case stadies ingliz tilidan olingan bo‘lib, jarayon yoki vaziyat degan ma’noni beradi.
Dastlab bu texnologiyadan biznes va tadbirkorlarni o‘qitishda foydalanilgan bo‘lib, hozirgi paytda o‘qitiladigan fanning mazmunidan kelib chiqqan holda, tirik organizmlarda boradigan jarayonlarning tashqi va ichki, ob’ektiv va sub’ektiv omillari yuzasidan muammoli vaziyatlar yaratilib ularni hal etish uchun o‘quv munozaralari tashkil etiladi.
Biologiyani o‘qitishda dastur mazmunidagi evolyusion tushunchalar etakchilik qilgan, shuningdek munozarali “O‘simliklarning paydo bo‘lishi va rivojlanishi”, “Hayvonot olamining paydo bo‘lishi va rivojlanishi” kabi mavzularni o‘qitishda foydalanish mumkin.
Ta’lim-tarbiya jarayonida Keysdan foydalanish uchun o‘qituvchi:
Dastur mazmunidagi muammoli mavzularni aniqlashi, shu mavzularni o‘qitish uchun muammoli savol-topshiriqlar tuzishi;
Dars davomida muammoli savol-topshiriqlarning qiyinchilik darajasiga ko‘ra yakka tartibda yoki o‘quvchilarning kichik guruhlarida mustaqil ishlarni tashkil etilishini aniqlashi;
O‘quvchilarning bilish faoliyatini mazkur muammolarni hal etish, o‘quv munozaralari orqali muloqotga kiritish yo‘llarini rejalashtirishi;
Muammoli savol-topshiriqlar asosida tashkil etilgan o‘quv munozaralarida yakuniy fikrni vujudga keltirishi lozim.
Biologiyani o‘qitishda izohlashni talab etadigan biologik muammolar muhim o‘rin tutib, o‘quvchilarda ob’ektlarni tanish, ob’ektlar o‘rtasida bog‘lanishlarni aniqlashda ham Keys stadidan foydalanish imkoniyati mavjud.
Quyida botanikani o‘qitishda Keys stadidan foydalanish imkonini beradigan muammoli masalalar berilmoqda:
1-masala. Lishayniklar tabiatda keng tarqalgan, hattoki dengiz va okeanlardagi suvdan chiqib qolgan qoyalarda ham o‘sadi, lekin shaharlarda uchramasligining sababini aniqlang. 2-masala. O‘rmonlarda qirqquloqlar juda ko‘p uchraydi. Qirqquloqlarning ahamiyatini anglagan holda o‘rmonchilar boshqa daraxtlarni kesib tashladilar. Natijada qirqquloqlar qirilib ketdi. Mazkur holatning sababini aniqlang va javobingizni sxema tarzida ifodalang. 3-masala. Olcha va gilos mevasini chumchuq ham, qarg‘a ham iste’mol qiladi. CHumchuq mevani cho‘qiydi, qarg‘a yutib yuboradi. Sizningcha bu qushlarning qaysi biri o‘simlik uchun foyda keltiradi? 4-masala. Oq qayin o‘rmondagi o‘simliklarning 1-raqamlisi sanaladi, ya’ni dastlab oq qayin o‘sa boshlaydi va o‘rmon hosil qiladi. Lekin, oq qayinli o‘rmon vaqtinchalik sanaladi. O‘rmonda sodir bo‘ladigan o‘zgarishlarni sxematik tarzda ifodalang. 5-masala. Ma’lumki, o‘simlikning ildiz sistemasi uning o‘sayotgan muhitga bog‘liq. Botqoqlikda yoki cho‘lda o‘sayotgan o‘simlikning ildizi nisbatan rivojlangan bo‘lishini aniqlang. O‘quvchilar ushbu muammoli masalalarni hal etish jarayonida avval o‘zlashtirgan bilim, ko‘nikma va malakalarni yangi vaziyatda qo‘llashi, o‘z javoblarini dalillashi, xulosa yasashi asnosida ularning mustaqil fikr yuritish ko‘nikmalari rivojlantiriladi. Zoologiya darslarida Keys stadidan foydalanish uchun zarur bo‘ladigan muammoli masalalardan namunalar berilmoqda. O‘qituvchi o‘zining ilmiy salohiyati va pedagogik mahoratiga tayanib har bir mavzu yuzasidan muammoli masalalarni tuzishi va ta’lim-tarbiya jarayonida muvaffaqiyatli foydalanish yo‘llari belgilashi zarur. 1-masala. Nima sababdan qushlarda diafragma bo‘lmaydi-yu, sut emizuvchilar uchun diafragma zarur? 2-masala. Faraz qiling Sizga qushning skeleti berilib, uning qaysi muhitda yashaganligi va qanday oziq turi bilan oziqlanganligini aniqlash so‘raldi. Siz avvalo nimalarga e’tibor qaratish lozimligi va qanday aniqlashni tavsiya etgan bo‘lardingiz? 3-masala. Hasharotlarda yurak urushining chastotasi tana hajmiga bog‘liq emas. Buni qanday izohlash mumkin? 4-masala. Qushlarda tish bo‘lmasligi qaysi organlarining o‘zgarishiga olib kelgan? Siz bu holatni qanday izohlaysiz? 5-masala. Odamni operatsiyaga tayyorlash jarayonida narkoz maskasi yuz tomoniga qo‘yiladi. Hasharotlarni tinchlantirish uchun narkoz maskasini qaerga qo‘yishni tavsiya etasiz? Odam va uning salomatligini o‘qitishda foydalaniladigan muammoli masalalar nafaqat shu o‘quv fani balki avvalgi sinflarda o‘zlashtirgan bilim, ko‘nikma va malakalarni yangi vaziyatda qo‘llashi orqali fanlar o‘rtasidagi aloqani amalga oshirish, shuningdek, bilimlarni tizimga solib, yaxlit tasavvur qilish, o‘z javoblarini dalillashi, xulosa yasashi asnosida ularning mustaqil va ijodiy fikr yuritish ko‘nikmalari rivojlantiriladi 1-masala. 150g go‘sht iste’mol qilinganda organizmda 150 kk energiya hosil bo‘lishiga qaramasdan, u 100g nondan hosil bo‘lgan 300 kkal energiyasiga nisbatan 2 marta kam bo‘lishiga qaramasdan odamni to‘q tutadi. Mazkur holatning sababini tushuntiring. 2-masala. Ko‘zning to‘r pardasida 2 tipdagi tayoqchasimon va kolbachasimon retseptorlari bo‘lgan hayvonlar, to‘r pardasida bir xil tipdagi retseptorlar bo‘lgan hayvonlarga nisbatan qanday afzallikka ega bo‘ladi? 3- masala. Ko‘z soqqasida suyuqlik bilan to‘lgan shishasimon tanacha joylashgan. Mazkur shishasimon tanachaning suyuqlik bilan to‘lganligining ahamiyatini tushuntiring. Agar shishasimon tanacha havo bilan to‘lganida qanday o‘zgarish sodir bo‘lardi. 4-masala. Odam organizmining 1 minutda qancha energiya sarf qilishini yurak urushining chastotasi (puls) yordamida quyidagi formula yordamida: Q = 0,2 xA- 11,3; 2 aniqlash mumkin. Bu erda Q-energiya miqdori; A- yurak qisqarishining chastotasi (puls), qolgan kattaliklar o‘zgarmas sonlar. Agar odam yuragi tinch holatda 70 marta urayotgan bo‘lsa, unda bir minutda qancha energiya sarf bo‘ladi? Bir soatda-chi? Bir sutkada-chi? 5-masala. Odamning nafas olish organlari butunligiga qaramasdan uzunchoq miyaning zararlanishi nafas olish jarayonining to‘xtashiga olib kelishining sababini tushuntiring. Biologiya o‘quv dasturidan o‘rin olgan muammoli mavzularni o‘rganishda Keys stadidan foydalanish muhim o‘rin tutadi.
“Biosfera evolyusiyasi. Biogenez, No‘genez, No‘sfera” mavzusida Keysni quyidagicha o‘tkazish tavsiya etiladi.
1-topshiriq. Biosferaning no‘sfera bosqichida biosfera gomeostaz holatining buzilish sabablarini aniqlang. YUzaga kelgan muammolarni tartib bilan yozing.