Laboratoriya ishi №2 Bajarish muddati


Ushbu tizimni ishga tushirilishi



Yüklə 0,56 Mb.
səhifə3/6
tarix03.05.2023
ölçüsü0,56 Mb.
#107063
1   2   3   4   5   6
Laboratoriya ishi 2

Ushbu tizimni ishga tushirilishi:

  • soliq ma’muriyachiligi tizimini takomillashtirish, soddalashtirish va shuningdek, barqarorligini ta’minlash;

  • soliq qonunchiligi buzilishiga yo‘l qo‘yilishi mumkin boʼlgan mantiqiy xatoliklaming oldini olish;

  • tadbirkorlik subyektlari tomonidan moliyaviy va soliq hisob kitob qilishda yo‘l qo‘yilishi mumkin boTgan xatohklaming oldini olish;

  • hisobot shakllarini xarid qilish xarajatlarini, soliq inspektsiyasiga kelish-ketish va navbat kutish uchun ketadigan vaqtni tejash;

  • taqdim etiladigan soliq va moliyaviy hisobotlarni avtomat tarzda tahlil etib, ulaming shaxsiy hisob varaqalariga o‘tkazish;

1 .2. G ‘aznachilikdagi axborot komplekslari va texnologiyalari.
Mamlakatdagi mavjud moliyaviy tizimning tahlili budjet mablagʼlarining kelib tushishi va sarflanishini hisobga olishning etarlicha tezkor emasligini, ulardan maqsadli foydalanish nazorati, ajratilgan mablag‘laming oxirgi oluvchiga etib borguncha bo‘lgan vaqtning uzoqligi, turli darajadagi budjetlaming bajarilishida moliyaviy organlar orasidagi o‘zaro aloqaning sustligi kabilami ko‘rsatadi. 1993-yildagi moliya tizimini rivojlanishi mamlakat iqtisodiyotida yuz berayotgan va islohotlaming bahosidan kelib chiqib, 0 ‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi kollegiyasi Moliya vazirligi apparati va mahalliy moliya organlari oldiga kelgusi istiqbol uchun quyidagi ustun vazifalami belgilab berdi:

  • budjetlararo munosabatlami mukammallashtirish va moliya va soliq organlari koordinatsiyalarini kuchaytirish;

  • budjetlaming daromad bazalari, soliqlar yig‘imini oshirish soliq yig‘ish va uning toTiqligini ta’minlash usullarini mukammallashtirish hisobiga ko‘paytirish;

  • mablag‘lami ijtimoiy siyosati amalga oshirish va ijtimoiy himoyalanadigan qatlamlarni budjetaing barcha darajalari bilan o‘z vaqtida va to‘liq moliyalashni ta’minlashga yo‘naltirish;

  • davlatning qimmatli qog‘ozlar bozorini, ulaming muomala muddatlari uzoqligini hisobga olgan holda faollashtirish va bozorlarga norezidentlami jalb etish, bozor geografiyasini kengaytirish;

  • valyutali-moliyaviy operatsiyalar samaradorligini oshirish va milliy valyutani mustahkamlash.

Bu masalalami hal qilish uchun “0 ‘zbekiston Respublikasining g‘aznachiligi haqida Nizom” ishlab chiqildi (2007-yilda 0 ‘zbekiston Respublikasi hukumati tomonidan tasdiqlangan) va yangi moliyaviy organ - g‘aznachilik tashkil etish haqida qaror qabul qilindi.
G‘aznachilik - davlatning maxsus moliyaviy organi bo‘lib, uning funksiyasiga quyidagilar kiradi:

  • 0‘zbekiston Respublikasi davlat budjetini tashkil etish, amalga oshirish va bajarilishini nazorat qilish, yagona g‘azna tamoyilidan kelib chiqib, banklardagi g‘aznachilik hisobraqamlaridagi kirimlar (foyda) va xarajatlami boshqarish.

  • 0‘zbekiston Respublikasi davlat budjeti va budjetdan tashqari jamg‘armalar orasidagi moliyaviy munosabatlami tartibga solish, bu jamg‘armalaming moliyaviy bajarilishi, budjetdan tashqari mablag‘- laming kelib tushishi va undan foydalanishni nazorat qilish.

  • Davlatning moliyaviy resurslari hajmini qisqa muddatga bashoratlash hamda davlat xarajatlarining belgilangan mos keluvchi davri doirasida ushbu resurslami boshqarish.

  • Davlatning yuqori qonunchilik va ijroiya organlari (idoralari) va 0‘zR boshqaruvining 0‘zR Hukumatining davlat moliyasi, davlat budjet bo‘yicha, budjetdan tashqari jamg‘armalar, shuningdek, 0‘zbekiston Respublikasi budjet tizimining ahvoli haqidagi axborot va hisobotlarini yig‘ish, ishlov berish va tahlil qilish.

G ‘aznachilikning avtomatlashgan axborot tizimi uchun o‘rnatilgan talablardan va bu tizimni qurish shartlaridan kelib chiqib, avtomatlashgan axborot texnologiyalarining ikki arxitekturasi foydalaniladi.

  1. “Terminal” - yuqori mahsuldor meynfreym (mainframe) markazlashgan hisoblash majmuasi va lokal hamda masofaviy, jumladan, intellektual terminalar tizimini qoʼllash asosida.

  2. “Mijoz-server” - bo‘lim, tashkilotlar ko‘lamidagi lokal hisoblash tarmoqlarida ma’lumotlar bazasi bilan jamoaviy yuqori mahsuldor mehnatni tashkil etish asosida.

Meynffeymuan foydalanib terminal arxitekturasida axborot tizimini yaratish sezilarli darajada tarixiy an’analarga ega. Xorijda va mamlakatimizda yaqin vaqtgacha bunday majmualar yuqori samarali elektron-hisoblash mashinalari negizidan keng foydalanilgan. Bunday
tizimning afzalligi axborot tizimida mavjud barcha axborotlaming markazlashgan ko‘p oqimli va ko‘p vazifali qayta ishlanish hisoblanadi. Bu qimmatbaho hisoblash resurslaridan foydalanish va markaziy mashinalar yuqori maxsuldorligini optimallashtirishga imkon beradi. Meyfreyda ishlashda har ibr foydalanuvchi va har bir jarayonga qo‘yilgan vazifalami hal etishga imkon beruvchi axborot resurslar majmuasi ajratiladi. Foydalanuvchi mashina bilan meynffeym bazasida hisoblash maj muasiga tegishli bo‘ lgan axborot kiritish-chiqarish tezkor qurilmalari yordamida ham, majmuaning markaziy mashinasiga ulangan terminllarda ishlash vositasida ham muomala qihsh mumkin. Meynfreymlar operatsion tizimi ishlashi barqarorligi, xotira resurslaridan foydalanish himoyalanganligi va samaradorligi, markaziy protsessori (bir yoki bir nechta) va axborot kiritish-chiqarish periferiya qurilmalari bilan ajralib turadi. Ushbu arxitektura boshidanoq vaqt taqsimlash tartibida bir vaqtda bir nechta (yoki) ko‘plab turli vazifalami samarali yechishga yo‘naltirilgan. Shuning uchun axborotlami himoyalash vositalari va to‘xtalishlardan himoya rivojlangan. Operatsion tizimning katta miqdorda (bir necha mingcha) foydalanuvchilar ishlashiga mo‘ljallanganligi meynfreymlar apparat qismi va operatsion tizimlarga sozlangan tezkor va rivojlangan telekommunikatsion vositalami yaratish, barcha asosiy, jumladan, ko‘p oqimli kommunikatsion protokollami qo‘llashni belgilab berdi. Axborotlami qayta ishlashning shiddatli rejimida ko‘p-yillab to‘xtovsiz ishlash sharoiti uchun yaratilgan tizimning apparat qismi yuqori ishonchliligi va barqarorligi bilan farqlanadi. Faqatgina markaziy mashinaga o‘matuvchi dasturiy mahsulotlar tizim foydalanuvchilari uchun zararsiz tarzda modifikatsiya va almashtirishni yetarlicha oson va tez bajarishga imkon beradi.
Biroq so‘nggi yillarda jahon amaliyoti shunga guvohlik beradiki,
meynfreymlar asosidagi asosiy iste’molchilar tizim yangi kompyuter texnologiyalardan foydalanib, yanada arzonroq qarorlami qo‘llashga sezilarli darajada qayta yo‘nalgan. Bu quyidagi qator sabalarga ko‘ra yuz bermoqda.
1. Terminal tizimlarini yaratish ko‘pincha yetkazib beruvchi tomonidan barcha boshlang‘ich tizimlami rivojlantirish bo‘yicha monopollashtirishga olib keladi.
2. Yuqori samarli protsessor majmualari asosida shaxsiy kompyuterlar va mini kompyuterlaming intensiv rivojlanishi va axborot texnologiyalari bozorining ular bilan jihozlanishi qimmat bo'lmagan raqobat yechimlari paydo boʼlishiga olib keladi. Mahsuldorligi va energiya iste’molchi tejamkorligi ortishi barobarida kuchli mikroprotsessorlar bazasida hisoblash tizimlariga narxlar pasayishi bu tizimlami meynfreymlar uchun an’anaviy - banklar, kommunikatsiya, moliyaviy faoliyat, murakkab korporativ tizimlar kabi sohalarda keng qo‘llash uchun juda diqqatga sazovor qiladi.
3. Shaxsiy kompyuter operatsion tizimi va uning negizidagi tizimlar takomillashuvi ulami mahsuldorlik va ko‘p oqimlikni tutib turish miqyosida ham meynfreymlarga yaqinlashtiradi. Amaliy dasturiy ta’minot va instrumental holatiga qaraganda kamroq malakali personalga mo‘ljallanib, foydalanuvchilarga ko‘proq yo‘naltirilgan mahsulot chiqaradilar. Katta bozorda o‘zaro raqobat olib borib, bu mahsulotlarga superkompyuter tizimlarining monopol ishlab chiqamvchilarga qaraganda sezilarli darajada past narx belgilaydilar.
Superkompyuter va ulami qo‘llovchi tizimlaming muhim ahamiyatini inkor etmagan holda zamonaviy avtomatlashtirilgan axborot texnologiyalarini yaratuvchilar hamda integratorlar umumiy va yopiq lokal hisoblash tarmoqlari bazasida qo‘llash qulay va oson yoyiluvchi tizimlardan foydalanishga asosiy urg‘u beradilar. Bunda UNIX, Windows NT va Netware kabi istiqbolli tizimlarga alohida e’tibor qaratiladi. Meynfreymlar kuchli fayl serverlari, global ma’lumotlar bazasi serverlari va bu tarmoqlaming kommunikatsion serverlari sifatida ко‘rib chiqilishi mumkin. Sotib olinishi va ekspluatatsiyasi qimmat turadigan bunday hisoblash mashinalarini qoTlash istiqbollari ulaming xizmatiga real ehtiyoj bilan qat’iy mutanosiblikni ko‘rib chiqilishi lozim.
“Mijoz-server” arxitekturasi davlat g‘oyalari lokal hisoblash tarmoqlari birlashtirilishi bilan tashkil qilinadi. Birlashtirish masofaviy foydalanuvchilarga axborot ayirboshlash va masofaviy foydalanuvchilarga axborot ayirboshlash va masofaviy ma’Iumotlar bazasini modifikatsiyalash bo‘yicha zarur amallami samarli va xavfsiz
bajarishga imkon beruvchi kommunikatsion jihozlar va dasturiy ta’minotni qo‘llash bilan amalga oshiriladi. Avtomatlashtirilgan axborot tizimlari ishchi stantsiyalarida avtomatlashtirilgan ish joyini tashkil etuvchi vazifalar majmuidan tashkil topadigan dasturiy ta’minot joylashadi. Foydalanuvchilar Davlat g‘aznachilik organlari ma’lumotlar bazasi bilan ishlashida AIJ vazifalarining mijoz qismini o‘zida jo etadi. Ulaming faoliyatini foydalanuvchi interfeysi, ma’lumotlar bazasiga so‘rovlami shakllantirish va so‘rovnoma jo‘natishni ta’minlaydi. Bunday arxitektura markazlashgan ma’lumotlar ma’lumotlar bazasi va nisbatan arzon shaxsiy kompyuter texnikasidan foydalangan holda ergonomik, o‘zgaruvchan sozlanishga ega AlJlari hosil qilishga imkon beradi.
G‘aznachilik avtomatlashtirilgan axborot texnologiyalari tuzilishiga oid arxitektura tanlovi axborot majmuasining apparat qismiga o‘z talabalarini belgilaydi. Masalan, markazlashtirilgan va ierarxiya tamoyili bo‘yicha G‘aznachilikning markazlashtirish ma’lumotlar bankini tashkil etish sharoitida axborotlar oqimlari hajmi va hujjatlar yaratish mahsuldor serverlar va kuchli korporativ ma’lumotlar bazasini qo‘llashni talab qiladi. Bunda shuni hisobga olish joizki, fayl-serverga muntazam murojaat qilishga asoslangan tizimlar reaksiya vaqtining 3 sekundigacha ortishi operativ sabrsizligi ancha oshiradi. Shuning uchun G‘aznachilik organlarida axborotlami qayta ishlash texnologik jarayonida buxgalterlik tizimi operatorlarining ishi alohida mas’uliyatli joy ekanini hisobga olib, ishchi stantsiyalar uchun tipik kompyuter sifatida Intel Pentium 100 dan kam bo‘lmagan tipdagi mikroprotsessor bazasida sh/k qabul qilinadi. Chunki bundan kam mahsuldorlikka ega mikroprotsessorlar barcha tizimlaming inersiyaviyligini oshiradi. G‘aznachilik xodimlarining aijlarini jihozlash uchun bunday shakllardan foydalanish foydalanuvchilar joriy ishlashi uchun zamonaviy ergonomik grafik interffeyslar API Microsoftni qo‘llashga imkon yaratadi. U lokal hisolash tarmog‘ida foydalanuvchilaming samarli jamoaviy va individual ishlashni ason tashkil etadi. Jamoaviy yaratish va hujjatlardan foydalanish texnologiyasi negizida LHTda ishlashi g‘oyalariga qog‘oz tashuvchida ortiqcha yoki keraksiz hujjatlar ishlab chiqarishni qisqartirishga imkon beradi Bunday texnologiya elektron ofis rejimida ishining qog‘ozsiz texnologiyasini tashkil etadi.
G ‘aznachilik tashkilotlarida LHTni tuzishda tarmoq operatsion muhiti sifatida “mijoz-server” toifali obyekt texnologiyalarini qo‘llashga yo‘naltirilgan Windows NT operatsion tizimidan va tarmoq
foydalanuvchilarining alohida fayllar majmuidan emas, balki obyekthujjatlar bilan ishlashidan foydalanish mumkin. G‘aznachilik
tashkilotlari fayl-serveri “Oracle” MBBT asosida tashkil etilishi mumkin. Bu MBBT uchun platforma sifatida UNIX ham, Windows NT ham namoyon boTishi mumkin. Axborot uzatish tarmoq protokollari sifatida - TCP/IR, IRX/SPS qatnashadi. Bu amaliy dasturlarning keng spektridan, jumladan, MSDOS, Novell, Windows Z.X. uchun bajarilgandan ham foydalanishga imkon beradi.
Umuman olganda, «mijoz-server» arxitekturasi bazasidan tuziligan g‘oyalarining aat-si o‘z tarkibida ofis tizimlarining administratorlari aijlari, axborot xavfsizligi xizmati, turli darajadagi budjetlar ijrosida aniq funksiyalar bajaruvchi g‘aznachihk oiganlari va g ‘aznachilar ma’muriyatiga ega boTishi lozim.
Yaxlit ofis ishini va bank tizimlaridagi toTovlar bilan ishlash, jumlaan, elektron va davlat qimmatli qog‘ozlar bozoriga xizmat ko‘rsatish tizimi bilan ishlashga bogTiq uning texnologik qismlarini tashkil etish an’anaviy hujjat aylanasida qabul qilingan qog‘oz hujjatlarini to‘laqonli yuridik muqobili hisoblanuvchi obyektlar - elektron hujjatlar bilan jamoaviy ishlash tamoyili asosiga quriladi.
Bunday yondashuv taqsimlangan tizimlar ishini murakkablash- tiradi, lekin tizimda axborotlaming yuridik yaxlitligi va axborotlami jamoaviy qayta ishlashda ishonchliligini ta ’minlaydi.
Bunday ofisdagi ish joyi hujjatlar yaratish va qayta ishlashining qayta ishlash yo‘nalishini ro‘yxatga olish va tashkil etishdan to qaror qabul qilinganhgi qayd qilinguncha barcha me’yoriy talablarini qoniqtirishi lozim. Odatda, bunday tizimlar hujjat favllari transporti vositasida AUdan boshqasiga axborot o‘tkazishning yo‘nalishli oqimlariga bogTangan konkret avtomatlashtirilgan ish joylarida qat’iy
takomillashtirilgan protsedura asosida faoliyat yuritadi.
G‘aznachilikda avtomatlashtirilgan axborot texnologiyalarini shakllantirish uchun maxsus kommunikatsiya tizimlari tashkil etiladi.
Ma’lumotlar uzatilish telefon va telegraf aloqa kanallari bo‘yicha amalga oshirilishi mumkin. Mamlakatning ulkan hududi bo‘ylab tarqalgan tashkiliy strukturalar uchun кофогаРл' kommunikatsion qarorlar tuzish doirasida telefon aloqa tizimi va umumiy foydalanishdagi regional kompyuter-tarmoq qarorlari juda istiqbolli hisoblanadi. Hozirgi vaqtda xalqaro aloqa tizimi “Kvant” seriyali nisbatan zamonaviy kvazi elektron stantsiyalar qo‘llanishiga asoslangan. Ular yagona xalqaro kodlardan foydalangan holda, operator ishtirokisiz abonent nomerini terishga imkon beradi. Bu stantsiyalardan foydalanish kommutirlanuvchi kanallar bo‘yicha avtomatlashtirilgan axborot ayirboshlashni takshil etishga imkon hosil qiladi. Bunda telefon modemlari bilan jihozlangan va amaliy aloqa dasturiy ta’minotiga mutanosib kompyuterlardan foydalaniladi. Ayirboshlash tezligi ancha sezilarli kattalikda - 12000 dan 28 000 bod va undan yuqoriga erishadi (ajratilgan aloqa kanallarida ma’lumort uzatish tezligi 1,5 Mb ga etishi mumkin). Masofaviy abonentlar shchrtasida axborot ayirboshning sezilarli trafigida yoki ishtirokchilari o‘rtasida bog‘lanish mumkin. Bunda axborot uzatish bor-yo'qligidan qat’iy nazar aloqa liniyasi fizik darajada krossirovka orqali jamlangan va doimo mavjud bo‘ladi.
Shaharlararo va shahar (tuman) telefon ekspluatsiyasi tashkilotlari ijara shartnomasi shartlarida doimiy foydalanishdagi kanal sig‘imini ajratib ko‘rsatadi. Bunday kanallar ijarasining salmoqli qiymatini hisobga olib, ulami texnik-iqtisodiy asoslash bilan tasdiqlangan zamr hollardagina qoilash talab etiladi.
Shaharlararo telefon aloqasining kommutatsiyalangan kanallari bo‘yicha axborot ayirboshlani takshil etishda uzatish xarakteristikasi barqarorligiga abonentlami bog‘lashda tizim tomonidan avtomatik ravishda ajratiluvchi fizik aloqa kanallari sifati sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Biroq, shuni e’tiborga olish kerakki, aloqa liniyasining g‘oyat uzunligi, uskunaning va alohida uchastkalarda uzatish liniyalarining jismoniy eskirishi kommutatsiyalanuvchi kanallar bo‘yicha telefon modem aloqasi ishonchliligini ancha pasaytiradi. Hozirgi vaqtda sifatli modemlar va ixtisoslashtirilgan kommunikatsion amaliy dasturiy ta’minot bazasida Davlat g‘aznachilik organlari axborot texnologiyalarini shakllantirish uchun samarador maydon sifatida foydalaniladi. Bunda ular ma’lumot uzatishning yo‘naltirilgan virtual kanallarida real vaqt bo‘yicha ish yuritadilar, jumladan, masofaviy terminallardan markaziy ma’lumotlar serveriga ma’lumot uzatishda axborotni noqonuniy kirishdan himoyalash bilan shug‘ullanadilar.

Yüklə 0,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin