Laboratoriya ishi №2 Bajarish muddati



Yüklə 0,56 Mb.
səhifə2/6
tarix03.05.2023
ölçüsü0,56 Mb.
#107063
1   2   3   4   5   6
Laboratoriya ishi 2

Soliq subyekti - soliq munosabatlarida qatnashuvchi soliq to‘lovchilardir. Ular huquqiy va jismoniy shaxslarga bo iinadi. Soliq munosabatlarida soliq undiruvchi (soliqchi) qam qatnashadi. Soliqni davlat undiradi.
Soliq obyekti - soliq solinadigan daromad, xarajat, oborot yoki mulkdir. Uning foyda, ish haqi, qo ‘shilgan qiymat, yer, imorat, jami xarajat kabi turlari mavjud. Obyekt doimo subyekt bilan bogiiq, subyektniki bo ‘ladi. Subyektsiz obyekt bo Imaydi.
Soliq manbai - bu subyektning daromadidir. Ba’zi soliqlarda daromad va foyda qam soliq obyekti, qam manbai bo‘ladi. Lekin boshqa soliqlarda obyektlar har xil, manba esa - daromad bo ‘ladi. Har qanday soliq oqibat natijada daromaddan olinadi. Bu to‘g‘ri soliqlarga taalluqlidir.
Soliqqa tortish birligi - bu yerda obyektning о ichov birligi. Bu daromad solig‘ida so ‘m, yer solig'ida kv.metr, suv solig'ida kub metr va boshqalar.
Soliq stavkasi - obyektning qar birligi uchun davlat tomonidan belgilab qo ‘yilgan me ’yoridir, ya 'ni davlatning obyektdagi ulushi, hissasidir.
Soliq ogʻirligi - to‘lovchining hamma soliqlar va yig‘imlar yig'indisini byudjetga to ‘lashidir. Soliq og ‘irligi foydaga yoki jami daromadga nisbatan olinadi.
Soliq stavkalarining turlari. 0 ‘zbekiston soliq qonunchiligi bo‘yicha soliqlarning proporsional, progressiv va nolli stavkalariga amal qilinmoqda.
Soliqlarning umumdavlat (respublika) va maqalliy soliqlarga bo‘linishi huhumat idoralarining respublika hukumati va maqalliy huhumatlarga bo‘linishi asosida kelib chiqadi.
Ayni paytda bizda ham soliq to‘ lovlarini elektron tarzda topshirish
amaliyoti ommalashib bormoqda. Soliq ma’muriyatchiligining sama - radorligini yuksaltirishda soliq muassasalarini zamonaviy axborat vositalari bilan jihozlashgan alohida e’tibor qaralilmoqda. Bu esa soliqqa oid axborotlami yig‘ish va qayta ishlashda tezkorlik va samaradorlikni oshirish imkonini beryapdi. Shuningdek, axborot texnologiyalaridan keng foydalanish biznes uchun ham, davlat uchun ham chiqimlami kamaytirib, soliq jarayoning yanada oshkora bo‘lishini ta’minlamoqda.
0‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 3- avgustdagi “0‘zbekiston Respublikasi soliq organlari ma’lumotlami ishlash yagona kompyuter tizimini yaratish to‘g‘risida”gi qarori bilan soliq xizmati organlarini kompyuterlashtirish vazifasi belgilangan bo‘lsa, 1995-yil 14-sentyabrdagi “0 ‘zbekiston Respublikasi soliq organlari moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va xodimlaming ijtimoiy himoyalanishini kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori bilan Davlat soliq qo‘mitasi tasarrufida “Yangi texnologiyalar ilmiy-axborot markazi” tashkil etildi. Markazning asosiy vazifalaridan biri bu soliq xizmati organlari uchun dasturiy mahsulotlar ishlab chiqish va ma’lumotlarga ishlov beradigan yagona kompyuter tizimini
yaratishdan iboratdir. Ayni paytda mazkur markaz tomonidan BMT rivojlanish Dasturi moliyaviy ko‘magi asosida “Soliq toiovchilaming soliq hisob-kitoblarini qabul qilish va qayta ishlash hamda davlat soliq xizmati muassalarida statistika hisobotlarini shakllantirish” majmuaviy dasturi hayyotga tatbiq etilmoqda. Dasturning pilot loyihasi 2006- yilning ikkinchi chorag‘idan yo‘Iga qo‘yildi.
Bugungi kunda Toshkent shahridagi qariyb 16000 dan ortiq yuridik shaxs mazkur loyihaning foydalanuvchi lari hisoblanadi. Ya ’ni, ular mamlakatimizda birinchilardan b o ‘lib soliq m a’lumotlarini ish joylarining о ‘zidan elektron tarzda topshi rmoqdalar. Bu esa soliq va moliyaviy hisobotlami topshirishni soddalashtirish hamda ushbu jarayonga subyektiv omillarning ta ’sirini kamaytirish imkonini bermoqda.
Soliq idoralarida har bir soliq to‘lovchi uchun elektron hisob varaqalari ochilgan va unda soliq to‘lovchilar to‘g ‘risida ma’lumotlar jamlanib, ular asosida ma’lumotlar bazasi tashkil etilgan.
0‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yii 15 iyundagi “Tadbirkorlik subyektlari tomonidan taqdim etiladigan hisobot tizimini takomillashtirish va uni noqonuniy talab etganlik uchun javobgarlikni kuchaytirish to‘g ‘risida”gi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 26-sentyabrdagi “Elektron raqamli imzodan foydalanish sohasida normativ-huquqiy bazani takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarorlarining qabul qilinishi davlat soliq xizmati organlari faoliyatida axborotkommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va uni yanada takomillashtirish uchun juda katta yo‘l ochib berdi.
Bugungi kunda soliq xizmati organlarida soliq to ‘lovchi yuridik shaxslardan moliyaviy va soliq hisobotlarni internet tarmog'i orqali qabul qilish tizimi ishga tushirilgan. Tizimning ishlash tamoyili sodda bo‘lib, hisobotlarni elektron shaklda topshirish uchun elektron raqamli imzodan foydalaniladi.
Tizimda soliq organlariga taqdim etiladigan soliq va moliyaviy hisobotlarga qo‘yilgan elektron raqamli imzoning maxsus dasturiy ta’minot yordamida haqqoniyligi tekshirib ko‘riladi va tasdig‘ini topgandan so‘ng ma’lumotlar subyektlaming shaxsiy hisob varaqalariga kiritiladi, aks holda hisobotlar qabul qilinmaydi va korxonaga bu haqda ma’lumot yuboriladi.

Yüklə 0,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin