LABORATORIYA ISHI №2
Mavzu:
Windows operatsion tizimida tarmoqni tashkil etish ishlari.
Ishning maqsadi:
1.
Windows OS da umumiy lokal tarmoq parametrlari haqida umumiy ma’lumot.
2.
Tizim sozlash bo’limidan parametrlarni sozlash.
3.
Tarmoqda “Домашная группа” yaratish va kompyuterga nom berish.
4.
Tarmoqdagi mavjud kompyuterga murojaatlarni amalga oshirish.
5.
Kompyuter xotirasidagi ma’lumotlardan tarmoqda foydalanishga ruxsat berish.
6.
Lokal tarmoq xizmatlari tashkil etish.
Kerakli jihozlar:
Kompyuterlar va tarmoq kabellari.
Nazariy qism:
Lokal kampyuter tarmog‘i (LKT) ma‘lumot almashish va yoyilgan tarzda axborotni ko‘p
abonentlar orasida qayta ishlash imkonini beruvchi hamda umumiy
manbalardan foydalana
oladigan (qurilma, dastur, ma‘lumotlar) tizimdir. Kampyuterlarni tarmoqga birlashtirish, foydali
ish kuchuni ancha oshirdi. Lokal tarmoqlar faqat ishlab chiqarish (yoki ofis)dagina emas,
talim
va muloqot va h.klarda ishlatiladi.
Lokal tarmog‘ining asosiy xususiyati shundan iboratki:
- o‘ziga tegishli bo‘lgan ma‘lumotlar tizimini yaratish, avtomatlashtirilgan ma‘lumotlar bazasi
boshqaruvi ostida.
- abonent sistemalari
orasida axborot almashish, ma‘lumot uzatish va
aloqa, qog‘oz aylanishini eng past darajagacha ofis ish faolyatini buzmagan holatda tushirish.
- ma‘lumotlarni taqsimlangan holatda qayta ishlash,
avtomatlashtirilgan
ish o‘rinlarini (apm) har hil yo‘nalishli bir tashkilot ishchilarini birlashtirish.
- boshqarish talab qilinadigan buyruqlarni qo‘llab quvatlash, kerakli
ma‘lumotni tog‘ri holda hal qilish uchun vaqtida yetkazib bera olish.
Topshiriqlarning bajarilishi:
Bu rasmda (1-rasm) kompyuter tarmoq parametrlarini sozlash bo’limi ochilgan. Bu yerdan biz
tarmoq IP manzillarini kiritamiz.
,,Domashnaya gruppa” yaratish orqali tarmoqdagi kompyuterlarni boshqarish juda qulay.
Gruppa
yaratishda windowsning ishchi imkoniyatlari ham oshadi. Kompyuterda guruh
konfiguratsiyalarini oddiy usul bilan ham sozlash mumkin, lekin uni o’zgartirish
barcha oddiy
foydalanuvchilarning ham qo’lidan keladi, guruh siyosati bilan sozlanganda esa oddiy
foydalanuvchi o’zgartirishlarni amalga oshira olmaydi. Domashnaya gruppa lokal va tarmoq
orqali berilishi mumkin.
(2-rasm)Tarmoq orqali beriluvchi guruh siyosati yuqorida aytib o‘tilgan
Active Directory
katalogi bo‘yicha beriladi. Bunda Active Directory uchun Windowsning server 6 tipidagi
operatsion tizimlari bo‘lishi maqsadga muvofiq bo‘ladi. Mijoz kompyuter Active Directory
katalogida ro‘yxatdan o‘tkaziladi va foydalanuvchilarning deyarli
barcha imtiyozlari server
kompyuteri yordamida guruh siyosati obyekti orqali nazorat qilinadi.
Domashnaya gruppa orqali printerlarga ham va boshqa bir qancha qurilmalarga ham boshqa
foydalanuvchilar uchun foydalanishga ruxsat berish mumkin. (3-rasm)
Va nihoyat yakuniy bosqich yani, Umumiy guruhga kirish uchun parol qo’yish kerak.(4-rasm)
Bu orqali guruhga kirishni cheklash va guruh faoliyatini samaradorligini oshirish mumkin.
Domashnaya gruppa yaratilgandan keyin, komyuterdagi ma’lumotlarni
boshqa komyuterdagi
foydalanuvchi ko’rishi uchun ruxsat berilishi kerak. Buning uchun quyidagi rasmga qaraymiz.
(5-rasm)
Rasmda Tarmoqda kompyuter ga umumiy foydalanish uchun ruxsat berish jarayoni ko’rsatilgan.
(6-rasm)
Bu jarayon yakunlangach guruhdagi kompyuterlar o’zaro bir biri bilan bog’lanadi. Ruxsat
berilgan fayllar bilan tanishish jarayoni kechadi. Bu fikrlarni 7-rasmda ham ko’rishimiz mumkin.
Eng oxirida kompyuterni o’chirib yoqamiz va natijani amalda tekshiramiz.
Xulosa
Men ushbu labaratoriya ishini bajarish jarayonida, tarmoqni qanday
tashkil qilish, tarmoq
tapalogiyasi xaqida ma’lumotga ega bo’ldim. Shuningdek kabellarni RJ-45 konnektriga ulash va
ular orkali lokal kompyuter tarmog’ini yaratib, domashnaya gruppa tashkil qildim. Men ushbu
o’rgangan ishlarimni kelajakda bemalol qo’llay olaman.