Laboratoriya ishi №6
Mavzu: Cisco Packet Tracer dasturida DHCP serverni ko’tarish.
Ishdan maqsad. Cisco packet Tracer dasturida tarmoq sozlamalarini
avomatik yuborish protokolini o’rganish.
Nazariy qism. IP-manzillarni dinamik taqsimlash.
Agar lokal tarmoqqa yuzlab kompyuterlar ulangan bo’lsa, u holda
kompyuterlarga IP-manzillarni qo’lda kiritish tarmoq administratori uchun qiyin
vazifa bo’ladi.
Xostlarni dinamik konfiguratsiyalash protokoli (Dynamic Host
Confuration Protocol) – bu kompyuterlarga IP-manzil va TCP/IP tarmoqlarida
ishlash uchun zarur bo’lgan boshqa parametrlarni avtomatik olish imkonini beruvchi
tarmoq protokoli. DHCP protokoli “mijoz-server” modeli asosida ishlaydi. Mijoz-
kompyuterni avtomatik konfiguratsiyalash uchun tarmoq qurilmalari bosqichida
DHCP severiga murojaat qiladi va undan kerakli parametrlarni oladi. Tarmoq
administratori server tomonidan kompyuterlar orasida taqsimlanadigan manzillar
diapazonini belgilashi mumkin. Bu kompyuterlarni qo’lda sozlashning oldini olish
imkonini beradi va xatolar sonini kamaytiradi. DHCP protokoli ko’proq TCP/IP
tarmoqlarida ishlatiladi.
DHCP protokoli IP-manzillarni taqsimlashning uch xil usulidan foydalanadi:
Qo’lda taqsimlash: tarmoq administratori har bir mijoz kompyuterining
qurilma manziliga (MAC-manzilga) ma’lum IP-manzilni biriktiradi. Aslida,
manzillarni taqsimlashning bunday usuli har bir kompyuterni qo’lda
sozlashdan manzillar haqidagi ma’lumotlar markazlashgan holda (DHCP
serverda) saqlanishi va kerak bo’lganda ularni almashtirish soddaligi bilan
farq qiladi.
Avtomatik taqsimlash: har bir kompyuterga doimiy foydalanish uchun
administrator tomonidan belgilangan manzillar diapazonidan ixtiyoriy bo’sh
manzilni beradi.
Dinamik taqsimlash: bo’sh IP-manzil kompyuterga doimiy foydalanish uchun
berilmaydi, balki ma’lum muddatga ijaraga beriladi.
Laboratoriya mashg’ulotini bajarish uchun uslubiy ko’rsatma
Ushbu laboratoriya ishida sizdan IP-manzilni taqsimlash uchun server
javobgar bo’ladigan lokal tarmoq modelini qurishingiz talab etiladi (6.1-rasm).
6.1-rasm. IP-manzilni taqsimlash uchun server javobgar bo’ladigan lokal
tarmoq modeli
Quyidagi amallarni bajaring:
1. Server, kommutator va uchta PC0-PC2 kompyuterdan iborat lokal tarmoq
modelini yarating, ularni 6.1-rasmda ko’rsatilgandek bir biri bilan bog’lang.
2. Server parametrlarini sozlang:
2.1. Ishchi sohada Server0 ni tanlang.
2.2. Server0 oynasidan Config bo’limiga o’ting va FastEthernet tugmasini
bosing.
2.3. FastEthernet bog’lanishi uchun IPning statik konfiguratsiyasini tanlang,
192.168.1.1 manzil va 255.255.255.0 niqobni kiriting.
2.4. Server0 oynasidan Services bo’limini tanlang.
2.5. Services bo’limidan DHCP tugmasini bosing.
2.6. DHCP xizmati parametrlarini sozlang: boshlang’ich 192.168.1.10 IP-
manzilni (Start IP Address), 255.255.255.0 niqobni, 200
–
foydalanuvchilarning maksimal sonini (Maximum number of Users)
kiriting va Save tugmasini bosing. Ko’rsatilgan amallarning bajarilishi
natijasida Server0 oynasi 6.2-rasmda ko’rsatilgandek ko’rinish olishi
lozim.
2.7. Server0 oynasini yoping.
6.2-rasm. Serverda DHCP xizmatini sozlash dialog oynasi.
3. PC0 kompyuteri parametrlarini sozlang:
3.1. Ishchi sohadan PC0 kompyuterini tanlang.
3.2. PC0 oynasida Config bo’limini tanlang va FastEthernet tugmasini bosing.
3.3. Tarmoq adapter IP-manzil konfiguratsiyasi uchun DHCP rejimi tanlang
(6.3-rasm)
3.4. PC0 oynasini yoping.
6.3-rasm. Kompyuter tarmoq adapterini DHCP dan foydalanib sozlash.
4. Xuddi shu tarzda DHCP dan foydalanib PC1 va PC2 kompyuterlarining
tarmoq adapterlarini sozlang.
5. Simulation rejimiga o’ting.
6. Tarmoq bog’lanishini har bir kompyuterdan serverga oddiy paket yuborish
yo’li bilan tekshiring.
Labotaroriya mashg’uloti topshiriqlari
1. 6.4-rasmda ko’rsatilgan tarmoq modelini hosil qiling va uslubiy
ko’rsatmada ko’rsatilgandek tarmoq parametrlarini sozlang. Router0 interfeysini
oldingi laboratoriya ishlaridan foydalanib sozlang. DHCP sozlamalarida
marshrutizator interfeysi manzilidan Default Router sifatida foydalaning.
6.4-rasm. IP-manzilni taqsimlash uchun server javobgar bo’ladigan lokal tarmoq
modeli
2. Cisco Packet Tracer dasturida bitta router, ikkita switch va 10 ta
kompyuterdan iborat tarmoq quring (6.5-rasm). DHCP protokoli yordamida qarmoq
qurilmalarini avtomatik konfiguratsiyalang. Router0 da DHCP serverni sozlang.
Routerning switch bilan ulangan interfeysini 4.1-jadvalda ko’rsatilgan parametrlar
bo’yicha sozlang.
6.5 -rasm. Router asosida qurilgan tarmoq strukturasi
Kompyuterlarga IP-manzillarni avtomatik (DHCP protokoli bilan) bering va
natijani hisobotga kiriting.
3. 6.5-misoldagi tarmoqda Switch1 ga server qurilmasini ulang va DHCP-ni
serverda sozlang.
Topshiriq variantlari
Dostları ilə paylaş: |