Ishdan maqsad: Tuzlar gidroliziga doir tajribalar bajarish.
Kerakli asbob va reaktivlar: prabirka, stakan, tarozi, shtativ, pipetka, o’lchov silindri, distirlangan suv, fenolftalein, natriy karbonat, metil qizili, temir(III) xlorid, sulfat kislota, bariy xlorid, kerak bo’ladi.
Ishning borishi:
1- Tajriba : Tajribani boshlashdan avval kerakli asbob va reaktivlarni ko’zdan kechiring. Shtativga probirkani o’rnating va probirkaga 2ml suv quying. Suvning ustiga 2 tomchi fenolftalein tomizing. Natriy karbonat kristallaridan bir nechta qo’shing. Keyin yaxshilab aralashtiring.
Eritma qanday rangga bo’yaladi? Nima uchun? Natriy karbonat gidrolizing ionli tenglamasini yozing.
2- va 3- Tajriba:
2. Probirkaga 2ml suv quying, ustiga 2 tomchi metil qizilini tomizing. 2%li temir (III)xlorid eritmasidan 2 ml qo’shing. Keyin yaxshilab aralashtiring. Eritma qanday rangga bo’yaladi? Nima uchun? Temir (III) xlorid gidrolizining ionli tenglamasini yozing?
3. Probirkaga 2ml suv quying, ustiga 2 tomchi
fenolftalein tomizing. Unga ammoniy karbonat eritmasidan 2ml qo’shing. Keyin yaxshilab aralashtiring.
Eritma qanday rangga bo’yaladi? Nima uchun? Ammoniy karbonat gidrolizining ionli tenglamasini yozing?
4 - Tajriba:
- Probirkaga bariy xlorid eritmasidan 2ml soling va uning ustiga sulfat kislotaning 1nli eritmasidan 2ml quying. Nu holda nima kuzatiladi? Reaksiya tenglamasini molekulyar, to’liq va qisqartirilgan ion tenglamasini yozing ?