Laboratoriya ishi №2 Bajarish muddati



Yüklə 0,56 Mb.
səhifə1/6
tarix03.05.2023
ölçüsü0,56 Mb.
#107063
  1   2   3   4   5   6
Laboratoriya ishi 2



22-133-guruh talabasi Xolmurodjonov Muhammadaziz


LABORATORIYA ISHI № 2


Bajarish muddati: 04.04.2023
MAVZU: Soliq tizimidagi axborot komplekslari va texnologiyalari.
G‘aznachilikda axborot komplekslari va texnologiyalari.
www.soliq.uz interaktiv xizmatlarini o’rganish.


Ishning maqsadi:
1. Soliq tizimidagi axborot komplekslari va texnologiyalari, uning qo’llanish soha va xossalarini o‘rganish.
2. G‘aznachilikda axborot komplekslari va texnologiyalari va uning qo’llanish soha va xossalarini o‘rganish.
3. www.soliq.uz interaktiv xizmatlarini o’rganish.


TOPSHIRIQLAR:
.1.Soliq tizimidagi axborot komplekslari va texnologiyalari. Soliqlar majburiy to‘lovni ifoda etuvchi pul munosabatlarini bildiradi. Bu munosabatlar soliq to‘lovchilar (huquqiy va jismoniy shaxslar) bilan soliqni o‘z mulkiga aylantiruvchi davlat o‘rtasida bo‘ladi. Korxona va tashkilotlar aholiga xizmat ko‘rsatganida, ishlar bajarganida yoki bozorlarda oldi-sotdi qilganda kam pul toiovlari mavjud. Lekin ular soliq bo‘la olmaydi. Soliq munosabati bo‘lish uchun davlat mamlakatda yaratilgan ijtimoiy mahsulot (to‘g‘rirog‘i, ichki milliy mahsulot) qiymatini taqsimlash yo‘i bilan majburan davlat byudjetiga mablag‘ to‘plash jarayonini amalga oshiradi.
Soliqlami o‘ziga xos belgilari mavjud boiib, ularga majburiylik, xazinaga tushishlik, qat’iylik va doimiylik, aniq soliq to‘lovchi uchun
ekvivalentsizlik belgilari mavjud.
1. Majburiylik. Soliq va yig‘imlar majburiy bo‘lib, bunda davlat soliq to‘lovchining bir qism daromadlarini majburiy badal sifatida byudjetga olib qo‘yadi. Majburiylik ququqiy tomondan davlat uchun kafolatlangan.
2, Soliqlami davlat mulkiga aylanish . Soliqlar albatta xazinaga - davlat byudjetiga va boshqa davlat pul fondlariga tushadi. Agar to‘lov boshqa ixtiyoriy fondlar - “Umid”, “Ekosan”, “Kamolot”, “Nuroniy” jamg‘armalariga tushsa, u holda soliq munosabati bo‘lmaydi. Chunki majburiylik tamoyili yo‘q, u to'lov davlat mulkiga tushmaydi.
3. Soliqlar qat’iy belgilangan va doimiy harakada bo'ladi. Ilmiy asosi qancha chuqur bo‘lsa, soliqlar shuncha qat’iy va uzoq-yillar o‘zgarmasdan harakat qiladi yoki juda kam o‘zgaradi.
4. To‘langan soliqlar mamlakat miqyosida hammaga bir xil miqdorda qonun asosida keltiriladi. Lekin, davlatga toiangan soliq summasi to‘lovchining shaxsan o‘ziga toiiq qaytib kelmaydi, ya’ni u ekvivalentsiz pul to‘lovidir. Bozor iqtisodiyoti sharoitida hamma soliq
to‘lovchilaming to‘lagan soliq va yig‘imlari davlatning ularga koʼrsatgan xilma-xil xizmatlariga (mudofaa, xavfsizlikni ta’minlash, tartib-intizomni o‘matish va boshqa ijtimoiy-zaruriy xizmatlar) orqali o ‘zlariga qaytib keladi.
Avvalo soliqlar tizimi va soliqqa tortish tizimining farqini aytib o‘tmoq zarur:
Soliqlar tizimi mohiyati jiqatdan bir xil, o‘zaro bog‘liq bo‘lgan va markazlashgan pul fondiga hamda boshqa davlat fondlariga tushadigan soliq turlarining yig‘indisidir.
Qonun chiqaruvchi idoralar tomonidan belgilangan va ijrochi idoralar tomonidan undirilgan soliqlarning tashkil etish usullari, elementlari va tamoyillari yig'indisiga soliqqa tortish tizimi deb ataladi. Demak, bu yerda tizim iqtisodiy kategoriyani o‘rganishni o‘z ichiga oladi. U asosan soliq undirishni tashkil qilish masalalarini o‘rgatadi. Bu tizimning roli va strukturasi jamiyatning ijtimoiyiqtisodiy tuzumi bilan aniqlanadi.
0 ‘zbekistonning soliqqa tortish tizimi oʼz mazmuniga ko‘ra soliq elementlari, ulami tashkil qilish tamoyillari va usullarini o‘rgatadi. Soliq elementlariga soliq subyekti, obyekti, manbai, stavkasi, soliq birligi, soliq og‘irligi kabi tushunchalar kiradi.

Yüklə 0,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin